35. Marketing muhiti
Download 65.23 Kb.
|
marketing javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 55. Tovarning hayotiylik davri
- 57.Sotish kanalining vertikal tuzilishi (sotish kanallari, uning turlari, agentlik).
108.Tovarning xususiyatlari .
Tovarning xususiyatlari (funksional, nafosatli, ergonolik xususiyatlari).Tovarlarga baho berishda uning sifati asosiy o‘rinda turadi. Tovarning sifati – maqsadiga ko‘ra bu iste’molchilarning talabini qondirishi mumkin bo‘lgan foydali xususiyatlarning majmuyidan iboratdir. Marketing nuqtayi nazardan, sifat bu – mahsulotning mijoz talab va istaklarini qondira olish qobilyatidir. Sifat mahsulotning detallarida emas, balki xususiyatidadir. Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar tayyorlash texnologiyasi ,Ishonchlilik va uzoq vaqt davomida ishlatilishi ,Mo‘ljallangan maqsadga mos kelishi ,Tashishga va saqlashga yaroqliligi ,Ekologik xususiyatlari ,Ergonomik xususiyatlari ,Estetik xususiyatlari ,Xavfsizlik ko‘rsatkichlari. 55. Tovarning hayotiylik davri Tovarning hayotiylik davri – tovarning bozorda paydo bo‘lgan davridan boshlab, to uning sotilmay qolishigacha bo‘lgan vaqt oralig‘idir. Tovarning hayotiylik davri konsepsiyasi har qanday tovar qanchalik darajada mukammal bo‘lmasin, bu tovar bozordan ertamikechmi undan ham mukammalroq tovar tomonidan siqib chiqarilishiga asoslanadi. Amaliy faoliyatda tovarning hayotiylik davri diapazoni ancha keng bo‘lib, u bir kunlik tovardan bozorda o‘z o‘rnini uzoq vaqt davomida saqlab qoluvchi tovargacha bo‘lishi mumkin. Tovarning hayotiylik davri konsepsiyasi ilk bor amerikalik marketolog T.Levitt tomonidan 1965–yilda tariflangan edi. Ushbu nazariyaning mohiyati shundan iboratki, tovar o‘ziga xos tirik organizm kabi hayotiylik davrini o‘taydi. Ma’lumki, tirik organizm rivojlanish, keyin tug‘ilish, so‘ngra yetuklik, qarilik bosqichlarini o‘tib, o‘z yashash davrini o‘lim bilan tugatadi. Shunga o‘xshash tovar hayotiylik davri jarayonida ishlab chiqarish, bozorga chiqish, o‘sish, yetuklik va chiqish kabi bosqichlarni o‘taydi Tovarning hayotiylik davri bosqichlari quyidagicha: 1.Kirish; 2.O‘sish; 3.Voyaga yetish; 4.Pasayish. 57.Sotish kanalining vertikal tuzilishi (sotish kanallari, uning turlari, agentlik). Vertikal marketing tizimi (VMT) – yagona tizim sifatida harakatlanuvchi ishlab chiqaruvchi, ulgurji va chakana sotuvchidan iborat. Uning a’zolaridan biri egasi bo‘ladi yoki ularga savdo imtiyozini beradi yoxud ularni to‘liq hamkorlik bilan ta’minlovchi kuchga ega bo‘ladi. VMT kanal muomalasini nazorat qilish va uning o‘z maqsadlarini ko‘zlovchi alohida a’zolari orasidagi nizolarning oldini olish uchun yuzaga kelgan. VMT o‘z miqdoriga ko‘ra tejamli, bozorda katta hukmronlikka ega va kuchlarning takrorlanishini istisno qiladi. Bugungi kunda Rossiyaning yangi tikuvchilik kompaniyalari (masalan, “Gloriya Jins”) o‘zining to‘liq texnologik sikli bilan dizayndan tortib kiyim ishlab chiqarishgacha, ularni xususiy va chakana tarmoqlarda realizatsiya qilgunga qadar o‘zida vertikal integratsiyalashgan xoldingni namoyon qiladi. Korxona rahbarlarining fikricha, bugun faqat ana shunday struktura muvaffaqiyatli rivojlanishga imkon beradi. Buni xorij tajribasi ham tasdiqlaydi: butun jahonda kiyimlarning sanoat kolleksiyasini yaratish jarayoni – bu moda industriyasi turli profildagi korxonalarning: tekstil fabrikalari, dizaynerlik byurolari, tikuv sanoati, tizimli chakana operatorlar, yirik savdo tarmoqlarining kompleks ishlari natijasidir. Agentlik harakat (ish)lari – prinsipial, deb ataladigan bir savdo va tijorat tomonning agenti topshirig‘idan iborat. Sanoat agentlari muayyan joylarda o‘zaro raqobatda bo‘lmagan bir qancha sanoat tovarlarini sotish bilan shug‘ullanadilar. Aksariyat hollarda savdo agentlari kommivoyajerlar, deb yuritiladi. Download 65.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling