35. Marketing muhiti


Kommunikatsiya siyosatining moxiyati, mazmuni, maqsadi, marketing kommunikatsiyasi kompleksi


Download 65.23 Kb.
bet31/38
Sana23.04.2023
Hajmi65.23 Kb.
#1385649
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38
Bog'liq
marketing javoblari

Kommunikatsiya siyosatining moxiyati, mazmuni, maqsadi, marketing kommunikatsiyasi kompleksi.
Marketing kommunikatsiyalari deganda bozorda xo’jalik yurituvchi sub‘ekt oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarish maqsadida belgilangan bozor segmentlari bilan, shuningdek, muloqot doiralari bilan kommunikatsiyalarni ta‘minlashga imkon beradigan texnologiya (fan, vositalar) tushuniladi. Aynan turli marketing kommunikatsiyalarining integratsion jarayonlari kommunikativ jarayonlarni boshqarishning turli vositalari va tamoyillarini sintez qiladigan ochiq joriy (shuningdek, istiqboldagi) resurslardan maksimal iqtisodiy va ijtimoiy foyda olishga qaratilgan xo’jalik yurituvchi sub‘ekt faoliyati to’laqonli tizimi sifatida integratsiyalashgan marketing kommunikatsiyalari shakllantiradi. Kommunikatsiya faoliyatining asosiy vazifalari marketing strategiyasini amalga oshirish maqsadida korxonaning barcha bo’g’inlari samaraliroq ishlashi va texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshirish hisoblanadi. Kommunikatsiya siyosati – bu tovarni bozorga siljitish usullari yig’indisidir. Kommunikatsiyaning asosiy vositalari bo’lib pablik rileyshnz – jamoat bilan aloqa; reklama; sotishni rag‗batlantirish; maxsus ko’rgazmalar; shaxsiy sotuv hisoblanadi. Kommunikatsiya raqobat kurashida muvaffaqiyat omili bo’lib hisoblanadi. Korxona o’z firmasining yaxshi imijini yaratish uchun ko’plab kommunikativ jarayonlar bilan o’zaro kelishishga majburdir. Korxona tovar bilan raqobatlashib kommunikativ raqobatga chuqurroq, ya‘ni bozorni muhimroq maqsadli segmenti va xaridorlari e‘tiborini erishishga kurashib jalb etiladi.
Ulgurji savdo tushunchasi
Savdo vositachilari - ulgurji va chakana savdogarlardir. Tarmoq marketingi uchun tovar ishlab chiqaruvchi va sotuvchi o’rtasida ulgurji savdo firmalari yo’qligi xarakterli – tovarning butun harakati yangi ustama narxlar yuzaga keltirmagan holda tarqatuvchilar tarmog’ida ro’y beradi. Ulgurji savdo umumlashgan vositachi hisoblanadi va ko’pchilik vazifalarni bajaradi. Ulgurji savdodan sanoat korxonalari, tijorat firmalari va davlat muassasalari ulgurjisiga tovar sotib olishlari mumkin. Ulgurji savdo ahamiyati quyidagichadir:
chakana savdoga ishlab chiqarish firmalarning tor assortimentini kengaytirib taklif etadi;
katta hajmda tovar sotib olib, muomala xarajatlarini kamaytiradi;
yuqori malakali tovarshunos va marketologlar bilan tovarlar bozorini chuqur o’rganadi;
tovarlarni saqlaydi va kerakli tovar zahiralarini shakllantiradi;
ishlab chiqaruvchilar va chakana savdo o’rtasida mustahkam aloqa bog’laydi, ularga moliyaviy yordamlashadi va boshqalar.

Ulgurjisiga faoliyat ko’rsatish tovar ishlab chiqaruvchilar, tijoratchi firmalar, agent va brokerlar orqali amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi korxonalar ulgurji savdo faoliyatini maxsus bo’lim yoki firmalar tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Ulgurji savdo bilan shug’ullanuvchi maxsus tijorat firmalari - ulgurji savdo bazalari, omborlari va tovar birjalari shaklida, xususiy, aksiyadorlik, qo’shma va davlat mulkiga asoslangan bo’lishi mumkin. Ulgurji savdo bazasi mustaqil faoliyat ko’rsatuvchi, maxsus ombor xo’jaligiga va malakali xodimlarga ega bo’lgan firma mavqeida ishlaydi. U Tovar assortimentlarini qabul qilish, saqlash va iste‘molchilarga etkazib berish jarayonini tashkil etadi. Ulgurji savdoni tashkil etishda tovarlar bazalari orqali yoki ularning topshirig‗i bilan ishlab chiqarishdan to’g’ridan – to’g’ri iste‘molchi firmaga (transit usuli) etkazib berilishi mumkin. Ammo ulgurji savdo bazalarining tovar harakatini va sotilishini tashkil qilishdagi ahamiyati beqiyosdir.



Download 65.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling