32-ma‘ruza Lentali konveyerlarning turlari va tuzilishi. Asosiy parametrlari. Ma‘ruza rejasi
Lentali konveyer konstruksiyasining asosiy elementlari
Download 0.86 Mb.
|
ma\'ruza diplomga
Lentali konveyer konstruksiyasining asosiy elementlari. Tasma
Tasma konveyerning eng qimmat elementidir. Tasmani ta’mirlashga va uni almashtirishga ketadigan mablag‘lar Lentali konveyerni ishlatishda sarflanadigan harajatlarning asosiy qismini tashkil etadi. Konveyer tasmalarining eng ko‘p tarqalgan turi – rezinalashtirilgan to‘qima matoli tasmadir (4,a - rasm). Bunday tasmalarning asosi, odatda, prokladka deb ataluvchi paxta – qog‘oz mato (belting) yoki sintetik tola (anid, neylon, kapron va b.) li matoning bir necha qatlamidan tashkil topadi. Tasmani ishlab chiqarishda prokladkalar oralig‘iga hamda usti, tagi va yonlariga tabiiy yoki sintetik kauchukdan tayyorlangan rezina massasi surilib, ular birgalikda vulkanizatsiya va presslash usulida yopishtiriladi. Shunda mato qatlamlari o‘zaro birlashadi, ustki, tagi va yonlaridagi rezina himoyalovchi qatlam (obkladka) ni tashkil qiladi. Mato tasmaga mexanik chidamlilik berib, u orqali katta tortish kuchini uzatish imkoniyatini ta’minlaydi. Rezina esa mato qatlamlarini o‘zaro birlashtirish va ularni mexanik ta’sirdan (ayniqsa, katta bo‘lakli va tirnaluvchan yuklar tashilayotganda) va matoga . namlik kirishidan himoyalash uchun xizmat qiladi. Tashiluvchi yuk tasmaning ustki rezina qatlamiga tegib turishligi va shu tufayli ustki qatlam tez yemirilishi sababli, uning qalinligi tashilayotgan yukning kattaligi, qattiqligi va boshqa xususiyatlariga qarab ta’yinlanadi va qiymati 3÷6 mm ni tashkil etadi. Pastki rezina qatlamining qalinligi 1 - 2 mm bo‘ladi. Tasmaning yukli shoxobchasiga ko‘proq yuk ketishligi uchun unga novsimon shakl beriladi. Demak, tasma roliklar ustida novsimon shakl olib, roliklar oralig‘idagi masofada ham o‘z shaklini yo‘qotmasligi uchun tasma yetarli darajada egiluvchan bo‘lishi kerak. Shu bilan birgalikda tasmaning chetlari roliklar oralig‘ida pastga qarab bukilib ketmasligi uchun uning egiluvchanligi haddan tashqari bo‘lmasligi kerak. Tasmaning egiluvchanligi prokladkalarning soniga bog‘liq. Shuning uchun prokladkalarning eng kam va eng ko‘p soni tasmaning eniga mos ravishda quyidagicha qabul qilinadi:
Prokladkalar soni tasmada qo‘llanilgan matoning materialiga ham bog‘liq bo‘lganligi sababli ba’zi manbalarda berilgan qiymatlar yuqoridagidan biroz farqlanishi mumkin. Prokladkali tasmani uzilishiga bo‘lgan chidamliligini quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz. Berilgan: tasmaning eni - 1200 mm, prokladkalar soni -10, prokladka materiali – belting, bu prokladkaning 1 santimetri 55 kg kuchda yoki 550 N da, uziladi. Demak, lenta 10 prokladka x 120 sm x 550 N/ sm = 660000 N yoki 660 kN kuchda uzilib ketarkan. To‘qimachilik mato asosidagi tasmaning chidamlilik ko‘rsatkichlari (darajasi) konveyer uzunligini cheklashga olib keladi. Tasmasi belting prokladkali gorizontal o‘rnatiladigan konveyerlarning uzunligi odatda 300 - 400 m bo‘ladi, agarda shu konveyer qiya o’rnatilgan bo‘lib, yukni yuqoriga tashiydigan bo‘lsa, uning uzunligi keskin kamayib ketadi. Shunga qaramasdan, konchilik sanoatida yuk tashishni keng ko‘lamda konveyerlashtirish katta uzunlikdagi konveyerlarni talab qiladi. Konveyer tasmasining chidamliligini oshirish sintetik mato va ingichka po‘lat arqon asosidagi tasmalarni qo‘llash bilan amalga oshirilishi mumkin. Sintetik matoli prokladkalardan tashkil topgan tasmalar konstruksiyasi bo‘yicha oddiy tasmaga o‘xshash, lekin sintetik tolaning yuqori chidamliligi tufayli prokladkaning 1 sm enini uznlishga chidamliligi 3000 N/sm ga boradi. Po‘lat arqonli tasma (4,b- rasm) undan ancha katta chidamlilikka ega. Bunday tasmaning asosini bo‘ylama bir qator joylashtirilgan ingichka po‘lat arqon tashkil etadi. Po‘lat arqon ikkala tomondan rezina, ikki qatlam belting va bir qatlam himoyalovchi (breker) mato bilan qoplanadi, tashqi tomonlari ham rezina bilan qoplangan bo‘ladi. Belting prokladkalari tasmaning qattiqligini oshiradi, bu esa rolik tayanchlari oralig‘ida tasmaning novsimon shakli saqlanib qolishiga olib keladi. Bundan tashqari, belting prokladkalari tasma barabandan aylanib o‘tayotganda po‘lat arqon tasmani rezina qoplamini ezib yuborishidan saqlab turadi. Bunday tasmaning 1 sm kengligini uzilishga chidamliligi simarqon diametriga qarab 1.8 kN/sm dan 4.8 kN/sm gacha boradi. Po‘lat arqonli tasmaning katta afzalligi radioaktiv izotoplar yoki rentgenoskopiyani qo‘llagan holda defektoskoplar bilan arqonni nazorat qilib borish imkoniyati borligidadir. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling