B) 4 - arterial; 5 - venoz
C) 4 - venoz; 5 - arterial
D) 4 - arterial; 5 – arterial
50. Yuragi naysimon ko‘p kamerali, fitofag
organizmlarni aniqlang.
1) tugmachaqo‘ng‘iz; 2) erkak chivin; 3) suluv
ninachi; 4) urg‘ochi chivin; 5) xasva qandalasi;
6) qir chumolisi.
A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 5 C) 2, 5, 6 D) 3, 4, 6
51. Shakli o‘zgargan barglarni aniqlang.
A) zirkning tikanlari; no‘xatning gajaklari;
akatsiyaning tikanlari
B) qulupnayning jingalagi; zirkning tikanlari;
no‘xatning gajaklari
C) tokning jingalaklari; qirqbo‘g‘imning
sporofilli; akatsiyaning tikanlari
D) bodring gajaklari; nastarinning to‘pguli;
qirqbo‘g‘imning sporofilli
52. I.P.Pavlov shartli reflekslar hosil bo‘lishini
o‘rganishda qaysi metodlardan foydalangan?
A) eksperimental, kuzatish
B) sun’iy mutagenez, sentrifugalash
C) tarixiy, genetik injeneriya
D) molekular genetik, sitokimyoviy
53. Hayvonlarning kelib chiqishi bilan bog‘liq
to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A) o‘pkali panjaqanotlilardan qadimgi dumlilar,
ulardan esa dumsizlar kelib chiqqan
B) qisqichbaqasimonlar va o‘rgimchaksimonlar
hasharotlardan paydo bo‘lgan
C) to‘garak chuvalchanglarning parazit
yashashga moslashishi tufayli ulardan
so‘rg‘ichlilar va tasmasimon chuvalchanglar
kelib chiqqan
D) ko‘p tukli halqali chuvalchanglar kam tukli
halqali chuvalchanglardan kelib chiqqan
54. Quyidagi sxemada funariya yo‘sinining hayot
sikli ifodalangan bo‘lib, X ni aniqlang.
A) tuguncha B) sporangiy
C) ildizpoya D) zigota
55. Quyidagi sxemada berilgan noma’lum X uchun
mos bo‘lgan javobni aniqlang.
A) suv qaroqchisi, raffleziya
B) safsan, chakanda
C) baobab, ko‘rgalak
D) maymunjon, qizilto‘sh
56. Odamda qonning ortiqcha qismini zahira
holatda saqlaydigan organni aniqlang.
A) oshqozon B) diafragma C) buyrak D) taloq
57. Turon shuvog‘i (a), Barbadoss g‘o‘zasi (b) va
no‘xat (c) ga xos ma’lumotlar TO‘G‘RI
berilgan javobni aniqlang.
A) a − tuxum hujayrasi murtak xaltasida
yetiladi; b − changchilari gultojbargining
qo‘shilishidan hosil bo‘lgan nayga
o‘rnashgan; c − burchoqdoshlar oilasiga
mansub bir yillik o‘t
B) a − to‘pguli ikki jinsli tilsimon gullardan
tashkil topgan; b − urug‘kurtagi tuguncha
devori bilan o‘ralgan; c − changchilari 10 ta,
ulardan 9 tasining iplari bir-biri bilan
qo‘shilib ketgan
C) a − tuxum hujayrasi arxegoniy ichida
yetiladi; b − changchilari ko‘p, iplari bir-biri
bilan qo‘shilib, urug‘chini o‘rab turadi; c −
gullari qiyshiq, ildizi o‘q ildiz tizimli
D) a − to‘pguli naysimon gullardan tashkil
topgan; b − gulxayridoshlar oilasiga mansub
bir yillik o‘t; c − barglari yonbargchali, toq
bargchalari o‘rnida gajak hosil bo‘ladi
58. Quyidagi rasmda buyrak nefronlarining
tuzilishi ifodalangan.
Rasmdan foydalanib nefron qismlari
to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |