35. Marketing muhiti


Raqobat omillari (ishlab chiqarish xarajatlari, marketing xarajatlari, foyda)


Download 65.23 Kb.
bet25/38
Sana23.04.2023
Hajmi65.23 Kb.
#1385649
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38
Bog'liq
marketing javoblari

Raqobat omillari (ishlab chiqarish xarajatlari, marketing xarajatlari, foyda).
Raqobat – mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar o’rtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o’z mavqeini mustahkamlash uchun kurash. Raqobat ko’p qirrali iqtisodiy hodisa bo’lib, u bozorning barcha sub‘ektlari o’rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Resurslarni etkazib beruvchilar o’rtasidagi raqobat o’zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, er, ishchi
kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun amalga oshiriladi. Bozor raqobatini yuzaga keltiruvchi bir necha omillar ta‘sirini ko’rsatish zarur. Bu omillarni 3 ta guruhga ajratish mumkin :
* iste‘molchilar doirasining cheklanganligi;
* resurslarning cheklanganligi;
* mahsulotlarni siljitishdagi cheklanganlik.
Raqobat klassifikatsiyasi: Intensivlik darajasi bo’yicha
1.Jalb etuvchi raqobat – raqobat sub‘ekti mazkur segmentda oldingi segmentdagiga nisbatan ko’proq foyda oladi;
2.Chegaralangan raqobat - mazkur raqobat tovar bozorida raqobatni ushlab turadi;
3.Shafqatsiz raqobat - raqobat nisbatan intensiv ,raqobatchilar bir-birini bozordan siqib chiqarishga ,ulushini tortib olishga harakat qiladi.
 Ehtiyojlarni qondirish shakli bo’yicha:
1.Funksional raqobat –bu raqobatning shunday turiki turli xil tovarlar o’zaro bir-bir bilan raqobatlashadi. Bu tovar ayni o’sha ehtiyojni qondirishga yo’naltirilgan bo’ladi. Masalan: mineral suv ishlab chiqarish o’rtasida raqobat gazli suv ishlab chiqarish, kvas ishlab chiqarish, sok ishlab chiqarish va boshqalar. Bu turli xil maxsulotlar bitta va o’sha o’sha ehtiyojni qondiradi, ya‘ni chanqoqni qondiradi.
2.Tur raqobat – mazmuniga ko’ra funksional raqobatga yaqin turadi.Tur raqobat bitta maqsadga yo’naltirilgan lekin bir-biri bilan uncha katta farqga ega bo’lmagan o’xshash tovarlar ishlab chiqarish ishlari o’rtasidagi raqobatdir.
3. Predmet raqobati – bu raqobatda bir-xil tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi faqat sifati bilan farqlanuvchi raqobat turi hisoblanadi. Xarajatlar yo’nalishi bo’yicha F. Kotler 4 ta turini ko‗rsatib beradi. Mazmunan extiyojni qondirish shakliga o’xshash bo’ladi.
1. Savdo markalari raqobati;
2. Tarmoq raqobati;
3. Formal raqobat;
4. Umumiy raqobat
Savdo markalari raqobati oldingi klassifikatsiyadagi predmet raqobatiga o’xshash bo’lib hisoblanadi. Bu ko’proq bir-xil ishlab chiqarish o’xshash tovarlar va bir-xil maqsadga yo’naltirilgan ishlab chiqaruvchilar o’rtasida kuzatiladi. Tarmoq raqobati-tur raqobatiga o’xshash bo’lib, bir-xil tovarlar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi tur raqobatiga to’g’ri keladi. Formal raqobat-turli xil tovar ishlab chiqarishlar o’rtasidagi raqobat bo’lib bitta va o’sha ehtiyojni qondirishga yo’naltirilgandir. O’z o’rnida funksional raqobatga to’g’ri keladi. Umumiy raqobat-bu raqobatda tadbirkorlik faoliyati sub‘ektlari barchasi o’rtasidagi raqobat kuzatiladi.
 Ta‘sir qilish usullari bo’yicha:
1. Narxli raqobat
2. Narxsiz raqobat
Narxli raqobat-xaridorlarni o’ziga narx usuli orqali jalb etishda foydalaniladi. Bu raqobatning turi amalga oshirilgan raqobatga mos keladi. Bugungi kunda narxli raqobat juda kam tarqalgan. Chunki iqtisodiyotning hozirgi rivojlangan bosqichida narxning pasayishi yuqori natijalar bermaydi va firmani bozorda shunaqa strategiya qo’llab lider qilolmaydi. Narxsiz raqobat-narxni pasaytirish yordamida emas balki boshqa omillar hisobiga kurash olib borishni talab etadi.

Download 65.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling