332 O‘zbek tilshunosligida xalq maqollari lingvistik tadqiqi masalalarining o‘rganilishi
Download 320.28 Kb. Pdf ko'rish
|
turopova-h.-ozbek-tilshunosligida-xalq-maqollari-lingvistik-tadqiqi-masalalarining-organilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
- Kalit so‘zlar
O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 332 O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA XALQ MAQOLLARI LINGVISTIK TADQIQI MASALALARINING O‘RGANILISHI. Turopova Hilola Faxriddinovna Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, Lingvistika (o‘zbek tili) yo‘nalishi II bosqich magistranti. Annotatsiya, Maqolada xalq og‘zaki ijodining janrlaridan biri bo‘lgan maqol va uning xususiyatlari, maqolning folklorshunoslikda tutgan o’rni, maqollarning nazariy masalalarini tadqiq qilgan o‘zbek folklorshunos olimlari, o‘tgan asrda chop etilgan maqollar to‘plami xususida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: maqol, maqol va matal, maqolning obrazlilik va struktur vazifasi, “Maqollar va hikmatli so‘zlar”, metodologik vazifa. Annotation. In the article, the proverb is one of the genres of folklore and its characteristics, the place of the proverb in folklore, Uzbek folklorists who studied the theoretical issues of the proverb, a collection of proverbs published in the last century. Key words: proverb, proverb and proverb, figurative and structural function of the proverb, "Proverbs and wise words", methodological task. Millatning o‘zligini ko‘rsatuvchi milliy qadriyatlarni, xalqning madaniyatini ifodalovchi omillardan biri bu xalq og‘zaki ijodidir. Xalqlar boy ma’naviy merosining ajralmas bir bo‘lagi sifatida yashab kelayotgan maqol, matal va iboralarni o‘rganish, ularda aks etgan xalq hayotini, insoniy tuyg‘ular tasvirini ko‘rsatish har doim dolzarblik kasb etib kelgan. Xalq og‘zaki ijodining dolzarb janrlaridan bo‘lmish maqollar tilshunoslik va folklorshunoslikda o‘rganilayotgan muhim mavzulardan biridir. Folklorning eng muhim janrlaridan biri bo‘lgan maqollarni, umuman, xalq ijodiyotini o‘rganish, tadqiq qilish, bugungi kunda juda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maqol va matallar, aforizmlar kishilarning, ayniqsa, yoshlarning ongini o‘stiradi, ularni to‘g‘riso‘z, rostgo‘y, mehnatsevar, mard, jasur, sabotli va matonatli bo‘lishiga o‘rgatadi, kishidagi eng insoniy fazilatlarni targ‘ib etadi. Shuningdek, yozuvchi, shoirlar va notiqlarning so‘z boyliklarini orttiradi, ularning asarlarini badiiy jihatdan g‘oyat ta’sirli qiladi. Til, falsafa va badiiy ijodning o‘ziga xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan xalq maqollari folklorning ixcham shakl, ammo teran mazmunga ega bo‘lgan bir janridir. Har biri tilimiz ko‘rkini, nutqimiz nafosatini, aql-farosat va tafakkurimiz mantiqini hayratomuz bir qudrat bilan namoyish etgan va eta oladigan bunday badiiyat qatralari xalqimizning ko‘p asrlik hayotiy tajribalari va maishiy turmush tarzining bamisoli bir oynasidir. Bu badiiy oynada uning hayotga, tabiatga, inson, oila va jamiyatga munosabati, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy- estetik va falsafiy qarashlari namoyon bo‘lgandir. Shuning uchun ham maqollar g‘oyatda keng tarqalgan bo‘lib, asrlar davomida jonli so‘zlashuv va o‘zaro nutqiy munosabatlarda, badiiy, tarixiy va ilmiy asarlarda, siyosiy va publitsistik Download 320.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling