313-guruh talabasi Tojimatova Dilinur


Download 9.66 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi9.66 Kb.
#1569487
Bog'liq
Tojimatova


313-guruh talabasi Tojimatova Dilinur
“Quvnoq ekspress” o‘yini. Bu o‘yinni 8-sinfda yordamchi so‘z turkumlari bo‘yicha mustahkamlash darslari misolida ko‘rib o‘tamiz . Dars avva-lida o‘qituvchi o‘yinni o‘tkazish tartibini o‘quvchilarga tushuntirib o‘tadi. O‘qituv-chi dars “Zakiylik va zehnlilik”, “O‘yla, izla, top”, “Sirli mashq”, “Test savollari”
bekatlaridan iborat ekanligini e’lon qiladi va sinf o‘quvchilarini 3 guruhga ajra-tadi. Mashg‘ulot o‘yin-musobaqa tarzida olib boriladi. O‘quvchilar “Quvnoq ekspress”ga yetib borishlari uchun bir necha shartlardan iborat bekatlardagi top-shiriqlarni bajarishlari lozim. Guruhlar topshiriqlarni qanday bajarishlariga qarab ball oladilar. “Zakiylik va zehnlilik” bekatida darslikdagi 12-mashq bajariladi. Har uch guruh uchun parta ustiga yordamchi so‘z turkumlari aralash holatda berilgan bo‘ladi. Bu so‘zlar orasidan 1-guruh bog‘lovchilarni, 2-guruh ko‘makchilarni, 3-
guruh yuklamalarni topib doskaga yozishlari shart. Topshiriq quyidagicha
bajariladi. 1-guruh 2-guruh 3-guruh va hamda na, na ...Uchun orqali haqida ... Xuddi nahotk ifaqat ...
Topshiriq bajarib bo‘lingach, doskadagi so‘zlarni o‘qituvchi tahlil qilib bal-larni e’lon qiladi. Shundan so‘ng 2-bekatga o‘tiladi. “O‘yla, izla, top” bekatida
darslikdagi 13-mashq shartiga asosan yordamchi so‘z turkumlariga misollar topishbo‘yicha topqirlar bellashadilar. Qaysi bir guruh faol, chaqqon bo‘lsa ham ko‘p misollar topishiga qarab o‘qituvchi guruhlarni baholaydi va keyingi “Sirli mashq” bekati ekanligini aytadi. “Sirli mashq” bekatida o‘quvchilar 14-mashqni yozma bajaradilar. Mashq shartini o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘qib tushuntiradi. 1-guruh bog‘lovchilar ishtirok etgan gaplarni, 2-guruh ko‘makchilar ishtirok etgan

  • gaplarni, 3-guruh yuklamalar ishtirok etgan gaplarni ko‘chirib daftarga yozadilar.

  • O‘quvchilarning yozma savodxonligini va guruhlar shartni qay darajada bajar-

  • ganliklarini tekshirish uchun o‘qituvchi har bir guruhdan bittadan o‘quvchini

  • doskaga taklif qiladi. Guruh vakillari ko‘chirib yozgan gaplarni doskaga yozadilar.

  • 1-guruh: Qo‘rqoq do‘st dushmandan xavflidir, chunki dushmandan ehtiyot bo‘lasan, ammo do‘stga ishonasan.

  • 2-guruh: Ish bilan ovora bo‘lib, kuning o‘tganini ham bilmay qolasan kishi.

  • 3-guruh. Bizni porloq kelajakka mustaqillik yo‘ligina elitadi.“Test savollari” bekatidan o‘tish uchun har bir guruhga test topshiriqlari


  • tarqatiladi. O‘qituvchi testlarni o‘zi tushunarli qilib o‘qib beradi.


  • 1-guruhga:1. Sof ko‘makchilar to‘g‘ri berilgan qatorni toping:A) qarab, qaraganda, ko‘ra S) sari, bilan, oldidaB) ostida, yonida, qoshida D) qadar, haqida, uzra


2. Yoshlarimiz bilimdon, negaki ularning bilim olishi uchun mamlakatimizda keng imkoniyatlar yaratilgan. Ushbu gapda bog‘lovchining qaysi turi ishtirok etgan?
A) teng bog‘lovchi S) shart bog‘lovchiB) aniqlov bog‘lovchisi D) sabab bog‘lovchisi

  • 2-guruhga

  • 1. Men-ku bu haqida o‘ylab ko‘rdim. Siz-chi? Ushbu gapda yuklamaning qaysi turi ishlatilgan

  • A) kuchaytiruv: ta’kid, so‘roq yuklamalari S) ayiruv-chegaralov yuklamalari

  • B) so‘roq: taajjub yuklamalari D) so‘roq yuklamalari

  • 2. Teng bog‘lovchilar to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.

  • A) ammo, bilan, yo, yo S) agar, garchi, mabodo

  • B) ya’ni, goh, va D) biroq, chunki, negaki

  • 3-guruhga

  • 1. Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so‘zga

  • bog‘lash uchun xizmat qiluvchi so‘zlar ... hisoblanadi.

Download 9.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling