35. Marketing muhiti


Marketingda strategik rejalashtirish (strategik rejalashtirish tushunchasi, maqsadi, moxiyati, vazifalari, asosiy tamoyillari)


Download 65.23 Kb.
bet24/38
Sana23.04.2023
Hajmi65.23 Kb.
#1385649
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38
Bog'liq
marketing javoblari

Marketingda strategik rejalashtirish (strategik rejalashtirish tushunchasi, maqsadi, moxiyati, vazifalari, asosiy tamoyillari).
Strategik rejalashtirish - bu korxonani istiqbolda ko’rish, korxonaning iqtisodiyotda, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o’rni, rolini bilish va yangi darajaga erishish yo’llari, vositalarini ishlab chiqishdir. Strategik rejalashtirishda aniq hisoblangan ko’rsatkichlar bo’lmaydi, balki turli bashoratlar asosida mo’ljallar, kelgusiga nazar tashlashdan iboratdir.
F.Kotler firmaning strategik rejalashtirish haqida bunday deb yozadi: «Firmaning maqsadlari, uning marketing sohasidagi imkoniyatlari orasidagi strategik muvofiqlikni boshqaruv jarayonidir. Strategik rejalashtirish firmaning aniq ifodalangan dasturiy baenotiga, yordamchi maqsadlar va vazifalarni mo’ljallashiga, sog’lom xo’jalik portfeli va o’sish strategiyasiga tayanadi. Korxona dasturi o’z ichiga korxonaning bugungi holati haqida, uning mijozlari, mijozlar uchun qadrli bo’lgan tomonlari, korxona istiqboli haqida ma‘lumotlarni oladi. Korxonaning asosiy maqsadi foyda olish bo’lsa,unga erishish uchun foyda keltiradigan tovarlarni sotishni ko’paytirish, ular hissasini oshirish lozim. Bunday tovarlar sotilishini ko’paytirish esa,tovar manbalarini topishni, ular ichidagi eng samaralisini tanlashni talab etadi. Bulardan o’z navbatida qator vazifalar kelib chiqadi. Bu vazifalar marketing vazifalari bo’lib, marketing strategiyasini ishlab chiqishni talab etadi. Korxona xo’jaligini rivojlantirish rejasi strategik rejalashtirishning muhim bosqichi hisoblanadi. Bunda xo’jalik faoliyatining bosh yo’nalishlari tahlili amalga oshiriladi va ayrim tovarlarning rentabelligi aniqlanadi. Korxonani o’sish strategiyasi o’z ichiga korxonaning kelgusida yana qanday tovarlarni sotishni o’zlashtirishi, qaysi mahsulotlar bozoriga e‘tiborni kuchaytirishini, kuch sarflashini oladi. Korxonani o’sish strategiyasini uch bosqichdagi tahlil asosida ishlab chiqish mumkin. Birinchi bosqichda hozirgi faoliyat doirasidagi foydalanishi mumkin bo’lgan imkoniyatlari aniqlanadi. Bunda o’sishga jadallashtirish omili orqali erishiladi; tovar yoki bozorning mavjud holatida imkoniyatlarni topish va o’sishga intilish o’rin egallaydi. Imkoniyatlari turlicha bo’lishi mumkin. Ikkinchi bosqichda korxona tarmoq doirasida boshqa korxonalar bilan hamkorlikda (integratsiya) ishlashi mumkin. Bunda shu tarmoq doirasida taqsimot tizimi qattiq nazorat qilinadi. Bunda raqobatchi firmalar ustidan doimiy nazorat olib boriladi. Uchinchi, eng muhim harakat bosqichi - strategiyani tanlash hisoblanadi. Bunda firmaning turli faoliyatlari bo’yicha istiqbolini qiyoslash, tanlangan strategiyani amalga oshirishda turli faoliyat yo’nalishlari bo’yicha resurslarni taqsimlash asosiy o’rin egallaydi.

Download 65.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling