32-ma‘ruza Lentali konveyerlarning turlari va tuzilishi. Asosiy parametrlari. Ma‘ruza rejasi


-rasm.Tasmali konveyerning texnologik


Download 0.86 Mb.
bet2/7
Sana21.11.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1793189
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ma\'ruza diplomga

1-rasm.Tasmali konveyerning texnologik sxemasi: 1 – uzatma barabani; 2 – yuklash navi; 3 - qisuvchi rolik; 4 - tozalash qurilmasi; 5 - og‘ma baraban; 6 – chetki baraban; 7 – amortizatsiyalovchi rolik tayanchlar; 8 – pastki rolik tayanchlar; 9 – tasma; 10 – yuqori rolik tasmalar.
Tashilayotgan material bu yuzaga nisbatan harakatda bo‘lmaydi (qimirlamaydi) va bilan birgalikda harakatlanadi (siljiydi). Lentali konveyerda yuk ko‘tarish va tortish organlarining funksiyalari birlashgan bo‘lib, uni tasma bajaradi.
Lentali konveyerlar shaxta va rudniklarda konveyer transportining asosiy vositasidir. Ularni asosiy ishlatilish joylari – o‘rta va yig‘uv shtreklari, uklon va bremsberglar, qiya stvollar, bosh magistral shtreklar bo‘lganligi sababli shaxtalarni to‘liq konveyerlashtirish muammosi o‘z-o‘zidan hal bo‘lmoqda. Ochiq kon ishlarida ham lentali konveyerlar ulushi yil sayin oshib bormoqda.
Masalan O‘zbekistonda «O‘zbekko‘mir» OAJ ga qarashli shaxta to‘liq konveyerlashtirilgan, «Angren» ko‘mir razrezida hamda Navoiy kon - metallurgiya kombinatiga qarashli «Muruntov» karyerida lentali konveyerlar soni ko‘payib bormoqda.

2-rasm. Lentali konveyerlarning sxemalari

3 –rasm. Konveyer ramasi
Tasmaga tortish kuchi ishqalanish orqali uzatiladi, ya’ni yurituvchi baraban aylanganda tasma va baraban o‘rtasida hosil bo‘ladigan ishqalanish hisobiga tasma xarakatga keladi.quchash burchagini ko‘paytirish maqsadida yurituchi baraban oldiga tasmani eguvchi rolik 2 a–rasm o‘rnatilishi mumkin. Yurituvchi barabanlar boshqa barabanlardan ajralib turishi uchun, odatda, sxemalarda ular aylanasi ikkita bir-biriga perpendikulyar bo‘lgan chiziqlar bilan chizib qo‘yiladi, ba’zilarida esa yana qarama-qarshi sektorlari bo‘yab ham qo‘yiladi.



4-rasm. Lenta tuzilishi sxemasi
Lentali konveyerlar gorizontal va qiya o‘rnatilishi mumkin, ularni qiya holatdan gorizontal holatga (2, - rasm) va teskariga (2, -rasm) o‘tkazsa bo‘ladi. qiya o‘rnatilgan konveyerda yukni yuqoriga va pastga qarab tashish mumkin. Oddiy lentali konveyerning qiya o’rnatilish burchagi 180 dan oshmaydi. Qiyalik burchagining cheklanishi bundan katta qiyaliklarda tashilayotgan yuk pastga qarab qulab ketishi bilan bog‘liqdir. Yukni tasmadan tushirishni konveyerning oxirida maxsus tushirish qurilmasi yordamida (2, -rasm) amalga oshirish mumkin.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling