O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
336
• Maqolga aylanuvchi ibratli fikr xalqning uzoq yillar mobaynidagi hayotiy
tajribasida sinalgan bo‘lishidadir. Hayotiy tajribada sinalgan har qanday fikr
kishini ishontira oladi;
• Maqolda ifodalangan ibratli fikr alohida shaxsgagina emas, balki
umuminsoniy xarakter kasb etishida;
• Sinalgan umuminsoniy fikr ixcham, mukammal badiiy shaklga ega bo‘lishi
shartdir [Imomov, 1990: 93].
Xalq maqollari asrlar davomida o‘zining shakl va mazmun jihatdan nodir
xalq og‘zaki ijodi namunalari sifatida buyuk va taniqli adiblar e’tiborini jalb qilib
keldi. Yusuf Xos Hojibdan tortib Muqimiygacha, Alisher Navoiydan tortib
Oybekgacha xalq maqollaridan samarali foydalanganlar. Jumladan:
• Alisher Navoiy lirikasida «Chiqmag‘on jong‘a umid», «It uyub qoldiyu,
ko‘chdi
karvon»,
«Men
firoqdin
desam,
ul
der
Iroqdin»;
• Bobur ijodida: «Bo‘lib turur ikki ko‘zim yo‘lida to‘rt», «Men edim
saningdek, sen bo‘lg‘oysen maningdek»;
• Abdulla Qahhor ijodida «Otning o‘limi, itning bayrami», «Quruq qoshiq
og‘iz yirtar»;
• «Alpomish» dostonida «Sulton suyagini xo‘rlamas», «Elakka borgan
xotinning ellik og‘iz gapi bor» kabi maqollar ko‘plab uchraydi [Madayev, 2010:
40].
O‘tgan asrda o‘nlab maqollar to‘plami e’lon qilindi. «O‘zbekcha otalar
so‘zi» (1924), «Maqollar va hikmatli so‘zlar» (1939), «Otalar so‘zi — aqlning
ko‘zi» (1947), «O‘zbek xalq maqollari» (1978), «O‘zbek xalq maqollari» (2 jildlik,
1987— 1988) kabilar shular jumlasidandir. Ularni to‘plash, nashrga tayyorlash,
tadqiq etishda avval Hodi Zarifov, Buyuk Karimov, G‘ozi Olim Yunusov, G‘ulom
Zafariy; keyinchalik Mansur Afzalov, Oxunjon Sobirov, Zubayda Husainova,
G‘ani Jahongirov, Rajab Jumaniyozov, To‘ra Mirzayev, Bahodir Sarimsoqov,
Malik Murodov, Ibrohim Haqqulov, Asqar Musaqulov, R. Zarifov kabi olimlar
munosib hissa qo‘shdilar [Madayev, 2010: 34].
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, maqollarning o‘rganilishi o‘zbek millatining
boy tarixini ko‘rsatish bilan birga milliy madaniyatini ham o‘zida namoyon qiladi.
Maqollar mazmuniy bir butunlik nomi ostida tilshunoslik yutuqlari asosida
o‘rganilgan. Xalq maqollari faqat badiiy asar matnida emas, publitsistik, memuar
asarlar matnida ham, ommabop uslubda ham qoʻllanadi. Bunday uslubda ham
maqolning oʻziga xos badiiy-estetik vazifasi namoyon boʻladi. Badiiy matnda
muallifning oʻquvchi yoki kitobxonga estetik ta’sir qilish maqsadi birinchi planda
tursa,
nobadiiy
matnda
muallifning
asosiy
maqsadi
oʻquvchi
yoki
kitobxonga kommunikativ ta’sir qilishdan iborat boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |