35. Marketing muhiti
Marketingda tovar siyosati
Download 65.23 Kb.
|
marketing javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- REKLAMA FAOLIYATINI REJALASHTIRISH BOSHQICHLARI.
Marketingda tovar siyosati.
Tovar – bu xaridor fikrini jalb etish, xarid qilish, foydalanish maqsadida bozorga sotish uchun chiqarilgan iste’molni, ehtiyojni yoki talabni qondiruvchi barcha buyum va xizmatlardir. Ehtiyoj – insonning nimanidir yetishmasligini his qilish tuyg‘usi. Ehtiyoj fiziologik (oziq-ovqat, kiyim-kechak, salomatlik, uy-joyga), xavfsizlikka, munosabat hurmat va o‘zini ko‘rsatishga nisbatan bo‘lishi mumkin. Tovarni yaratuvchi yoki ishlab chiqaruvchi g‘oyadagi tovardan iste’molchi nimani xarid qiladi degan savolga javob berishi uchun Amerikaning taniqli olimi, marketolog F.Kotlerning tasnifiga ko‘ra tovarning uch darajasini o‘rganib quyidagi xulosalarni qilish mumkin: 1. Tovarni yaratish g‘oyadan boshlanadi. Bu g‘oyada yaratiladigan tovar (xaridor tasavvuridagi tovarlar) iste’molchining qanday muammosini hal qilishi va undan qanday asosiy foyda olinishi o‘z aksini topadi. 2. Tovarning texnik tasnifi, dizayni, narxi, o‘rab joylanishi, sifati, markasi qanday bo‘lishi, ya’ni real bajarilishi (real tovarlar)ni o‘ylab ko‘rish zarur hisoblanadi. 3. Tovarni sotish, yetkazib berish va o‘rnatish, sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatish, kafolatlar, kreditlash, rag‘batlantirish, ya’ni tovarni qo‘llab-quvvatlovchi omillar (qo‘shimcha xizmatlar bilan sotiladigan tovarlar ) haqida ham o‘ylash kerak bo‘ladi. Tovar yaratishdagi yana bir muhim qoida shundan iboratki, tovarning «o‘rta statistik» iste’molchilarga emas, balki potensial iste’molchilarga mo‘ljallab loyihalashtirilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. REKLAMA FAOLIYATINI REJALASHTIRISH BOSHQICHLARI. Reklama faoliyatini rejalashtirishIqtisodi rivojlangan mamlakatlar tajribasiga ko‘ra reklama sohasida asosiy qarorlarni birinchi bosqichda shakllantirish zarurligini ko‘rsatadi. Quyida ushbu qarorlarning konsepsiyasi keltirilgan: 1. Vazifalarning qo‘yilishi maqsadli bozor, marketing strategiyasi haqidagi avval qabul qilingan qarorlardan kelib chiqadi. 2. Firma o‘z reklamasi vazifalarini belgilab turib, har bir alohida to varga budjetni ishlab chiqadi. Reklamaning o‘rni ularning talabini ko‘tarishdan iborat. 3. Budjet belgilangandan so‘ng tadbirkor reklamani tashkil qilish va tarqatish vositalari haqida qaror ishlab chiqadi. 4. Reklama tadbirlarini o‘tkazishni narxlash uning kommunikativ va savdo samaradorligini o‘lchash uchun amalga oshiriladi. Reklama faoliyatini tashkil qilish jarayonlarida bir necha bosqichlar mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat.Birinchi bosqichda reklama tadbirkorlik faoliyati obyektlari va Tovar haqida faol va bo‘lajak xaridorlarga xabar berish zarur bo‘lgan axborotlar aniqlanadi.Ikkinchi bosqichda reklama subyekti, ya’ni iste’molchilar va xaridorlar guruhi yoki xarid haqidagi qarorga ta’sir qiluvchi shaxslar aniqlanadi, reklama e’lonlari ularga murojaat qiladi.Uchinchi bosqich – bu reklama sabablari, ya’ni xaridorlarni tovarga e’tiborini jalb qilish uchun urg‘u beriladigan narsa.To‘rtinchi bosqich – bu reklama vositalari turini tanlash, ya’ni nisbatan eng ma’qulini tanlash. Download 65.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling