35. Marketing muhiti


Reklama va uning mohiyati


Download 65.23 Kb.
bet30/38
Sana23.04.2023
Hajmi65.23 Kb.
#1385649
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38
Bog'liq
marketing javoblari

Reklama va uning mohiyati
Reklama- bir tomonlama ommaviy kommunikatsiyaning to’lovli turi bo’lib, u aniq bir homiydan chiqib, firma faoliyatini bevosita yoki bilvosita qo’llabquvvatlashga xizmat qiladi. Kommunikatsiyaning asosiy shakli bu reklamadir. Reklama agentligi - bu reklama beruvchilar uchun ixtisoslashtirilgan xizmat turlarini taklif etuvchi vositadir. Boshqacha qilib aytganda, reklama agentligi bu ijodiy xodimlar va tijoratchilardan iborat, mustaqil korxonadir. U o’z tovari uchun xaridor qidirayotgan buyurtmachilarga reklama tayyorlaydi va uni reklama vositalarida joylashtiradi. Reklama vositalari-ommaviy axborot (televizor, radio, ro’znoma, jurnal), qaysiki reklama murojaatlarini keng tinglovchilar ommasiga etkazuvchi reklama mutaxassislaridir. Jurnal, ro’znomalar, televidenie va radiostansiyalar o’zlarining noreklama mazmuniga kerakli tinglovchilarni jalb qiladi, reklama beruvchilar esa ularga murojaat etish imkoniyatiga ega bo’ladi. Boshqa reklama vositalari esa ma‘lum darajadagi kishilarni o’ziga jalb etish maqsadida reklama murojaatlariga (to’g’ri aloqa reklamasi, maketlar, jamoat transportidagi turli yozuvlar, savdo binolarini reklama jihatidan bezash) tayanadilar.
Reklama- bu ommani xabardor qilish usulidir. Iste‘molchilar bilan yaqin aloqa o’rnatishda ommaviy axborot vositalari unga yordam qiladi. Savdo reklamasining o’ziga xos xususiyati xaridorni chorlash va chiqarishdan iborat. SHu bilan birga, savdo reklamasi aholi salomatligi yo’lida tovarlarning ayrim turlarini iste‘mol qilishni ko’paytirish maqsadida ularga ta‘sir o’tkazish vositasidir.
Tovarlarni tarqatish shakllari
Marketing kompleksini ishlab chiqishda esa, tovar ishlab chiqarish, tovarga narx o’rnatish, tovarlarni tarqatish va sotish usullari, kommunikativ siyosati ustida ishlar olib boriladi. Marketingning eng muhim va ajralmas tarkibiy qismi mahsulotni sotish(taqsimlash, tovar harakati, mahsulotni iste‘molchigacha etkazish) hisoblanadi. Bu jarayonda tashkiliy nuqtai nazardan eng murakkab vazifa - ishlab chiqarilgan mahsulotni iste‘molchiga etkazish hal etiladi. Sotish siyosati iste‘mol tovarlarini etkazib berishning ehtimol tutilgan varintlari tahlili va uning mahsulot taqsimotining hamma shahobchalarida eng yuksak xo’jalik samarasiga erishishini ta‘minlaydigan maqbul variantni ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Yarim tanlangan taqsimot yo’li marketing bo’yicha qolgan jami boshqa echimlarga ta‘sir ko’rsatadi - narxlar, transport tashkilotlari bilan shartnoma tuzish, reklama xizmati, o’z savdo nuqtalarini ochish va hokazolar shu jumlaga kiradi. Shu sababli rahbariyat taqsimot yo’lini tanlashga bugungina emas, balki ertangi tijorat muhitini ham ko’zlab ish tutishi zarur.

Download 65.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling