35. Marketing muhiti
Bozor segmentatsiyasi turlari (makrosegmentlash, makrosegmentlash)
Download 65.23 Kb.
|
marketing javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 43.Marketing dasturi-korxona biznes rejasining asosi (marketing dasturi haqida tushuncha, marketing dasturini ishlab chiqish tarkibi, marketing dasturining asosiy bulimlari).
86.Bozor segmentatsiyasi turlari (makrosegmentlash, makrosegmentlash).
Bozorni segmentlash marketing konsepsiyasining xususiyatlaridan biri bo’lib, xaridor tomonidan tovarlarning u yoki bu turini tanlash jarayonini tahlil qilish bozor segmentining ko’pligini ajratishga imkon beradi. Bozorni segmentlarga bo’lishni o’tkazish xaridorlarning tovarga talablari va xaridorlar tavsiflari to’g’risidagi eng muvofiq bilimlarni talab qiladi. Quyida bozorni segmentlash turlari o’z ifodasini topgan. Makrosegmentlash bozorlarni hududlar, mamlakatlar bo’yicha ularning sanoatlashuviga qarab bo’lishni ko’zda tutadi. Mikrosegmentlash esa, bir mamlakat iste‘molchilarini yanada batafsilroq mezonlar bo’yicha guruhlarga bo’ladi.Ichkarida segmentlashda segmentlash jarayoni keng iste‘molchi guruhlari bilan boshlab, keyin tovar yoki xizmatlarni oxirgi iste‘molchilari klassifikatsiyasiga bog’liqligiga qarab bosqichma-bosqich chuqurlashadi. Chuqurda segmentlash tor iste‘molchi guruhlari (segmentlari) bilan boshlanib, keyin tovarni ishlatish va qo’llanish sohasidan bog’liqligiga qarab kengaytirishni nazarda tutadi. Avvaldan segmentlash maksimal bozor segmentini o’rganishga mo’ljallangan marketing tadqiqotining boshlang’ich bosqichidir. Yakuniy segmentlash – bozor muhiti sharoitlari va firmaning o’z imkoniyatlarini tartibga solib o’tkazishdagi bozor tahlilini yakunlovchi bosqichidir. U iste‘molchilar talabiga va firma imkoniyatiga javob beruvchi segmentga tovarlarni pozitsiyalashtirish maqsadida bozorni optimal segmentini qidirish bilan bog’liq. Iste‘molchilar turiga ko’ra, iste‘mol talabdagi tovarlari iste‘molchilarni segmentlash va ishlab chiqarish, texnik maqsadidagi tovar iste‘molchilari bo’yicha farq qiladi. Tegishli mahsulot ishlab chiqaruvchilar nazarga ilmagan segment bozor darchasi deb ataladi. Bozor darchasi xech ham mahsulot tanqisligini bildirmaydi. Bozor uyachasi shunday bozor segmentiki, uning uchun ushbu firma tovarlari va ularni etkazib berish imkoniyatlari eng qulay va munosibdir. 43.Marketing dasturi-korxona biznes rejasining asosi (marketing dasturi haqida tushuncha, marketing dasturini ishlab chiqish tarkibi, marketing dasturining asosiy bulimlari). Marketing dasturi (biznes reja) tor ma‘noda korxonaning bozorda aniq faoliyat ko’rsatish tamoyilini ifodalaydi. Marketing dasturi keng ma‘noda esa korxona imkoniyatlarini bozor talablariga moslashtirishga yo’naltirilgan tahlil, rejalashtirish va nazorat qilish jarayoni deb qaraladi. Marketing dasturlari qisqa muddatli (bir yilgacha), o’rta muddatli (5 yilgacha) va uzoq muddatli (10 yilgacha va undan ko‗proq) bo’ladi. Marketing dasturi bu korxonani umumxo’jalik faoliyatini direktiv rejasini tuzish uchun strategik tavsiyanomadir va yuqori boshqarish bo’g’ini uchun qaror qabul qilishni asosidir. Marketing dasturining asosiy mazmuni - bu korxonani o’tgan davrdagi faoliyat natijalari bo’lib, unda maqsadli bozorni rivojlanishini qisqa tahlili va bashorati, firmani rivojlanishini asosiy maqsadi, bozordagi xulq-atvorini strategik yo’li, tovar, narx, sotish va rag’batlantirish siyosatlarining chora-tadbirlarini, marketing tadqiqotlarini mazmuni. Firma turli marketing dasturlarini ishlab chiqadi, yo’nalishiga qarab marketing dasturi yuqori va pastki bo’g’in uchun bo’lishi mumkin. Agar dastur yuqori bo’g’in uchun bo’lsa, u qisqa va lo’nda tuzilgan bo’lishi lozim. Chunki unda muhim tomonlari ajratib ko’rsatiladi pastki bo’g’in uchun tuzilgan dasturlarda esa har bir savollar yoritilib beriladi. Muddatiga qarab marketing dasturlari qisqa, o’rta va uzoq muddatli turlarga bo’linadi. Ayrim firmalar esa ikki yoqlama dastur tuzadilar, ya‘ni uzoq muddatli va qisqa muddatli dasturlar.Qamrab olayoigan vazifasiga qarab oddiy yoki maqsadli dasturlarga bo’linadi. Oddiy marketing dasturlari firmani ishlab chiqarish, sotish faoliyati bilan barcha funksiyalarni savollarini echishga yo’naltiriladi. Maqsadli dasturda esa yangi mahsulot ishlab chiqarish yoki segmentni o’zlashtirish, firma siyosatini rag’batlantirish samaradorligini oshirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirishga qaratiladi. Ob‘ektga bog’ligiga qarab marketing dasturlari mahsulotlar boyicha va ishlab chiqarish bo’limi bo’yicha bo’lishi mumkin. Ishlab chiqarish bo’limi bo’yicha marketing dasturi quyidagi maqsadlarga yo’naltirilgan bo’ladi: * tovarlar siyosatini hisobga olgan holda chiqarilayotgan mahsulotni zaruriy nomenklaturasini aniqlash; * innovatsiya bo’yicha qarorni asoslash; * chiqarilayotgan mahsulot sifati va texnik darajasini oshirish bo’yicha qaror qabul qilish; * tovar ishlab chiqarishning tuzilishida har bir mahsulot ulushini o’rnatish; * ishlab chiqarishni ustuvor yo’nalishlari bo’yicha xarajatlarni umumiy hajmi va ularning tuzilishini hisoblash; * moliyalashtirish manbalarini topish; * ishlab chiqarishni moddiy va mehnat resurslari bilan ta‘minlash Download 65.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling