35 Budjet tizimi byudjetlari ijrosi nazoratining shakllari va usullari Rizayev Nurbek Kadirovich
1-rasm. 2020-yilda budjet mablag‘larining asossiz va noqonuniy sarflanishining
Download 453.31 Kb. Pdf ko'rish
|
budjet-tizimi-byudjetlari-ijrosi-nazoratining-shakllari-va-usullari
40
1-rasm. 2020-yilda budjet mablag‘larining asossiz va noqonuniy sarflanishining vazirliklar va idoralar o‘rtasidagi taqsimot 1 2020-yilda budjet mablag‘larining asossiz va noqonuniy sarflanishining vazirliklar va idoralar o‘rtasidagi taqsimoti1 2021-yilda budjet qonunchiligini buzilishini hamda budjet mablag‘larining sarflanishida xato-kamchiliklarni aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan 7133 ta nazorat tadbiri natijasida 1072,1 mlrd.so‘mlik budjt kamomadi aniqlangan. Ushbu xatokamchilikka yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan. Hukumat tomonidan davlat moliyaviy nazorati sohasidagi o‘zgarishni davom ettirish, tizimni yanada takomillashtirishga oid keng ko‘lamli tizimli ishlar olib borilmoqda. Mazkur islohotlarning uzviy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” PF-60- sonli Farmoni qabul qilindi hamda “Davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish va 2023-yildan yalpi ichki mahsulotga nisbatan uning 3 foizdan oshib 1 “Uzreport” axborot agentligining www.uzreport.news axborot portali 39% 16% 24% 1% 2% 2% 2% 3% 4% 7% Xalq ta'limi vazirligi Og'liqni saqlash vazirligi Uy-joy kamunal xizmat ko'rsatish vazirligi Qishloq xo'jaligi Jismoniy tarbiya va sport Oliy va o'rta maxsus ta'limi Suv xo'jaligi Boshqalar Madanyat 41 ketmasligini ta’minlash” 2 kabilar ustuvor vazifalar etib belgilangan va ushbu masalalar yuzasidan yo‘l xaritasi tuzib olingan. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, byudjet tizimi byudjetlarining mablag‘larini samarali va oqilona sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada rivojlantirish, budjet mablag‘larini aniq maqsadli yo‘nalishlar bo‘yicha sarflanishini tartibga solish, byudjet siyosatidagi asosiy ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida, davlatning uzoq muddatga tuzgan strategik islohotlari yo‘nalishlarini belgilash hamda ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun muhim omillardan hisoblanadi.O’zbekiston Respublikasi taraqqiyotining bugungi bosqichida davlat moliyasini boshqarish tizimini amalga oshirilayotgan iqtisodiy va demokratik islohotlar talablariga moslashtirish, ular faoliyatini so’nggi ijobiy natijalarni ko’zlagan xolda muvofiqlashtirish, davlat moliyasini boshqarishni shaklan va mazmunan yangi sifat pog’onasiga ko’tarish, davlat moliyasini boshqarish organlari, birinchi navbatda, Moliya vazirligi G’aznachiligining faoliyat mexanizmlarini va uning elementlarining faoliyatini takomillashtirishning zarurligi, byudjet jarayonida byudjet ijrosining g’aznachilik tizimiga bosqichma-bosqich o’tilayotganligi va bu boradagi muammolarni tadqiq etishning zarurligi hamda davlat moliyasini institutsional tarkibini isloh qilishda g’aznachilik faoliyatining zarurligi mazkur maqolada ishning dolzarbligini belgilab beradi Download 453.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling