35. Marketing muhiti


Marketing nazorati turlari


Download 65.23 Kb.
bet32/38
Sana23.04.2023
Hajmi65.23 Kb.
#1385649
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38
Bog'liq
marketing javoblari

Marketing nazorati turlari
Marketing nazorati uch xil shaklda olib boriladi: strategik, yillik va rentabellikni tekshirib borishdan iborat. Strategik nazorat - ma‘lum davr mobaynida korxona marketing faoliyatini har tomonlama taftish qilib, uning bozordagi haqiqiy holatiga mos kelish-kelmasligini aniqlashdir. Yillik rejani nazoratda sotish hajmi, bozordagi ulushi, iste‘molchilarning tovarlarga bo‗lgan munosabati va boshqalar tahlil qilinadi. Korxonaning foyda va zararlari balansi orqali va foydaning xarajatlariga solishtirish yo’li bilan uning rentabelligini nazorat qilinadi. Marketing nazoratining maqsadlari quyidagilardan iborat--maqsadga erishish darajasini belgilash,-yaxshilanish imkoniyatini aniqlash,-korxona moslashuvchanligini talab qilingan atrof-muhit o’zgarishlarigaqanchalik mos kelishini aniqlash,
Marketingni nazorati uch turi farqlanadi:
1. Yillik rejani bajarilishini nazorat qilish;
2. Strategik nazorat
3. Foydadorlikni nazorat qilish;
Marketingni nazorat qilish jarayoni 5 ta asosiy bosqichni o’z ichiga oladi:
1.Nazorat qilishga mo’ljallangan reja ko’rsatkichlarini asoslash;
2.Faoliyatning haqiqiy ko’rsatkichlari natijalarini o’lchash;
3.Faoliyatni reja va haqiqiy ko’rsatkichlari natijalarini solishtirish
4.Reja ko’rsatkichlaridan haqiqiy ko’rsatkich farqi tahlili
5.Yangi rejalar ishlab chiqish, korrektirovkalash.
Marketing nazoratining asosiy vazifalari:
*Marketing bo‘limi faoliyat natijalarini nazorat qilish
*Marketing nuqtai nazaridan aralash bulinmalar faoliyat natijalarini nazorat qilish
*Taksimlash tizimida faoliyat natijalarini nazorat qilish
*Tashqi muhit omillari nazorati
*Firmada marketing potentsiali tavsiflari nazorati
*Marketing-miks samaradorligini nazorat qilish.
Yangi tovarlar uchun narx strategiyasi(“ qaymog’ini olish” narx strategiyasi,”yorib kirish” narx strategiyasi)
Narx strategiyasi – narxni belgilash va ozgarishi boyicha chora – tadbirlaridir. Narx siyosati korxonaning bozordagi umumiy siyosatining ajralmas qismi hisoblanadi.“Siyosat” so‘zining ma’nosi mumkin bo‘lgan san’at, deyiladi. Bu tarif narx siyosatining tarifiga ham to‘g‘ri keladi. Narxni shakllantirish, bu san’at chunki u yuqori aniqsizlik davrida amalga oshiriladi. Korxonaning narx siyosati – bu maksimal darajada narx shakllanishi sohasidagi imkoniyatlardan foydalanishga, salohiyatni xaridor uchun bo‘lgan raqobatda yutishga va o‘z maqsadlariga erishish uchun narxni ko‘tarishga qaratiladi. Narx siyosati narx strategiyasi orqali amalga oshiriladi. Narx siyosati taktik-operativ aksiyalarni, ma’lumot tizimini (yig‘ish, tahlil qilish vositalari), tashkiliy qarorlar (tartib va jarayon jihatlar) ni o‘z ichiga oladi.
Taktik — operativ aksiyalar o‘z ichiga quyidagilarni oladi: qisqa muddatli pog‘onalarni shakllantirish, narxlar tarkibi, narxlar differensiatsiyasi, narxlar variatsiyasi, narx chizig‘i siyosati, narxlarni yo‘naltirish. Taktik – operativ aksiyalarning qo‘llanilishi korxonaning strategik maqsadlari bilan mos kelishi lozim, u bozorda o‘z mavqeyini egallash uchun qilinadi. Shuning uchun narx siyosati strategik baza (narx strategiyasi) ga muhtojlik sezadi.
Hozirgi kunda “narx menejmenti” narx siyosatiga sinonim bo‘lib hisoblanadi. Bunday o‘zgarishlarning asosiy sababi bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: narxlar differensiatsiyasi kuchaydi, buni narx diskriminatsiyasi yoki mahsulot differensiatsiyasi bilan izohlash mumkin.

Download 65.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling