35. Marketing muhiti


,68. Talab - extiyojining to‘lov kuvvatiga ega bo‘lgan shaklidir


Download 65.23 Kb.
bet15/38
Sana23.04.2023
Hajmi65.23 Kb.
#1385649
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38
Bog'liq
marketing javoblari

37,68. Talab - extiyojining to‘lov kuvvatiga ega bo‘lgan shaklidir.
Talab – bu xarid quvvatiga ega bo’lgan ehtiyojdir. Aniq to’lov qobiliyatiga ega bo’lgan ehtiyojning tovar ta‘minotini real holatiga asosan, talab qondirilgan va qondirilmagan talabga bo’linadi.
Qondirilgan talab – bu bozorda vujudga kelgan haqiqiy talabning qondirilgan qismi bo’lib, u tovarlarni va xizmatlarni sotib olish natijasida haqiqiy qondiriladi.
Qondirilmagan talab – bu bozorda vujudga kelgan haqiqiy talabning qondirilmagan qismi bo’lib, u bozorda iste‘molchilar uchun zarur bo’lgan tovarlarni yo’qligi va sifati pastligi natijasida yuzaga keladi.Iste‘mol talabi murakkab kategoriya hisoblanib, unga narx va narxga bog’liq bo’lmagan omillar ta‘sir qiladi.Narxga bog’liq bo’lgan omillarga asosan aholining daromadlari va tovarlarga bo’lgan narxlar kiradi.Narxga bog’liq bo’lmagan omillarga esa, bozorning katta – kichikligi (razmeri), bir – biriga o’xshagan tovarlarning narxlari, iste‘molchilarni hohish va istaklari kiradi. Talab hajmini narx darajasiga bog’liqligi, talab va taklif qonuniga asosan aniqlanadi. Uning asosida uchta sabab yotadi:
- Narxning pasayishi xaridorlar sonining oshishiga olib keladi;
- Narxning pasayishi iste‘molchilarni to’lov qobiliyatini kengayishiga olib keladi;
- Bozorning to’ldirilishi esa, qo’shimcha birlikdagi mahsulotlarni foydaliligini pasayishiga sabab bo’ladi. Korxona o’zining tovarlarini sotish imkoniyatlarini baholashni, avvalo bozor talabini tadqiq etishdan boshlaydi.
Bozor talabi – bu ma‘lum guruhdagi xaridorlar tomonidan, ma‘lum hududda, muayyan davrda, ma‘lum marketing dasturiga ega bo’lgan savdo korxonalari tomonidan sotib olinadigan, ma‘lum miqdordagi tovarlar hajmi bilan ifodalanadi. Bozor talabi natural, qiymat ko’rsatkichlarida yoki nisbiy miqdorlarda ifodalanishi mumkin. Bozor talabini jami ichki bozor va uning alohida segmentlari bo’yicha aniqlash mumkin.
44.Marketing elementlari tarkibi
Marketing tizimida qo’yilgan maqsadga erishish uchun xaridorlar va boshqa sub‘ektlarga ta‘sir etish uchun marketing vositalari, ya‘ni marketing usullari yig’indisi, uslublari zarurdir. SHunday vositalardan marketing-miks, marketing kompleksi bo’lib hisoblanadi. Bularni marketing nazariyasiga 1964 yilda birinchi bo’lib Garvard universiteti biznes maktabi professori Neyl Borden kiritgan. Marketologlar tayyorlash tizimida marketing kompleksi 4 «P» deb nomlanib, Djeremi Makkarti tomonidan 1960 yilda bu model taklif etilgan. Ushbu modelda marketingning to’rtta asosiy elementlari ajratib ko’rsatilgan:
tovar (product), narx (price), joy (place), siljitish (promotion). Marketing faoliyatida ehtiyoj va muhtojlikni ayirboshlash orqali qondirish jarayonida albatta inson ishtirok etadi. SHuning uchun yuqorida ko’rsatib o’tilgan marketing elementlari tarkibiga 5 «P» ham kiritilib, u kishilar (people) ekanligi alohida takidlab o’tilgandir. Marketing tizimi 5 “P ” Insonlar (kishilar), Tovarlar, mahsulotlar,Narx,Tovarni bozorda joylashishi, Siljitish. 1968 yilda F.Kotler marketing-miks elementlari tarkibiga pablik-rileyshnz (public relations) va siyosatni (politics) qo’shib, oldingi 4 «P» ni 6 ―P‖ ga kengaytirib ko’rsatdi. 4 ―P‖ modelini qo‗llanishini cheklanganligiga qaramasdan, marketing nazariyasini shakllanishi va amaliyotini rivojlanishida ilg’or rol o’ynaydi. Marketing kompleksi – bozorga ta‘sir etish choralari va amaliy vositalar yig’indisi sifatida bozor holatiga firmani moslashuvidir. YAxshi marketing kompleksi firmani bozorda yaxshi pozitsiyani egallashga olib keladi.
Klassik marketing kompleksi 4 ta elementni o’z ichiga oladi va 4P modeli nomi bilan yuradi.
1.tovar (product);
2.narx (price);
3.sotish yoki tovar harakati (place);
4.siljitish yoki kommunikatsiyalar (promotion)



Download 65.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling