35. Marketing muhiti


Marketing asosiy tamoyillarini tavsiflang?


Download 65.23 Kb.
bet2/38
Sana23.04.2023
Hajmi65.23 Kb.
#1385649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
marketing javoblari

53. Marketing asosiy tamoyillarini tavsiflang?
Mikromarketing — korxonalar va tashkilotlar faoliyatini marketing tamoyillariga asoslangan boshqarish tizimi. Makromarketing davlat organlarining bozor sohasida iqtisodiy dastaklar va stimullar tizimi (kredit, soliq, investitsiya, shuningdek, siyosat)dan foydalanadigan faoliyatini, shuningdek, tijorat tashkilotlari faoliyatini o‘z ichiga oladi.Marketing tamoyillari – bu marketing asosining tub mohiyatini ochuvchi asosiy holatlar, talablar majmuasidir. Marketing mohiyatidan kelib chiqqan holda, quyidagi tamoyillar marketing faoliyatida asosiy hisoblanadi.
1. «Iste’molchi - shoh».
2. «lshlab chiqarilgan mahsulotni sotish emas, sotiladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish».
3. «Mahsulot yaratish bilan uning iste’molchisini ham yaratish kerak».
4. «Tovar bozorlariga differensiyalashgan holda yondashish kerak».
5. «Korxona iste’molchining talabini qondirish bilangina o‘z foydasi va obro‘siga ham ega bo‘lishi kerak».
Tamoyillarga yondashuvlar quyidagilardan iborat:
• Iste’molchiga kerak narsani ishlab chiqarish.
• Bozorga tovar va xizmatlar bilan emas, balki iste’molchilar muammolarini hal qiluvchi vositalar bilan chiqish.
• Tovar ishlab chiqarishni iste’molchilarni va talabni o‘rgangandan so‘ng yo‘lga qo‘yish.
• Firmaning ishlab chiqarish – eksport faoliyatini yo‘lga qo‘yishni jadallashtirish.
• Qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun maqsadli dasturli va kompleks yondashuvdan foydalanish.
• Mahsulotning bozor talablariga moslashishi uchun taktika va strategiyani kerakli vaqtda qo‘llash, tovarning iste’molchiga yetib kelgunigacha bo‘lgan jarayonda marketingni samarali qo‘llash.
• Korxona faoliyatini uzoq muddatli samarali kommunikatsiya bilan ta’minlash orqali tovarning bozordagi mavqeyini mustahkamlash.
• Tovar hayotiylik davrining har bir bosqichida ishlab chiqarishning ijtimoiy va iqtisodiy omillarini inobatga olish.
• Korxonalar rejasini bozorga asoslangan holda ishlab chiqish.
• Tarmoqlararo integratsiyani yo‘lga qo‘yish orqali talab va taklifni muvofiqlashtirish.
• Firmaning raqobatbardoshlik ustunliklari va imijini kuchaytirish uchun faol harakat qilish.
Marketing vazifasi iste‘molchilarning tovarni ustun ko‗rishi va raqobatning kuchayishiga qaramasdan talabning mavjud darajasini ushlab qolishga harakat qilish lozim. Bu sharoitida tovar sifatini yanada oshirish, unga xizmat ko‗rsatishni yaxshilash, tovarning iste‘molni qondirish darajasini doimiy nazorat qilish birinchi o‗ringa chiqadi. MARKETINGNING VAZIFALARI: Talabni bir me’yorda qondirish, Talabni shakllantirish, Talabni rivojlantirish, Talabni jonlantirish, Talabni sinxronlashtirish, Talabni tartibga solish. Marketingning bosh vazifasi firmaning potensial imkoniyatlarini miqdoriy jihatdan to‘g‘ri baholab bozordagi talabga taklifni moslashtirishga harakat qilishdir. Bozor faoliyati strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish bo‘yicha marketingning uchta o‘zaro bog‘liq vazifalari mavjud (1986-y. Meffert tomonidan tavsiya qilingan):
• Bozor bilan bog‘liq bo‘lgan talabni tartibga solish vazifalari.
• Firma va korxona faoliyatiga bog‘liq vazifa.
• Tashqi muhit va ijtimoiy tashkilotlar bilan bog‘liq vazifalar

Download 65.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling