35 Budjet tizimi byudjetlari ijrosi nazoratining shakllari va usullari Rizayev Nurbek Kadirovich
Download 453.31 Kb. Pdf ko'rish
|
budjet-tizimi-byudjetlari-ijrosi-nazoratining-shakllari-va-usullari
“Ochiq budjet” axborot portalida vazirlik va idoralarning budjet mablagʻlaridan
foydalanish bilan bogʻliq faoliyatida maqsadli indikatorlar ijrosini monitoring qilish va hisobotini tuzish hamda uning keng jamoatchilikka ochiqligini taʼminlash tizimini ishga tushirish; Xususan, mamlakatimizda yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan progressiv makroiqtisodiy va faol investitsiya siyosati natijasida davlat moliyasini isloh qilish hamda davlat moliyaviy nazorati sohasida katta oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ–73-son “Oʻzbekiston Respublikasining “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan 40 ta birinchi darajali mablagʻ taqsimlovchi organlarning 2022–2024-yillar uchun budjet mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq maqsadli indikatorlari tasdiqlandi. Shuningdek, mazkur qarorda dasturiy budjetlashtirish tizimini joriy etishda quyidagi: hisobot yili yakuni boʻyicha Hisob palatasi maqsadli indikatorlarning bajarilishini auditdan oʻtkazish; 40 ta birinchi darajali mablagʻ taqsimlovchi organlarning maqsadli indikatorlarning bajarilishi yuzasidan vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlarini Oliy Majlis Qonunchilik palatasida har chorak yakunida eshitib borish amaliyotini joriy etish; Budjet daromadlari va xarajatlari bo‘yicha rejaning bajarilishi haqida m a’lumotlar bilan ta’minlash moliya organlari budjet hisobining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu ma’lumotlar asosida budjet ijrosi jarayoni ustidan nazorat qilish va tezkor rahbarlik amalga 39 oshiriladi. Bu maqsadlar uchun moliya organlari budjet daromadlari va xarajatlari, bank muassasalaridagi budjetning pul mablag‘lari, budjet bo‘yicha ochilgan kreditlar va berilgan mablag‘lar, budjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar, ssudalar va boshqalar hisobini yuritadi.Mahalliy moliya organlari respublika budjctini kassa ijrosining hisobi bo‘yicha va moliyalashtirishga doir operatsiyalami banklar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi. Moliya organlarining bosh buxgalterlari o‘z ishlarida O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti ijrosi qoidalarini tartibga soluvchi amaldagi me’yoriy hujjatlarga rioya qiladi. Moliya organlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari, shaharlar va tumanlar moliya organlari)ning bosh buxgalterlari quyi moliya organlarida, budjet mablag‘larini bosh tasarruf qiluvchilarida va markazlashtirilgan buxgalteriyalarda buxgalteriya hisobini yuritishni tashkil qilish tartibi va uslubi, hisobotni tuzish masalalari bo‘yicha ko‘rsatmalar beradi va nazorat olib boradi, tegishli budjetlarda turuvchi budjet tashkilotlari xarajatlar smetalari ijrosini taftish qilishda xodimlar qatnashuvini ta’minlaydi. Moliya organi buxgalteriya xizmati budjet ijrosining va xarajatlar smctalarining hisobi va hisoboti tashkil qilinishining nazoratini joylarda tekshirish va ko‘zdan kechirish, topshiriladigan hisobotlarda xatolar aniqlangan hollarda, olinadigan davriy va yillik hisobotlami ko‘rib chiqish yo‘li bilan amalga oshiradi. Davlat moliyaviy nazorati organlarining so‘nggi ikki yil faoliyati tahliliga to‘xtalsak. Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqamalari tomonidan 2020- yilda budjet mablag‘larining samarali va maqsadli sarflanishi ustidan olib borilgan 4729 ta (2019-yilda 8074 ta) nazorat tadbiri davomida 246 mlrd.so‘mlik (2019-yilda 142,6 mlrd.so‘m) budjet intizomini buzish, budjet mablag‘larini asossiz ishlatilgani aniqlangan hamda ushbu summaning 168,8 mlrd.so‘mini budjetga qaytarilishi ta’minlangan. 2020- yilda yuqoridagi qonunbuzarliklarning vazirliklar va idoralar bo‘yicha holati quyidagilarni tashkil etdi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling