33-ma’ruza to‘qimani tortish va o‘rash


Zamonaviy to’quv dastgohlarini mato rostlagichlari


Download 284.96 Kb.
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi284.96 Kb.
#1417778
1   2   3
Zamonaviy to’quv dastgohlarini mato rostlagichlari.Uzluksiz ishlovchi to’qima rostlagichlari. Majburan xarakatlanuvchi va uzluksiz ishlovchi rostlagichlar STB, Zulser to’quv dastgoxlarida o’rnatilgan. Zulser dastgoxida tayyor to’qima grudnitsa, val'yan, yo’naltiruvchi orqali o’tib, to’qima valiga o’raladi.
STB to’quv dastgoxlarda majburan xarakatlanuvchi va uzluksiz ishlovchi rostlagichlar o’rnatilgan. STB dastgoxida (33.2-rasm) val'yanga xarakat yon valik 1 dagi chervyak z1 orqali uzatiladi. Chervyak shesternyasining z2 tishlari soni 60 ta bo’lib, u xarakatni hrapovik 2 orqali valik 3 ga uzatadi. Ushbu valik ohirida shesternya z3, bo’lib u shesternyalar z4 z5 va z6 orqali z7 ga xarakat uzatadi. z3, z4, z5, z6 almashinuvchi shesternyalardir. Shesternya z7 xarakatni z8 ga, u esa z9 ga va nixoyat z9 shesternyasi orqali val'yan 4 ga o’rnatilgan z10 ga uzatadi. Natijada val'yan 4 aylanib, to’qilgan to’qimani xosil bo’lish zonasidan tortadi. Ushbu rostlagichlarda to’qimani o’rash uchun Tovar valigi alohida uzatma orqali majburiy harakat oladi. Bu esa tovar valigi dastgohini toxtatmay, almashtirish imkonini beradi. Bu holda dastgohning ish unumdorligig ortadi.
To’qimani mato valiga o’rash moslamasining tuzilishi.

33.2-rasm. Zamonaviy to’quv dastgoxlarining mato rostlagichi

17-mato vali 18-yulduzchadan majburiy harakat oladi.18-yulduzcha 12- tishli g’ildirakning o’qiga o’rnatilgan bo’lib, 20-yulduzchaga 19- zanjir orqali harakat uzatadi. 20-yulduzchadan harakat friktsion orqali dastgoxning asosidagi podshipniklarda o’rnatilgan 21 -o’qqa uzatiladi. O’qning bir uchida pog’onasimon 22- halqa o’rnatilgan bo’lib, uning kichik diametriga 20-yulduzcha joylashtirilgan. To’rt dona 23-siquvchi bolt, prujina va 24-shaybalar ta'sirida 20-yulduzcha 22- halqaning katta qirrasiga yopishib turadi. 25-friktsion halqalari orqali 20-yulduzcha aylanma harakatni 22-halqa orqali 21-o’qqa uzatadi. 21-o’qning ikkinchi uchida 26- ariqchalar o’yilgan bo’lib, ular 17-mato validagi ariqchalar bilan birikmaga kirib, unga harakat uzatadi.17- mato vali mahsus tutqichlarda joylashgan. Dastgoxning asosiga 27- kronshteyn qotirilgan bo’lib, unga ikkita 28-roliklar o’rnatilgan. Mato valini qisib qo’yish uchun 29-richagdagi 30- rolik va 31-qulf hizmat qiladi. To’qimani bo’shatish va qo’lda tortish mehanizmining tuzilishi. To’quv dastgoxida ba'zi hollarda to’qimani orqaga qaytarish yoki sozlash paytida to’qimani qo’lda tortish zaruriyati tug’iladi. Buni amalga oshirish uchun to’qima rostlagichida mahsus moslama o’rnatilgan. 9-o’qqa uchida o’simtasi bo’lgan 34- vtulkali 33- mahovik yerkin o’rnatilgan. 9-o’qda huddi shunday o’simtasi bo’lgan 35-sirg’a qotirilgan. 36-kuchli prujina yordamida 34-vtulkaning o’simtasi 35- sirg’aning o’simtasiga tiralib turadi. 36-prujinaning uchlari sirg’a va vtulkaga qotirilgan.Sirg’ada joylashgan 37-o’kda 38- tish va 39- barmoq o’rnatilgan.40- kuchsiz prujinaning bir uchi 39-barmoq, ikkinchi uchi 35-sirg’adali o’simta bilan bog’langan, barmoq 34-vtulkaning o’simtasiga tiralib turadi. 39-tishning chap uchi 41-hrapovikning tishlariga tegib turadi, o’ng uchi esa hrapovik tishlariga tegmay ularning ustida joylashadi.
To’qima rostlagichining ishlashi. Ko’ndalang val aylanganda 7-chervyakdan 8-tishli g’ildirak aylanma harakat oladi va hrapovik, tish va sirg’a orqali harakatni 9-o’qqa uzatadi. O’qning uchidagi A almashtiriluvchi tishli g’ildirak harakatlanib, V.S,D almashtiriluvchi tishli g’ildiraklar va 10,11,12, 13 tishli g’ildiraklar orqali 14 valyanning tishli g’ildiragiga harakat beradi va valyan aylanma harakatga kelib, ishqalanish hisobidan to’qimani tortib oladi va 15, 16 yo’naltiruvchi vallar orqali 17-mato valiga yo’naltiradi.
18- yulduzchadan 19-zanjir 20-yulduzcha, friktsion va 21 -o’q orqali 17-mato vali aylanma harakat oladi va to’qimani o’rab oladi. Agar dastgoxda ikki va undan ko’p to’qima to’kilayotgan bo’lsa ular bitta mato valiga yoki alohida vallarga o’ralishi mumkin. Agar to’qimalar alohida mato vallariga o’ralsa,alohida vallar 21- o’k bilan 17-mato vali bog’langandek o’yiq ariqchalari orqali birlashtiriladi va o’rtaga alohida siquvchi moslamalar o’rnatiladi.
To’qimani yechib olish dastgox ishlab turgan paytda amalga oshirilishi mumkin. Og’ir to’qimalarni to’qish bundan mustasno, chunki og’ir to’qimalarni to’qish paytida taranglik yuqori bo’lganligi sababli to’qimani kesib olish paytida u valyanning yuzasi bo’ylab orqaga siljib ketish yehtimoli paydo bo’ladi. Natijada agar dastgox ishlab turgan bo’lsa, to’qimada nuqsonlar paydo bo’lishi mumkin. To’qimani yechib olish uchun avval 32-dasta yordamida 31-qulf bo’shatiladi va 29- richag burilib, mato vali bo’shatiladi. So’ngra to’qima mato vali bilan birgalikda dastgoxdan yechib olinadi. Mato validan 0,6-1 metr uzunlikdari to’qima bo’shatililib, qolgani kesib olinadi. Zahiradagi mato vali o’rnatilib, unga qolgan to’qimaning uchi o’rab qo’yiladi va mato vali siquvchi moslamaga qisiladi. To’qima mato valiga bir tekis o’ralishi uchun to’qimaning uchi valga 2-3 qatlam qilib bir tekis o’rab chiqilishi lozim.
8-tishli g’ildirak aylanganda u bilan birga 41- hrapovik ham aylanadi. Hrapovikning tishlariga tiralib turgan 38-tish 35-sirg’a orqali 9- o’qni va tishli uzatmalar orqali valyanni harakatga keltiradi. 33- mahovik ham prujina orqali sirg’a bilan bog’langanligi uchun aylanma harakat oladi.
Agar dastgox ishlab turgan paytda to’qimani qo’lda tortib olish zaruriyati tug’ilsa, 33 mahovikni soat mili bo’yicha burish kerak. Bu holda 34-vtulkaning o’simtasi 35-sirg’ining o’simtasiga ta'sir yetib uni buradi. So’ngra harakat 9-o’q va tishli g’ildiraklar orqali mato vali va valyanga uzatiladi va ularning harakatini tezlashtirib ko’proq to’qimani tortib oladi. 38-tish hrapovikning tishlari bo’yicha sirpanib, qo’lda qo’shimcha aylantirish hisobiga ulardan tezroq harakatlanadi. Dastgox to’htab turganda hrapovik va tishli g’ildirak qo’zg’almas bo’ladi.
To’qimani orqaga qaytarish uchun 38- mahovikni soat mili qarama-qarshi yo’nalishda harakatlantirish lozim. Bunda 34- vtulka 36- prujinaning qarshiligini engib, o’zining o’simtasi bilan 39- barmoqqa tiraladi va 4- prujinani cho’zib, barmoqni aylantiradi. 37-o’q buralib, 38-tishning chap yelkasini ko’taradi. Natijada 38-tish hrapovik bilan birikmadan chiqadi.Tishning o’ng yelkasi pastga tushadi, 35-sirg’a esa tish bilan 41-hrapovikning keyingi tishi uchrashguncha orqaga to’qimaning tarangligi ta'sirida aylanadi. Natijada valyan birmuncha orqaga aylanib, ma'lum miqdordari to’qima uzunligini bo’shatadi. Agar to’qimani yana bo’shatish kerak bo’lsa yuqoridagi amallar qaytariladi. Mahovik to’htaganda vtulkaning o’simtasi 36-prujinaning ta'siri ostida sirg’aning o’simtasiga tiraladi va boshlang’ich holatga keladi. 39- barmoq 40 -prujina ta'sirida teskari yo’nalishda burilib, 38-tishning chap yelkasi yana hrapovikka tiralib qoladi. Tishning o’ng yelkasi ko’tarilib, hrapovik bilan birikmadan chiqadi. Shunday qilib uzlukli ravishda to’qimani orqaga qaytarish mumkin.
Somet dastgoxining yelektron to’qima rostlagichi. 33.3-rasmda yelektron to’qima rostlagichining printsipial chizmasi keltirilgan. (ETR). To’qima rostlagichining 1-elektrodvigatelidan Z1 Z2 Z3 Z4 Z5 Z6 tishli g’ildiraklari , Z7 chervyagi va Z8 chervyak g’ildiragi orqali harakat 2-valyanga zatiladi.




Download 284.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling