332 O‘zbek tilshunosligida xalq maqollari lingvistik tadqiqi masalalarining o‘rganilishi


O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI


Download 320.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana16.03.2023
Hajmi320.28 Kb.
#1279291
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
turopova-h.-ozbek-tilshunosligida-xalq-maqollari-lingvistik-tadqiqi-masalalarining-organilishi

O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
 
 
 
333 
adabiyotda doimiy ravishda qo‘llanilib kelgan va qo‘llanmoqda. Yillararo
davrlararo ularning yangilari yaratilib turgan, eskilarining jonli muomalada, tilda 
mavjudlarining ma’no doirasi kengayib yoki torayib borgan. Hatto ularning 
muayyan qismi unutilib ketgan. Chunki o‘zbek xalqining bunday ulkan folklor 
merosi folkloristik nuqtayi nazardan keyingi asrlargacha deyarli to‘planmay va 
o‘rganilmay kelgan. Bundan xalq maqollari o‘tmish adiblari, shoirlari, tarixchilari 
e’tiboridan mutlaqo chetda ekan, degan xulosa chiqarmasligimiz kerak.
Maqolga adabiy nuqtayi nazardan qiziqish, asar badiiyligini oshirish va badiiy 
til ravonligini ta’minlash uchun undan foydalanish hamma zamon so‘z 
san’atkorlarining diqqat markazida bo‘lgan. Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy
Rabg‘uziy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Abulg‘ozi Bahodirxon, Munis, Ogahiy, 
Nodira, Muqimiy, Furqat, Avaz, Hamza, Sadriddin Ayniy, Fitrat, Cho‘lpon, 
Abdulla Qodiriy, Oybek, G‘afur G‘ulom va boshqa o‘nlab ijodkorlarning asarlari 
sinchiklab o‘rganilsa, ularning tarkibida qanchadan qancha maqollar ba’zan aynan, 
ba’zan o‘zgargan holda mavjudligiga ishonch hosil qilamiz.
Maqollar ko‘p asrlik hayotiy tajribalar, doimiy kundalik kuzatishlar xulosasini 
tugal fikr tarzida qat’iy qutbiylikda ifodalar ekan, ularda har bir so‘zning ma’no 
xilma-xilligi, iboralarning turg‘unligi, shakliy barqarorlik ustunlik qiladi. Ammo 
qo‘llanish o‘rniga qarab ularning ma’no doirasi doimiy ravishda kengayib boradi. 
Shuning uchun ham maqoldagi har bir so‘zga alohida e’tibor berish kerak. Ularda 
shunday so‘zlar borki, bu so‘zlar tarixan butunlay boshqa ma’nolarni anglatgan. 
Masalan, 
tuz 
so‘zi 
bugungi 
kunda 
mineral 
moddani 
bildiradi. Tarixan bu so‘z to‘g‘ri, odobli; dala, tekislik ma’nolarini anglatgan va 
faqat maqollardagina saqlanib qolgan: Qiz saqlasang, tuz saqla. Tuzdagi bilan 

Download 320.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling