Oziq-ovqat
Har yili 3 milliard tonna oziq-ovqat chiqindilari paydo
bo‘ladi, vaholanki 1 milliard kishi to‘yib ovqat yemaslikdan
va yana 1 milliard kishi ochlikdan aziyat chekad Yordam berishning ikkita asosiy yo‘li mavjud:
1. chiqindi ishlab chiqarish hajmini qisqartirish;
2. nima sotib olayotganingiz haqida mushohada qilib,
imkon qadar ekologik barqaror mahsulotlarni tanlash.
Ishlab chiqarish hajmini qisqartirish:
• ovqatni tashlamaslik;
• plastikdan foydalanishni kamaytirish – bu Dunyo
okeanini ifloslantiruvchilarning asosiylaridan biri;
• ko‘p marta ishlatiladigan xaltalardan foydalanish;
• plastik idishlarni qayta ishlash.
Keyingi ikki o‘n yillik davomida dunyodagi o‘rtahol
kishilar soni oshib borishi kutilmoqda. Bunday holat
ayrim odamlarning farovonligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi,
biroq shusiz ham cheklangan tabiiy zaxiralarga
talabning kuchayishiga olib keladi. Agar biz iste’mol
qilish va ishlab chiqarish modellarini o‘zgartirish
choralarini ko‘rmasak, atrof muhitga ortga qaytarib
bo‘lmaydigan ziyon yetkazamiz. -
Do'stlaringiz bilan baham: |