32-mavzu. Bolalardagi agrеssivlik holatlari Reja


Download 1.26 Mb.
bet6/11
Sana28.02.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1237791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
32-34

Qatiiylik- ortiqcha ikkilanmasdan o’z vaqtida qatiiy qarorlar qabul qila bilishdir. Bu
o’ylab ko’rilmagan, sxoshilinch qabul qilingan harakatlarda emas, yetarli darajada chamalab
ko’rilgan asoslangan xatti-xharakatlarda namoyon bo’ladi.
Dadillik - kishining dovdirab qolish tuygysini yengish qobilyatidir. U faqat kishi
hayoti uchun xavfli paytlardagi harakatlardagina namoyon bo’lib qolmaydi, dadil kishi murakkab
ishdan katta masulyatdan cho’chimaydi.
Sabot-matonat- bunga qo’yilgan maqsadga erishish yo’li qanchalik uzoq va qiyin
bo’lmasin, ularga erisha bilishdan iboral. Sabot-matonat tashqi va ichki to’siqlarni yengishda
namoyon bo’ladi.
Mustaqillik - kishining boshqalar ta’siriga benlmasdan qaror qabul qilish va
belgilangan harakatni bajarish qobilyatidir. Ana shu irodaviy sifati bilan ajralib turmay-digan
kishilar odatda o’z yo’llarida uchragan qiyinchiliklar oldida o’zlarini yo’qotib qo’yadilar.
Irodali kishi ta’sirga beriluvchanlik kabi salbiy sifatga ega bo’lmaydi. Bunday sifat mavjud
bo’lganda kishilar o’z fikrlaridan juda osonlik bilan qaytadilar, boshqalarga bo’ysunib
qoladilar. Chinakam mustaqillik bilan negativizm (lot. mgatiwus -salbiy) ya’ni qanday qilib
bo’lsa ham tashqaridan bo’ladigan tasirga qarshilik ko’rsatishga intilish o’rtasida hech
qanday umumiylik yo’q. Agar tasirga beriluvchanlik kishini o’zining niyatlar va e’tiqodlariga
muvofiq kelmaydigan xatti-harakatlarga undasa uni boshqalarga qarama-qarshi o’laroq
nomaqbul harakatlar qjlishga undaydi.
2. Noma’qul psixik jarayonlar va harakatlarning tormozlanishi bilan bog’liq iroda
sifatlariga chidam bardoshlik sabr toqat intizomlik va uyushqoqlik kiradi,
Chidam yoki o’zini tuta bilish -bu kishining o’z-o’zini boshqara olishidir. U o’zining
xulq-atvori ustidan to ‘liq nazoral qilish xususiyatini saqlab qolar ekan o’zidagi yomon
niyatlarni, ixtiyorsiz harakatlarni, affektlarni, g’azablanish, qo’rquvni yengadi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling