33-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi tarix fani o’qituvchisi Azizova Dilnozaning 8-9-sinflar uchun tuzgan testi metod birlashma tomonidan foydalanishga tavsiya etildi
Download 74 Kb.
|
9-sinf-tarix-fanidan-testlar-8
TARIX FANIDAN 9-sinf 4-chorak
1. Qoraqalpoqlarda ilk yozma asarlar paydo bo’laboshlagan davrni aniqlang. A) XVIII asr o’rtalari B) XVIII asr oxiri S) XIX asr boshlari D) XIX asr oxiri 2. Kunxo’ja Ibrohim yashagan yillarni aniqlang. A) (1799-1880) B) (1788-1875) S) (1824-1878) D) (1827-1900) 3. “Avlodlar”, “Omongeldi”, “Oydo’stbiy” kabi asarlar kimning qalamiga mansub? A) Kunxo’ja Ibrohim B) Berdaq S) Ajiniyoz D) Otash Olshinboy 4. 1884-yilda Qrimdagi Boqchasaroyda birinch jadid maktabiga asos slogan shaxsni aniqlang. A) Abdulla Avloniy B) Munavvarqori Abdurashidxonov S) Ismoil G’aspirali D) Mahmudxo’ja Behbudiy 5. Buxoro amirligida birinchi yangi usul maktabi ochilgan yilni toping. A) 1884-yil B) 1893-yil S) 1910-yil D) 1917-yil 6. Xiva xonligida jadidchilik harakatining o’ng oqimiga kim boshchilik qildi? A) Islomxo’ja B) Bobooxun Salimov S) Salohiddin domla D) Shamsiddin domla 7. Yangi usul maktablarida qaysi davlat standartlari asosiy mezon qilib olindi? A) Rossiya B) Yevropa S) Qrim D) Turkiston 8. “Taraqqiy” gazetasi kimning muharrirligida chop etildi? A) Abdulla Avloniy B) Munavvar Qori S) Ismoil Obidov D) Ahmadjon Bektemirov 9. 1910-yilda Toshkentning o’zida nechta jadid maktabi faoliyat ko’rsatayotgan edi? A) 63 ta B) 24 ta S) 17 ta D) 15 ta 10. Quyidagilardan qaysi biri toshkentlik jadid emas? A) Munavvar Qori Abdurashidxonov B) Abdulla Avloniy S) Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayev D) Abdurauf Fitrat 11. “O’rta Osiyo jadidlarining otasi” kim? A) Ismoil G’aspirali B) Maxmudxo’ja Behbudiy S) Munavvar Qori Abdurashidxonov D) To’g’ri javob berilmagan 12. “Turkiy guliston yoxud axloq” asari muallifi kim? A) Mahmudxo’ja Behbudiy B) Munavvar Qori Abdurashidxonov S) Abdulla Avloniy D) Sadriddin Ayniy 13. “Tarbiyayi atfol” jamiyati qachon tashkil etilgan? A) 1907-yil B) 1910-yil S) 1913-yil D) 1917-yil 14. 1915-yilda kim tomonidan islom tarixiga oid asar yaratildi? A) Mahmudxo’ja Behbudiy B) Abdulla Avloniy S) Abdurauf Fitrat D) Abdulhamid Cho’lpon 15. Birinchi oliy ma’lumotli o’zbek advokati kim? A) Asadullaxo’ja o’g’li Ubaydullaxo’ja B) Abdulhamid Cho’lpon S) Abdurauf Fitrat D) Abdulla Avloniy 16. Turkiston muxtoriyatining markazi etib belgilangan shaharni aniqlang. A) Buxoro B) Qo’qon S) Toshkent D) Namangan 17. “Federatsiya” so’zi qaysi tildan olingan? A) yunoncha B) ruscha S) italyancha D) lotincha 18. Turkistonda qachon “favqulodda muhofaza holati” e’lon qilindi? A) 1907-yil B) 1914-yil S) 1916-yil D) 1917-yil 19. Nikolay II yashagan yillarni aniqlang 20. 1916-yil 25-iyundagi farmon bo’yicha front ortidagi xizmatlar uchun qaysi shaharlardan askar yig’ish boshlandi? 21. 1916-yil 25-iyundagi farmonni qaysi podsho e’lon qilgan? 22. 1916-yildagi podsho farmoni mazmuni qanday edi? 23. Birinchi jahon urushi sodir bo’lgan yillarni yozing. 24 Nima uchun bizning yurtimiz birinchi jahon urushida ishtirok etgan? 25: Muxammad Yoqub kim?
19. 1894-1917 yillar 20. Turkiston, Sibr, va Kavkaz 21. Nikolay – II 22. Mardikorlikka olish 23. 1914-1918 yillar 24. 1-jahon urushi davrida O’zbekiston rossiya mustamlakasi bo’lganligi uchun. 25. Eski shahar oqsoqoli Download 74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling