32-ma‘ruza Lentali konveyerlarning turlari va tuzilishi. Asosiy parametrlari. Ma‘ruza rejasi


Tayanch konstruksiyalar va rolik tayanchlari


Download 0.86 Mb.
bet4/7
Sana21.11.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1793189
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ma\'ruza diplomga

Tayanch konstruksiyalar va rolik tayanchlari
Tayanch konstruksiya (konveyer ramasi) prokatdan tayyorlanadigan metall seksiyalaridan tashkil topadi (5- rasm). Ba’zilarda ikkita bo‘ylama po‘lat arqondan iborat bo‘lgan tayanch konstuksiyalar qo‘llanilib, osma rolik tayanchlar ularga mahkamlanadi (6-rasm). Ularning afzalligi – og‘irligi keskin kamayishidan tashqari tasmaga katta bo‘lakli materialni yumshoqlik bilan yuklashdan iborat.

5-rasm. Lentali konveyer seksiyasi



6-rasm. Simarqonli tayanch konstruksiya



7 –rasm. Rolik tayanchlari: a- chiziqiy; b-markazlashtiruvchi; v-amortizatsiyalovchi rolikli; 2-markazlashtiruvchi rolik tayanchining ishlash sxemasi
Rolik tayanchlari (7-rasm) konveyerning eng asosiy qismi hisoblanadi. Tasma harakatiga qarshilik ko‘rsatuvchi kuch va tasmaning hizmat muddati ularning holati bilan bevosita bog‘liqdir.
Konveyerning yukli (ishchi) shoxobchasida yassi tasma uchun rolik tayanchlari bitta rolikdan iborat bo‘ladi, tasmaga novsimon shakl berish uchun esa – uchta (ayrim hollarda ikkita yoki beshta) rolik o‘rnatiladi, ular vertikal tekislikda bir biriga nisbatan ma’lum burchak ostida qo‘yiladi. Konveyerning yuksiz shoxobchasida doimo bir rolikli tayanch o‘rnatiladi.
Uch rolikli tayanchlarning ba’zi kamchiligi shundan iboratki, ularni qo‘llashda tasma harakatlanish jarayonida chetga qarab siljishga moyil bo‘ladi.
Tasmani tashqi tomonga siljib ketishini oldini olish uchun yon roliklarning tashqi tomonini tasma harakati bo‘ylab oldi tomonga kichik (2 - 40) burchakka og‘dirib o‘rnatiladi (7,b- rasm). Shuning natijasida roliklar o‘zining markazlashtirish ta’sirini ko‘rsatadi, chunki tasma tashqi tomonga siljiganda rolikning aylanish o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan uning aylanish tezligi vektori Vp ning yo‘nalishi tasmaning tezlik vektori Vt ni yo‘nalishiga mos bo‘lmaydi.

8 – rasm. Yon roliklarning tasmaga ta’siri: a-yon rolikda tasmaning egilishi; b- yon roliklar tashqi tomoni og‘ishining ta’siri
Vektor Vp ni ikkiga ajratamiz, ulardan biri tasma o‘qining yo‘nalishi bo‘ylab yo‘nalgan, ikkinchisi esa – unga perpendikulyar yo‘nalgan. SHunda tashkil etuvchi vektorlarning biri Vc= Vt , bu vektor esa tasmani markaz tomon siljitishga harakat qiladi.
Qattiq mahkamlangan rolik tayanchlari bilan bir qatorda vertikal o‘q atrofida erkin aylanadigan tayanchlar ham qo‘llaniladi. Tasma tashqi tomonga siljiganda rolik tayanchi qandaydir burchak ( ) ga buriladi va undan keyin yuqorida aytib o‘tilgan holat yuz beradi.
Ba’zi holatlarda tayanch konstruksiyalarning yon tomonlariga vertikal o‘qda qo‘shimcha roliklar o‘rnatilgan bo‘lib, ular tasmani chetga chiqib ketishiga to‘sqinlik qiladi.
Konveyerga yuklash joyida tasmaga materialni urilishi zarbini kamaytirish va yumshatish maqsadida amortizatsiyalanadigan rolik tayanchlari qo‘llaniladi (7, v- rasm).
Rolik tayanchlarining boshqa turlaridan egiluvchan aylanuvchi o‘qli osma rolik tayanchlari (8, a- rasm) ni hamda roliklarini bikirli o‘qlari sharnir bilan bog‘langanlari (8, b- rasm) ni ko‘rsatib o‘tish mumkin.

9-rasm. Osma oraliq tayanchlar: a-egiluvchan o‘qli; b-roliklar sharnir bilan bog‘langanligi

Rolik tayanchlarining eng asosiy elementi roliklardir. Ularga ketadigan xarajat lentali konveyer bilan yuk tashishga ketadigan umumiy xarajatlarning asosiy qismini tashkil etadi. Roliklarni tez ishdan chiqishining asosiy sababi – podshipnik bog‘lamlarining ifloslanishi tufayli ularni aylanishdan to‘xtab qolishidir. Podshipnik bog‘lamlari ifloslanishining oldini olish uchun turli zichlagichlar qo‘llaniladi, ulardan eng yaxshisi – labirint zichlagichlardir (10- rasm).



10-rasm. Labirint zichlagichlar


Tayanch roliklarning diametri tasma eniga qarab quyidagicha olinishi tavsiya qilinadi: tasmaning eni V = 800 mm bo‘lganda rolikni diametri 89 (108) mm; V = 1000 mm bo‘lganda D =(108) 127 mm; V = 1200÷1600 mm bo‘lganda D = 159 mm.



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling