35. Marketing muhiti
Marketing taftishni o‘tkazish
Download 65.23 Kb.
|
marketing javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 63.Kommunikatsiya siyosati
113.Marketing taftishni o‘tkazish
Marketing faoliyatini nazorati mahsulotlarni sotish ustidan nazorat qilish, sotish imkoniyatlarini tahlil qilish, tadbirkorlik faoliyatini nazorat qilish, marketing xarajatlarini tahlil qilish, texnik va strategik nazorat va marketing taftishini nazarda tutadi. Foydani nazorat qilishdan maqsad firma nima hisobiga daromad topa etganligini va qaysi o’rinlarda uni yo’qotayotganligini aniqlashdan iborat. Rentabellikni nazorat qilish haqiqiy sotish va ular tendensiyalarini rejalashtirilgan ko’rsatkichlari bilan taqqoslashda hisobga olish yo’li bilan amalga oshiriladi. Marketingni strategik nazorati va tahlili korxona ishlab chiqarish-sotish va ilmiy-texnik faoliyati rivojlanishining asosiy qiyinchiliklari va istiqbolini aniqlash maqsadida asosiy vazifalar, strategiyalarini chamalaydi. Marketing taftishi o’z ichiga makro va mikro marketing muhitini, marketing xizmatlarini faoliyat yuritish samaradorligini tahlilini, hamda marketing siyosati, tovar, narx, reklama siyosatini oladi. 63.Kommunikatsiya siyosati Kommunikatsiya siyosati – bu tovarni bozorga siljitish usullari yig’indisidir. Kommunikatsiyaning asosiy vositalari bo’lib pablik rileyshnz – jamoat bilan aloqa; reklama; sotishni rag’batlantirish; maxsus ko’rgazmalar; shaxsiy sotuv hisoblanadi. Reklama- bir tomonlama ommaviy kommunikatsiyaning to’lovli turi bo’lib, u aniq bir homiydan chiqib, firma faoliyatini bevosita yoki bilvosita qo’llabquvvatlashga xizmat qiladi. Shaxsiy sotuv - bu «o’lchalik» kommunikatsiya yakka ikki tomonlama bo’lib (dialog) maqsadi mijozni to’xtovsiz tarzda harakatga keltirishga undashdan iborat. Bir vaqtning o’zida firma uchun axborot manbai hamdir. Savdoni avj oldirish - shaxsiy reklama va shaxsiy savdoni to’ldiruvchi hamma tovarni sotishni tezlashtirish va ma‘lum kengaytirishga qaratilgan vaqtincha choralarni o’z ichiga oladi. Jamoatchilik bilan aloqa - aniq maqsadga qaratilgan xarajatlar tashkilot va uning turli auditoriyalari orasida, o’zaro bir-birini tushunish va ishonchli ruhiy holat yaratishga xizmat qiladi. Download 65.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling