35. Marketing muhiti


Download 65.23 Kb.
bet1/38
Sana23.04.2023
Hajmi65.23 Kb.
#1385649
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
marketing javoblari



35.Marketing muhiti.
Marketing muhiti – bu korxonaning tashqarisida xarakatlanadigan sub‘ektlar va kuchlar bo`lib, ular uning maqsadli mijozlariga bo`ladigan munosabatlarini vujudga keltirish va qo`llab – quvvatlashga ta‘sir o`tkazadilar.Korxonaning marketing faoliyatiga murakkab va o`zgaruvchan bo`lgan tashqi muhit omillari ta‘sir qiladi. Tashqi muhit sub‘ektlari – ta‘minotchilar, vositachilar, xaridorlar,raqobatchilar, kontakt(aloqa) auditoriyalari va boshqalar bo`lib, ular korxonaning marketing faoliyatiga yordam berish yoki to`sqinlik qilishda ishtirok etadilar. Tashqi muhit omillari – demografiya, iqtisodiy, tabiiy, ilmiy – texnika, siyosiy – huquqiy va madaniylar bo`lib, ular korxonaning marketing imkoniyatlarini yoki xavf – xatarini vujudga keltiradilar. Korxonalar uzluksiz ravishda tashqi muhit omillarini o`zgarishini doimo kuzatib borishi va shu o`zgarishlarga kerakli bo`lgan javobni topishlari kerak. Bugungi kunda tashqi muhit juda ham tez o`zgarib bormoqda. Oziq – ovqat mollarini sotish hamda harid qilish jarayonini kelgusida qanday o`zgarishini tasavvur qilib ko`raylikchi? Dunyo ekspertlarining fikricha, biz 2025 yillarga borib, oziq – ovqat mollarini harid qilish uchun katta supermarketlarga bormaymiz. Ular o`rnini Internet orqali amalga oshiriladigan elektron buyurtmalar egallab, katta yig`imdagi oziq – ovqatlar uylarga eltib beriladi. Ya‘ni, savdo va etkazib berish bilan shug`ullanadigan korxonalar birlashadilar. Xaridorlar o`zlariga kerakli bo`lgan tovarlarni izlashga vaqt sarflamaydilar. Bu ishlarni ular uchun raqobatchilarni tovarlari narxini taqqoslagan holda maxsus elektron dasturlar amalga oshiradi. Kelgusidagi bunday o`zgarishlar, korxonalar rahbarlari va marketologlarni o`yga solmoqda. Shu sababli ham marketing xizmatlari bunday yangi holatlarni birinchi bo`lib, tadqiq etib, uning chorasini izlab topishi kerak. Birinchidan, ularda zarur axborotlarni yig`ish maxsus uslublarga ega bo`lgan, marketing tadqiqotlari bor. Ikkinchidan esa, ular iste‘molchilarni va raqobatchilarni yaxshi biladilar. Shu sababli, marketologlar tez o`zgarayotgan muhit uchun kerakli bo`lgan marketing.

Download 65.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling