35. Marketing muhiti
Bozor konyunkturasini o‘rganish va bashorat qilish
Download 65.23 Kb.
|
marketing javoblari
72.Bozor konyunkturasini o‘rganish va bashorat qilish.
«Kon‘yunktura» lotincha so’z bo’lib, holat degan ma‘noni anglatadi, u keng ma‘noda ularning o’zaro aloqasidan olingan shartlarning yig’indisi, o’tar sharoit, predmetlarining joylashishidir. Bozor kon‘yunkturasi – bu ma‘lum bir vaqtda, ma‘lum bir hududda talab bilan taklif o’rtasidagi nisbatdir. Marketing sharoitini va bozorni tekshirish iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, tabiiy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlarni tahlil va bashoratni taxmin qiladi. Hozirgi kunda deyarli hamma yirik firmalar xususiy kon‘yunktura xizmatlariga egadirlar, ular o’zining faoliyat doirasida jahon va milliy masshtabda kon‘yunkturani rivojlanishini kuzatishadi. Kon‘yunktura tadqiqotining ikkita ob‘ektiga ko’ra - ya‘ni iqtisodiy kon‘yunktura tushunchasidagi xo’jalik va tovar bozori, ikki mustaqil tarkibiy qismga ajratiladi. 1) umumxo’jalik kon‘yunkturasi 2) tovar bozori kon‘yunkturasi. Umumxo’jalik kon‘yunkturani strukturaviy birlik deb, shunga qaramasdan tovar bozorlarining va ko’plab o’zaro munosabatlar kon‘yunkturasini yig’indisi deb qarash mumkin. Tovar kon‘yunkturasi umumxo’jalik kon‘yunkturasini tashkil etadi, umumxo’jalik kon‘yunkturasi esa tovar bozorlari kon‘yunkturasini keltirib chiqarida. Shuning uchun ham umumxo’jalik kon‘yunkturani uni tashkil etuvchi tovar kon‘yunkturalarini xususiyatlarining arifmetik summasi deb hisoblab bo’lmaydi. Umuman bashoratni aniqlash ma‘lum ob‘ektning bo’lajak holatini, ilmiy asosda obrazini yaratish demakdir. Tovarlar bozori bashoratini aniqlashda quyidagi talablar e‘tiborga olinishi shart: 1.Kelajakda bozor kon‘yunkturasiga ta‘sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda ilmiy asoslangan, ishonchli va tizimli yondashish. 2. Bashoratni aniqlashda bir necha variantlardan foydalanish, ularning natijalari bir xil yoki yaqin bo’lishi. 3.Ishlatilgan uslublarning ilmiy asosi etarli bo’lishi. 4.Xulosalarni aniq va ravon tilda, ayniqsa qaror qabul qiluvchilarga tushunarli ishlanganligi. 5.Bozor kon‘yunkturasi istiqboli o’z vaqtida aniqlanishi va korxona, assotsiatsiya, kompaniya va vazirliklar ishini boshqarishda qo’llaniladi. Bozor kon‘yunkturasini iqtisodiy tenglikka yo’likmaslik, muvozanatiga erishish sharti hisoblanadi. Download 65.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling