33-ma’ruza to‘qimani tortish va o‘rash


Download 284.96 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi284.96 Kb.
#1417778
  1   2   3

33-MA’RUZA
TO‘QIMANI TORTISH VA O‘RASH.

To‘qimani tortish va o‘rash, to‘qimani tortish va o‘rash mexanizmlari vazifasi va ishlashi, elektron to‘qima rostlagichlari afzalligi.


Reja:
1.To’qimada arqoq ipini joylashishi tartibi.
2.Mato rostlagichlarni vazifalari va turlari.
3.Zamonaviy to’quv dastgohlarini mato rostlagichlari.
4.Arqoq ipini to’qima chetiga jipslash jarayoni.
5.Tanda rostlagich.
6.Qo’shimcha va ogohlantiruvchi mexanizmlar.


Tayanch so’zlar
ZARB MEXANIZMI Arqoq ipini xomuzaga tashlash jarayonini bajaruvchi mexanizm.
ZARB KUCHI (BATANNI ZARB KUCHI) Batan mexanizmi arqoq ipini to’qima qirg’og’iga jipslash paytida, tanda ipining taranglik kuchidan to’qimaning taranglik kuchini ayimasini ifodalovchi qiymat.
IPLAR ZICHLIGI To’qimani 10sm.ga to’g’ri keladigan tanda yoki arqoq iplarining soni.
To’qimada arqoq ipini joylashishi tartibi. To’quv dastgoxida to’qima xosil bo’lish jarayoni mobaynida to’qimaning ma'lum elementi dastgox to’qima shakllanish zonasidan tortib olinadi va mato valiga o’raladi.
To’quv dastgoxi bosh valining xar bir aylanishida to’qima elementi xosil bo’ladi. To’qima elementini uzunligi tashlangan bir dona arqoq diametri bilan ikki qo’shni arqoq iplariorasidagi masofa yig’indisini anglatadi.
Bu kattalik xomuzaga tashlangan arqoqning chiziqiy zichligi bilan unga qo’shni arqoq iplarining joylashishiga bog’liq. To’qimada arqoq iplarining joylashishi nazariy jixatdan ikki hil ta'riflanadi:
1.bir tekis taqsimlangan joylashishi;
2.bir tekis o’ralgan joylashish;

33.1-rasm. To’qimada arqoq iplarining joylashishi
To’qimaning tortish va o’rash (tahtlash) mehanizmlari mato (to’qima) rostlagichi deb ataladi. Mato rostlagichlarni vazifalari va turlari.
To’qima rostlagichi quyidagi vazifalarni bajaradi:
1)tayyor to’qimani tortib, to’qima valiga o’raydi, ayrim xollarda mahsus qutilarga yo’naltiradi;
2) to’quv dastgoxining boshqa mehanizmlari bilan (tanda rostlagich va batan mehanizmi) o’zaro muvofiqlikda to’qima tuzilishini aniqlaydi.
To’qimada arqoq iplarining joylashishi va mehanizmlarning ishlash tamoyiliga ko’ra, to’qima rostlagichlari uch hil bo’ladi:
1)majburan xarakatlanuvchi-pozitiv to’qima rostlagichlari;
2) kuch ta'sirida xarakatlanuvchi-negativ to’qima rostlagichlari;
3) aralash usulda ishlovchi to’qima rostlagichlari;

Download 284.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling