21. A va В to‘plamlarning dekart ko‘paytmasi deb nimaga aytiladi.
A va В to‘plamlarning dekart ko‘paytmasi deb, 1-elementi A to‘plamdan, 2-elementi В to‘plamdan olingan (a; b) ko‘rinishdagi barcha tartiblangan juftliklar to‘plamiga aytiladi.
8. 15. Quyidagilardan qaysi biri to‘plamlarning kommutativlik xossasi hisoblanadi?
A∩B=B∩A
9. 12. Universal to‘plam deb nimaga aytiladi?
Agar A1 , A2 , ..., An to‘plamlar A to‘plamning qism to‘plami bo‘lsa, A to ‘plam A1, A2,..., An to‘plamlar uchun universal to‘plam deyiladi.
10. 40. Qanday holda R ekvivalentlik munosabati deyiladi.
Agar qanday R munosabat refleksiv, simmetrik va tranzitiv bo‘Isa, и holda R ekvivalentlik munosabati deyiladi.
11. 31. Qanday holda X va Y to‘plamlar orasida о‘zaro bir qiymatli moslik o‘rnatilgan deyiladi.
X va Y to‘plamlar orasidagi f moslik biyektiv akslantirish bo‘lsa, X va Y to‘plamlar orasida о‘zaro bir qiymatli moslik o‘rnatilgan deyiladi.
12. 25. Qachon f moslik hamma yerda aniqlangan deyiladi.
Agar f ( X ˟ Y; Gf } moslikning aniqlanish sohasi birinchi to‘plam bilan ustma-ust tushsa, f moslik hamma yerda aniqlangan deyiladi.
13. 1. To‘plam tushunchasi tarifi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
To‘plam tushunchasi matematikaning asosiy tushunchalaridan biri bo‘lib, u ta’riflanmaydi
14. 5. Cheksiz to‘plam deb nimaga aytiladi?
To‘plam elementlari soni cheksiz bo‘lsa, bunday to‘plam cheksiz to‘plam deyiladi.
15. 10. Xosmas qism to‘plam deb nimaga aytiladi.
To‘plamning o‘zi va bo‘sh to‘plam xosmas qism to‘plam deyiladi.
Qanday holda R antisimmetrik munosabat deyiladi.
Agar X to‘plamda R munosabat uchun xRy va yRx shartlar faqat x - у bo‘lgan holda bajarilsa, u holda R antisimmetrik munosabat deyiladi.
18. 2. …….. to‘plam elementlari deyiladi.
To‘plamni tashkil qiluvchi obyektlar to‘plam elementlari deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |