32-ma‘ruza Lentali konveyerlarning turlari va tuzilishi. Asosiy parametrlari. Ma‘ruza rejasi


Download 0.86 Mb.
bet6/7
Sana21.11.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1793189
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ma\'ruza diplomga

Yuritish stansiyasi
Lentali konveyer yuritmasi bitta yoki bir nechta etaklovchi baraban, reduktor, yuritgich, ishga tushiruvchi mufta, ba’zi hollarda tasmani tozalash qurilmasidan tashkil topadi. Konveyerdan yukni tushirishda qulaylik tug‘dirish maqsadida er osti konveyerlarida oldinga chiqarilgan baraban o‘rnatiladi. Odatda ushbu jami majmua yurituvchi stansiya deb ataladi (13- rasm).
Yurituvchi stansiyada tortish kuchi (harakatlantiruvchi kuch) barabandan uzluksiz tortish organi bo‘lmish tasmaga ularning bir-biriga tegib turgan yuzasida paydo bo‘ladigan ishqalanish kuchi orqali uzatiladi.
Konveyer yuritmasining normal ishlashi uchun ishqalanish orqali kuchni uzatishning asosiy sharti - baraban aylanganda tasma sirpanib, undan qolib ketmasdan, birgalikda harakatlanishidir.


13-rasm. Yuritish stansiyasining asosiy elementlari: 1- yurituvchi baraban; 2-tasma; 3-tasma tozalash qukrilmasi; 4- yuk tushiruvchi baraban; 5-eguvchi baraban; 6-reduktor; 7-mufta; 8-yuritgich; 9-yuritma ramasi; 10-tormoz.

Lentali konveyerda, umumiy holatda, agarda yuritma barabaniga kelayotgan shoxobchaning tarangligi , undan qochayotgan shoxobchaning tarangligi q, baraban (lar) ni tasma bilan qamrab olish burchagi (radianda), tasma va baraban orasidagi ishqalanish koeffitsienti bo‘lsa, Eyler nazariyasiga ko‘ra barabanda tasma sirpanmaslik sharti quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:



bu erda - natural logorifm asosi.
Tasma tarangligi (barabanni siquvchi kuch), ishqalanish koeffitsienti va barabanni tasma bilan qamrash burchagi qanchalik katta bo‘lsa, tasma barabanni aylanib o‘tishida ishqalanish tufayli uzatiladigan harakatlantiruvchi kuchning qiymati ham shunchalik katta bo‘ladi. Tasma tarangligining oshishi, prokladkalar sonini ko‘paytirish zaruratini keltirib chiqarishi mumkin, bu esa tasmani qimmatlashishiga olib keladi.
Ishqalanish koeffitsienti shaxta atmosferasi sharoitida nisbatan past. Baraban (lar) yuzasini ishqalanish koeffitsienti yuqori bo‘lgan material (yog‘och, rezina va h.k) lar bilan qoplash bu koeffitsientni bir oz oshishiga olib keladi.

13-rasm. Yuritish stansiyasining prinsipial sxemalari



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling