32-ma‘ruza Lentali konveyerlarning turlari va tuzilishi. Asosiy parametrlari. Ma‘ruza rejasi


Download 0.86 Mb.
bet5/7
Sana21.11.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1793189
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ma\'ruza diplomga

Taranglovchi qurilmalar
Taranglovchi qurilmalar yuritmada tortish kuchini uzatish va rolik tayanchlari oralig‘ida tasmaning osilishini cheklash uchun uning zarur bo‘lgan dastlabki tarangligini ta’minlash maqsadida ishlatiladi. Undan tashqari, taranglovchi qurilmalar ishlash jarayonida tasmaning uzayishi kompensatsiyalanishini ta’minlashi kerak.
Tasmani taranglash uchun barabanlardan bittasi qo‘zg‘aluchan bo‘ladi.
Taranglash kuchini vujudga keltirish usuli bo‘yicha taranglovchi qurilmalarni qattiq, yukli va avtomatik boshqariladiganlarga ajratish mumkin.
Qattiq taranglovchi qurilmalar konveyer ish jarayonida taranglovchi barabanning doimiy holatda turishi bilan ajralib turadi. Ular nisbatan oddiy konstruksiyaga, unchalik katta bo‘lmagan o‘lchamlar va og‘irlikka ega. qattiq taranglovchi qurilmalarning kamchiligi tasmaning ishlatish jarayonida hosil bo‘ladigan deformatsiyasi tufayli uning tarangligini bo‘shashidir. Shuning uchun ishlash jarayonida taranglovchi barabanni vaqti – vaqti bilan tortib turish kerak bo‘ladi.

11-rasm. Yukli taranglovchi qurilmalar a-oddiy; b-simarqon va blokli

Har qanday sharoitda konveyer yuritmasi me’yorda ishlashini ta’minlash uchun taranglovchi barabanda tasmaning tarangligini bir hilda doimiy ushlab turuvchi taranglovchi qurilmalarni qo‘llash ko‘proq maqsadga muvofiqdir. Buni yukli va avtomatik taranglovchi qurilmalar orqali amalga oshirish mumkin.


Yukli taranglovchi qurilmalar (11-rasm) konveyer yuklamasining o‘zgarishiga qarab taranglovchi baraban avtomatik ravishda siljib turishi, tasmani cho‘zilishidan, yuklanish darajasidan va namligidan qat’iy nazar uni tarangligini bir maromda saqlab turishi bilan ajralib turadi. Yukli taranglovchi stansiyalar qo‘polligi bilan farqlanadi va qattiq taranglovchi qurilmalarga nisbatan ancha katta o‘lcham va og‘irlikka ega. Odatda taranglovchi yuk konveyer stavining yon tomonida maxsus kamerada o‘rnatilgan bo‘ladi.
Avtomatik boshqariladigan taranglovchi qurilmalar konveyer yuritmasi hamma rejimlarda, shu jumladan, ishga tushirish va tormozlanish rejimlarida ham ishonchli ishlashi uchun tasmaning zarur bo‘lgan minimal tarangligini saqlab turadi. Ular yuklilarga nisbatan ancha ixcham, biroq o‘zining alohida yuritmasiga ega.

12-rasm. Avtomatik taranglovchi qurilma

Avtomatik taranglovchi qurilmalardan birining sxemasi (12-rasmda ko‘rsatilgan. Taranglovchi baraban 1 lebedka 4 yordamida yo‘naltiruvchi 3 bo‘ylab siljiydigan telejka 2 ga o‘rnatilgan. Sim arqon 5 shunday o‘ralganki, u ikkilangan polispastni hosil qiladi. Polispastning tenglashtiruvchi bloki 6 richag 7 ga mahkamlangan. Richagning bir uchi sharnir orqali tayanch 8 ga, ikkinchi uchi esa tarirovka qilingan va siqilishga ishlaydigan prujina 10 bilan bog‘langan tyaga 9 ga mahkamlangan. Tasmaning tarangligi uni nominal qiymatiga nisbatan 20% ga o‘zgarganda richagning prujina 10 bilan bog‘langan uchi neytral holatidan u yoki bu tomonga siljiydi va otboynik 11 ni siljitadi. Otboynik knopkani bosib simarqonni o‘rash yoki chuvatiish uchun lebedka yuritgichini ishga tushiradi.Natijada tasmaning tarangligi oshadi yoki kamayadi, richag esa neytral holatga qaytadi va lebedka yuritgichi avtomaatik ravishda o‘chiriladi. SHunday qilib, tasma tarangligining ma’luum qiymati avtomatik ravishda ushlab turiladi.


Konveyer tuxtatilganda lebedkaning yuritgichi xam tarmoqdan uzilib, lebedka tormozlanadi, shu bilan tasma tarangligi bo‘shab ketishining oldi olinadi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling