Barchamizga ma’lumki, respublikamizda ta'lim va tarbiya sohasidagi islohotlar bugungi dolzarb, ertangi taqdirmizni hal qiluvchi muammoga aylanmoqda
Download 77.96 Kb.
|
1 2
Bog'liq3. KIRISH
KIRISH Barchamizga ma’lumki, respublikamizda ta'lim va tarbiya sohasidagi islohotlar bugungi dolzarb, ertangi taqdirmizni hal qiluvchi muammoga aylanmoqda. Jamiyatimizning yangilanishi, hayotimiz taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan islohotlar rejasining samarali taqdiri – bularning barchasi, avvalombor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutahassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog'liq. Shu bois mamlakatimizning istiqlol yo'lidagi birinchi qadamidanoq ma'naviyatimizni yuksaltirish, ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg'unlashtirish asosida jahon andozalari va ko'nikmalari darajasiga chiqarishga katta ahamiyat berilmoqda. Mustaqillikka erishganimizdan so’ng mamlakatimiz kelajagi uchun qabul qilingan “Ta’lim to’grisida” gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning amalga oshirish juda muhim ahamiyatga ega. Bu dasturni bajarish uchun malakali pedagog kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashga alohida e’tibor berish lozim . Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta’lim to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonun – qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo’lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi qonunlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb – hunar madaniyati ijodiy va ijtimoiy faollikka ijtimoiy – siyosiy hayotga mustaqil ravishda mo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir . Bu dastur kadrlarni, yangi avlodni shakllantirishga yo’naltirilgan. Mavjud ta’lim – tarbiya tizimini tubdan isloh qilish uni zamon talablari darajasiga ko’tarish milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida: “Ta’lim tog’risidagi” qonun va kadrlar tayyorlash bo’yicha milliy dasturni hayotga tadbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi deb hisoblanadi. “ Ta’lim to’g’risidagi ” qonun 5 ta bo’lim va 34 moddadan iborat bo’lib, uning asosiy maqsadi fuqarolarga ta’lim – tarbiya berish, kasb – hunar o’rgatishning huququiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat Konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan (1997 yil 27 – avgust) Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi – ta’lim sohasini tubdan islox qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdir. Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat-ning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlaka-timizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida mamlakatimiz rahbari Sh. Mirziyoyevning shu yil 7-fevraldagi Farmoni bilan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Harakatlar strategiyasiga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar chog’ida bildirilgan mamlakatni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirish-ning konseptual masalalari kiritildi. Xususan, mamlakatni rivojlantirishning quyidagi 5 ta ustuvor yo’nalishi belgilangan: Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish; Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish; Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish; Ijtimoiy sohani rivojlantirish; Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish. Mazkur yo’nalishlarning har biri mamlakatdagi islohotlarni va yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo’limlardan iborat. Hisoblash usullari fani matematika fanining muhim soxalaridan biri bo’lib, ham amaliy, ham nazariy ahamiyatga egadir. Hisoblash usullari fanining atom yadrosidan foydalanish, uchuvchi apparatlarni loyihalash, kosmik uchish dinamikasi, boshqariladigan termoyadro sintezi muammosi munosabati bilan plazma fizikasini o’rganish va shunga o’xshash ko’p muammolarini hal etishda tadbiqlari mavjud. Bundan tashqari hisoblash usullarining elektron hisoblash mashinalarini loyihalashda o’rni katta. Download 77.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling