35. Marketing muhiti


Narx va unga ta’sir etuvchi omillar


Download 65.23 Kb.
bet29/38
Sana23.04.2023
Hajmi65.23 Kb.
#1385649
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38
Bog'liq
marketing javoblari

Narx va unga ta’sir etuvchi omillar
Narx belgilashning 3 ta usuli mavjud:
1. Firmaning ichki manfaatlariga kuchli yo‗naltirilganligini namoyon etib, sarf – xarajatlar asosida narx belgilash.
2. Raqobatchilarning narxiga qarab narx belgilash.
3. Marketingga yo‗naltirilgan narx belgilash usuli. Bunda muayyan bozorda iste‘molchi uchun qimmatli bo‗lgan xususiyatlari va marketing strategiyasi hisobga olinib narx belgilanadi.
Sarf xarajatlarga asosan narx belgilashning 2 ta usuli mavjud:
1. Tannarx asosida narx belgilash
2. To’la xarajatlar asosida narx belgilash
Tannarx(ishchi kuchi, materiallar, yoqilg’i, energiyaga ketadigan xarajatlar, amortizatsiya, sug’urta, ustama xarajatlar, boshqaruvga ketadigan xarajatlar hisoblab chiqiladi.) Narxni chegaraviy xarajatlar bo’yicha belgilash usulini qo’llash bilan firma mahsulotning qo’shimcha hajmi birligini bu mahsulotni ishlab chiqarishning alohida qiymatiga sotadi, bu holda xarajatlarning faqat bir qismi koplanadi, foyda amalga oshmaydi. Narx belgilashning bu strategiyasi agar firma ishni to’xtatish xavfi ostida qolgan va foydalanadigan ishchi kuchini saqlab qolishni hohlagan sharoitlarda naf keltirishi mumkin.
Savdo siyosati
Marketingning eng muhim va ajralmas tarkibiy qismi mahsulotni sotish(taqsimlash, tovar harakati, mahsulotni iste‘molchigacha etkazish) hisoblanadi. Bu jarayonda tashkiliy nuqtai nazardan eng murakkab vazifa - ishlab chiqarilgan mahsulotni iste‘molchiga etkazish hal etiladi. Sotish siyosati iste‘mol tovarlarini etkazib berishning ehtimol tutilgan varintlari tahlili va uning mahsulot taqsimotining hamma shahobchalarida eng yuksak xo‗jalik samarasiga erishishini ta‘minlaydigan maqbul variantni ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Yarim tanlangan taqsimot yo’li marketing bo’yicha qolgan jami boshqa echimlarga ta‘sir ko’rsatadi - narxlar, transport tashkilotlari bilan shartnoma tuzish, reklama xizmati, o’z savdo nuqtalarini ochish va hokazolar shu jumlaga kiradi. Shu sababli rahbariyat taqsimot yo’lini tanlashga bugungina emas, balki ertangi tijorat muhitini ham ko’zlab ish tutishi zarur. Sotish siyosatining vazifalari: Taqsimlash kanallarini boshqarish, taqsimlash kanalini shakllantirish,taqsimlash kanalini nazorat qilish, tovarlarni fizik joylashtirishni boshqarish, Omborga joylashtirish va tashishni rejalashtirish tovarlarni joylashuvini tashkil etish va nazorat qilish.

Download 65.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling