35. Marketing muhiti


Xaridorlar xulk –atvoriga ta’sir etuvchi omillar tavsifi


Download 65.23 Kb.
bet28/38
Sana23.04.2023
Hajmi65.23 Kb.
#1385649
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38
Bog'liq
marketing javoblari

Xaridorlar xulk –atvoriga ta’sir etuvchi omillar tavsifi.
Bozorda xaridorlarning ma‘lum bir tovarga bo’lgan talablari xilma-xildir, har bir xaridorning o’zining didi bor. Xaridorning talabi, hohishi, ehtiyoji, turmush tarzi, tovar sotib olishdagi xulq-atvori haqidagi ma‘lumotlar samarali marketing tadbirlari ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Aholining ham sotib olish imkoniyatlari har xildir. Shuningdek, bu hududiy bo’linmalar yerning holatiga qarab ham bir necha guruhlarga bo’linishi mumkin. Marketingni boshqarishda alohida e‘tibor berilayotgan segmentasiya belgisi -bu xaridorni sotib olishdagi xulq-atvoridagi belgilari hisoblanadi. Respublikamizda olib borilayotgan marketing faoliyatlarida aholi asosan 5 guruhga bo’linadi:
* maktab yoshigacha;
* maktab yoshida;
* 18-30 yoshgacha;
* 30-50 yoshgacha;
* 50 yosh va undan kattalar.
Bu bo’linish respublikamiz aholisini ilmiy-psihologik xususiyatlaridan kelib chiqadi. Iste‘mol buyumlariga bo’lgan ehtiyojlarni shakllanishida mamlakatdagi oilalarni katta-kichikligi muhim ahamiyatga ega. Xulq-atvor tamoyili orqali xarid qilishga yo’l, foydalanuvchi maqomi, iste‘mol jadalligi, bog’lanib qolish darajasi, tovar haqida ma‘lumot berish, tovarga bo’lgan munosabati hisobga olinadi.
Marketingni boshqarish jarayonining asosiy bosqichlari.
Marketingni boshqarish tizimining tarkibiy qismlari: maqsad va tamoyillari, vazifalari, tashkiliy tuzilishi, usullari, boshqarishning texnika va texnologiyasi, kadrlar va boshqalardan iborat. Marketingni boshqarishning maqsadi tizimning to’g’ri va murakkabligi darajasiga qarab o’zgaradi. Uning tashkiliy tuzilishini mezoni va maqsadi deganda marketingning tarkibiy tuzilishining dinamik barqarorligi, evolyusiya o’zgarishlari va tashqi muhit bilan o’zaro ta‘siri tushuniladi. Bu maqsad marketing faoliyat ko’rsatayotgan sohalarda belgilangan darajadagi foyda olishga yo’naltirilgan barcha faoliyatni boshqarishdir. Marketingni boshqarish jarayoni 4 ta bosqichdan iborat:
* bozor imkoniyalarini tahlili;
* maqsadli bozorni tanlash;
* marketing kompleksini ishlab chiqish;
* marketing chora-tadbirlarini hayotga tatbiq etish.
Bozor imkoniyatlari tahlilida marketing tadqiqotlari marketing axboroti, marketing muhiti, bozor tuzilishi, ulgurji va chakana savdo tahlili olib boriladi. Marketing kompleksini ishlab chiqishda esa, tovar ishlab chiqarish, tovarga narx o’rnatish, tovarlarni tarqatish va sotish usullari, kommunikativ siyosati ustida ishlar olib boriladi. Keyingi bosqichda marketing chora – tadbirlarini amalga oshirishda strategic va taktik rejalashtirish, marketing faoliyatini nazorat qilish, korxonaning tashkiliy tuzilishi kabilar to’liq yoritib beriladi.

Download 65.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling