329 til birligida taqlid so‘zlar
O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI
Download 328.28 Kb. Pdf ko'rish
|
yoldosheva-d.-til-birligida-taqlid-sozlar
O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 330 birligiga taqlid so‘zlar yasaladi. Tilshunoslikda bunday birliklar juft so‘zlar sifatida o‘rganiladi. Xususan, A.Xojiyevning “O‘zbek tilida qo‘shma, juft va takroriy so‘zlar” kitobida shunday birliklar juft so‘zlar sirasidan joy olgan bo‘lib, birinchi komponenti fonetik o‘zgarish orqali hosil qilingan juft so‘zlar deb ikkiga bo‘linadi: Birinchisi, birinchi tovushi o‘zgargan juft so‘zlar ko‘rsatiladi va bir qancha misollar keltiriladi: non-pon, meva-cheva, burda-surda kabilar. Ikkinchisi, bir undosh tovush orttiriladi deb misollar keltiriladi: irim-sirim, onda-sonda kabi (Hojiyev A. 1963. 60-b) Til birligiga taqlid so‘zlarning birinchi qismi tilimizda yakka holda ham qo‘llaniladigan so‘zlar bo‘lishini bunday birliklarning juft so‘zlardan farqli tomonlaridan biri sifatida keltirish mumkin. Fonetik o‘zgarishga uchrab takrorlangan qism esa, ma’no anglatmaydi va tilda yakka holda kelmaydi. Fonetik o‘zgarishga uchrab takrorlangan qism faqat ma’lum so‘zga umumiylik, ta’kidlash, mavhumlashtirish kabi xira ma’nolarni qo‘shilishiga yordam beradi. Shartli ravishda til birligiga taqlid so‘zlarning ikkinchi qismi konkret ma’no anglatmasligi, mustaqil so‘z sifatida tilimizda ishlatilmasligini, bunday so‘zlarning juft so‘zlardan yana bir farqli jihati sifatida keltirish mumkin. Tilda mavjud barcha so‘zlarga nutq vaziyatiga qarab til birligiga taqlid so‘zlar qo‘shilishi mumkinligi bunday birliklarning juft so‘zlardan asosiy farqli jihati hisoblanadi. Til birligiga taqlid so‘zlar ham o‘z o‘rnida ikki xil hosil bo‘lish xususiyatiga egadir: 1) So‘zning boshida kelgan undosh tovushning asosan (p), (m), (s) undosh tovushlari bilan almashib takrorlanishi natijasida hosil bo‘lgan til birligiga taqlid so‘zlar; 2) Unli tovush bilan boshlangan so‘zlarda bir undosh tovushning asosan (p), (m), (s) tovushlari orttirilib takrorlanishi natijasida hosil bo‘lgan til birligiga taqlid so‘zlar. Tilimizda ayrim hollarda (ch) undoshining ishtiroki natijasida ham til birligiga taqlid so‘zlar yasalishi kuzatiladi: meva-cheva, bola-chaqa kabi. 1) So‘zning boshida kelgan undosh tovushning asosan (p), (m), (s) undosh tovushlari bilan almashib takrorlanishi natijasida hosil bo‘lgan til birligiga taqlid so‘zlar: Siz ham jadid maktabini yoptirmasdan, og‘iz uchida ha-pa deb qo‘ysangiz, sizni ham maqtab yozishardi (Cho‘lpon. Kecha va kunduz, 1999. 100-b.). 2) Unli tovush bilan boshlangan so‘zlarda bir undosh tovushning asosan (p), (m), (s) tovushlari orttirilib takrorlanishi natijasida hosil bo‘lgan til birligiga taqlid so‘zlar: Xalq og‘zida Otabeklarning emish-memish hikoyalari edi (Abdulla Qodiriy. O‘tkan kunlar, 89-b.). Uncha-muncha narsani ayamaganim uchun bo‘lsa kerak (Abdulla Qodiriy. O‘tkan kunlar, 2001. 200-b.). Ba’zida unli tovush bilan boshlangan so‘zlarda ham (ch) undoshining qo‘shilishi natijasida til birligiga taqlid so‘zlar hosil bo‘lishi mumkin: …Yigit bilan apoq-chapoq bo‘lishib ketganlaridan hikoya qiladi (Abdulla Qodiriy. O‘tkan kunlar, 52-b.). Yuqorida keltirilgan til birligiga taqlid so‘zlarning barchasi alohida leksema sifatida hech qanday ma’no anglatmaydi, lekin ularda umumiylik, ta’kidlash, taajjublanish va mavhumlik ma’nolari mujassam ko‘rinadi. Bu ma’nolarning qaysidir til birligiga taqlid so‘zning kontekstda egallagan o‘rniga qarab ustunlik |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling