35. Marketing muhiti


Marketingda narx va uning turlari


Download 65.23 Kb.
bet27/38
Sana23.04.2023
Hajmi65.23 Kb.
#1385649
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38
Bog'liq
marketing javoblari

Marketingda narx va uning turlari
Narx nazariy jihatdan olganda tovar qiymatining puldagi ifodasi, qiymatining bozordagi ko’rinishidir. Narx bamisoli barometr kabi bozor holatini ko’rsatib turadi, narx pasayib ketsa, tovar bozori kasodlikka yo’likkan bo’ladi, tovar nafsiz bo’lib, uni boshqa tovar bilan almashtirish yoki uning sifatini tubdan yaxshilash zarurligi pul tarkibiga qo’yiladi. beshta asosiy funksiyani bajaradi:
1. bozor muvozanatini ta‘minlash funksiyasi;
2. hisob-kitob, ulchov funksiyasi;
3. iqtisodiy regulyator funksiyasi;
4. raqobat vositasi funksiyasi;
5. ijtimoiy himoya funksiyasi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning quyidagi turlari mavjud: demping narx, nufuzli narx, milliy narx, arzonlashtirilgan narx, jahon narxi, yashirin narx, erkin narx, standart narx, kontrakt (ulgurji) narx, chakana narx, o’zgaruvchan narx, limit narx, muvozanat narx. Bozor narxining asosiy xususiyatlari ularning doimo o’zgarib turish qobiliyatidir. Narxlar hech qachon sababsiz o’zgarmaydi. Yuqori narxlar esa yuqori sifatli, yangi iste‘mol qobiliyatiga ega bo’lgan tovarlarga o’rnatiladi. Narx darajasiga tovarning raqobatbardoshligi va bozordagi o’rni bog’liqdir. Narx belgilash maqsadlari: bozor ulushini ko’paytirish, qisqa vaqt ichida eng ko’p foyda olish, yuqori foyda normasini uzoq muddat saqlab qolishdan iborat. Narxlar tovarni yangilik ko’ra quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
1. ―Qaymog’ini olish‖ strategiyasi
2. Bozorga yorib kirish
3. ―Psixologik‖ narx – sotuvchilar tomonidan narxni qabul qilish psixologiyasidan kelib chiqadi(narx yaxlit summadan kichikroq)
4. Bozorda yoki tarmoqda lider orqasidan boruvchi narx – bosh raqibga nisbatan narx o‗rnatiladi.
5. Ishlab chiqarish holatlarini qoplash xarajatlari
6. Tebranib turuvchi narx
7. Uzoq muddatli narx
8. Egiluvchan narx
9. Ustunlik narx – bozorda 70 – 80 % ulushni egallagan korxona qo‗yadigan narx.
10. Kelishilgan narx
11. Tashqi savdo oborotini ta‘minlovchi narx.
Oxirgi narxga quyidagi omillar ta‘sir etadi:
1. Tovar iste‘molchilari
2. Davlat tomonidan tartibga solish
3. Tovar harakati kanallari qatnashchilari
4. Raqobat.

Download 65.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling