33-mavzu. Bu mening shaxsiy fikrim odamlar bor ezgulikni qilarlar orzu, Odamlar bor yovuzlikka bo’larlar ko’zgu
Download 71.5 Kb.
|
BU MENING SHAXSIY FIKRIM.
33-MAVZU. BU MENING SHAXSIY FIKRIM Odamlar bor ezgulikni qilarlar orzu, Odamlar bor yovuzlikka bo’larlar ko’zgu. Inson zoti borki, har daqiqada tug’ilgan yangi istaklarini qondirishni, amalga oshirishni istab yashaydi. Inson orzusini na aytib, na yetib tugata olasan! U shunchalar ko’p narsani istaydiki, ammo hammasi ham ushalavermaydi-da, negaki xohishning o’zi kamlik qiladi. Sizdan "Eng katta orzuyingiz nima?” deb, hech so’rashganmi? Javob uchun albatta bir bahya bo’lsa ham to’xtab qolasiz, hayolingizga kelgan birinchi fikrni aytib yubormoqchi bo’lasiz-u, ammo ayta olmaysiz ... Qizig’-a, orzuning ham kata-kichigi bo’lar ekanda. Orzu qilishlik siz uchun shunchalar muhimki, hatto o’zingiz ham bilmaysiz, uning hayotingizdagi o’rnini . Balki uning, ba’zilar uchun hech qanday ahamiyati yo’q, deb hisoblarsiz. Xuddi shu fikrlilarga qarata deymanki, orzu bu - hoy-u, havas emas. U insoniyatning shu bugungi kunga yetib kelishiga sababchi bo’lgan eng mustahkam tirgakdir. Inson orzusi nimalarga xizmat qilmaydi deysiz, qabohatga ham, saodatga ham yetaklaydi sizni. Bir vaqtlar bobomdan “Hamma narsa niyatlarga bog’liq” deganlarini eshigandim, ammo unda hech nimani tushunmagam edim. Sekin-asta inson ulg’aya boshlar ekan, bolalikdagi “katta bo’lish” orzusi o’rniga, ”bolalikka qaytish” istagi mavj urar ekan. Bu hayot biz uchun eng katta muallimdir, yurtning bag’rida o’tg an har bir kunim esa olayotgan darsim ekan. Orzular esa muallim hayotning pastu balandiga chidashni va bu sabrimiz orqali olajak mukofotimiz ekan. Mening orzuyimga kelsak, bilmadim uni nima deb atay? Ammo tilagim, istagim shuki, insoniyatga cheksiz sabr .Vatan uchun, uni qadrlovchi va bu burchni qarz deb bilguvchi farzand. Qalb orzusi esa sir tutilmog’i lozim deb o’ylayman, aks holda sirli insoniyatning sirliligidan, asar ham qolmaydi... “Orzu”, nima o’zi u? Inson orzu qilmasdan yashay oladimi? Orzular faqat yaxshilikka xizmat qiladimi? Yoki yovuzlikka hammi? Orzu va istakning qanday farqlari bor? Orzu, istakdan ustun turadimi? Siz ham bu savollarga javob axtarib ko’ring, balki orzuyingizga bo’lgan ishonchingiz mustahkamlanar. Og’zaki nutq: Hayotga munosabat va qiziqishlar haqida gapirib berish. Inson barkamollikka erishishi uchun nimalar qilishi kerakligi haqida fikr bildirish. Hayotdagi idealni tasvirlab berish. Mavzu bo’yicha bahs-munozarada ishtirok etish. Yozma nutq: “Hayot mening tasavvurimda” mavzusida esse yozish. Hayotdagi maqsadlar va orzular haqida dialogik matn tuzish va uni instsenirovka qilish. GRAMMATIKA: Monologik matn. Monologik matnda mazmun izchilligi va ohang. Ma’lum voqelik haqida tasavvur (ma’lumot) beradigan bir yoki bir necha sintaktik birliklardan tashkil topgan nutqiy butunlik matn hisoblanadi. Matn ma’lum fikrlar yig‘indisi hisoblangan nutq, nashrdan chiqqan asardir. U o‘ziga xos asar hisoblanishi va mazmunga (ilmiy, rasmiy, badiiy va hokazo) yoki hujjat xarakteriga ega bo‘ladi. Matn ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: dialogik va monologik. Tavsifiy (monologik) matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, ma’lumot bayonidir. Maqola, insho ham tavsifiy matnning bir turi sanaladi. Ma’lum voqea-hodisalarga, narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar yoki dalillar bilan ta’riflash, izohlash, isbotlash, asoslash tavsifiy matnga xos xususiyatlardandir. Shuning uchun bunday matnda belgi-xususiyat ifodalovchi so‘zlar, atamalar, modal so‘zlar, fe’lning funksional shakllari, ravishlar faol qo‘llanadi. Tavsifiy matn yaratishda uyushiq bo‘laklar, ajratilgan gap bo‘laklari, atov gaplar, sodda gaplar, qo‘shma gap ko‘rinishlaridan ham keng foydalaniladi. O‘qituvchilar xonasida ikki o‘qituvchi suhbatlashayapti: Har bir o‘qituvchi notiq bo‘lishi lozim, - dedi birinchi o‘qituvchi. Ikkinchi o‘qituvchi unga e’tiroz bildirdi: Kechirasiz, har kim ham notiq bo‘la olmaydi O‘qituvchi muloqot madaniyatini puxta Savol: l.Siz qaysi o‘qituvchining fikrini yoqlagan bo‘lardingiz? Madaniyatli o‘qituvchi deganda kimni tushunasiz? Sizning fikringizcha bu suhbat qanday tugashi mumkin? topshiriq. Matnni o‘qing. Matnga sarlavha toping. Bugungi yoshlarning kiyinish madaniyati va odobi haqida rolli nutq tuzing. Madaniyatlilikning asosiy belgilaridan biri - bu kiyinish madaniyatidir. Kishining qanday kiyinganligiga qarab, uning did-farosati, moddiy va ma’naviy darajasini, hatto kasbini aniqlab olish mumkin. Insoniyat ongida boshqalardan istihola qilish, uyalish, andisha tushunchalari paydo bo‘lgandan boshlab, ular kiyinishni odat qilishgan. Kiyinishni ilk bor zaif jins - ayollar boshlaganlar. Shuning uchun ham xotin- qizlar tabiatida kiyinish, bezanish, taqinish tushunchalari turmushning asosiy ko‘rinishlari qatorida turadi. Shu sabab xalqimizda, onangni otangga bepardoz ko‘rsatma, degan naql bor. Kiyinish madaniyati jins, yosh, fasl, millat, urf-odatlar, kasb-kor, zamon va taraqqiyotning muayyan bosqichi, darajasi bilan bog‘liqdir. Bolalar, qizlar, yoshlar, o‘rta yoshlilar, keksa odamlarning kiyinish madaniyati mazmuni va shakl-u shamoyili jihatidan bir-biridan ajralib turadi. Kiyinish har bir xalqning qadim zamonlardan buyon yashab kelayotgan mintaqasi, shart-sharoiti, turmush tarzi, udum, urf-odatlari, tabiati bilan ham chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Masalan, serquyosh o‘lkalarda yashovchi xalqlarda qadim zamonlardan beri oq matodan kiyim kiyishni odat qilishgan. Chunki oq mato quyosh nurlarini bir qadar qaytarib, kishilarni issiq ta’siridan saqlagan. Aksincha, iqlimi sovuq o‘lka va yurtlar xalqlari esa odatda qora matodan kiyim kiyishga odatlanishgan. Chunki bu kiyim sal bo‘lsa-da chiroy ko‘rsatgan quyosh nurlarini o‘ziga singdirib, kiyim egasiga rohat baxsh etgan. Mustaqil ta’lim «Abu Nasr Forobiy va uning buyuk asarlari» mavzusi bo’yicha monologik matn tuzish. Download 71.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling