35. Marketing muhiti
Bozorni bashoratlash uslublari (ekspert baholash, ekstrapolyatsiya, mantikiy modellashtirish, iktisodiy-matematik modellashtirish, tarkibli bashoratlash)
Download 65.23 Kb.
|
marketing javoblari
Bozorni bashoratlash uslublari (ekspert baholash, ekstrapolyatsiya, mantikiy modellashtirish, iktisodiy-matematik modellashtirish, tarkibli bashoratlash).
Ayrim tovar bozor kon‘yunkturasini o’rganishdan maqsad to’g’ri bashorat qilish va o’zgarishlarning oldindan aytib berishdan iboratdir. Umuman bashorat - bu ob‘ekt ahvolining kelajagi haqida, fikrlari va rejalarini ruyobga chiqarish yo’llari va muddatlaridir. Bashorat insonning o’rganish va amaliy faoliyatida yo’llangan ob‘ekti bo’lib, jarayonlar, ko’rinishlar, hodisalar bo’lishi mumkin. Bashorat qilish bu- ob‘ektning kelajagini tahlil qilish va bu kelajakni qanday bo’lishini ko’ra bilishdir. Bashorat qilish har doim ishning rejalashdan oldingi bosqichi hisoblanadi, marketing dasturi va rejasining asosiy variantlaridan biri hisoblanadi, chunki bashorat qilishning maqsadi - bilimimizning darajasiga to’g’ri keladigan va bashoratga kiritilishi asosida mumkin bo’lgan holatlarning rivojlanishini kengroq bo‗lishi mumkin bo’lgan muqobil yo’llarini berishdir. Bu holatda qaror qabul qilish bashorat variantlarining ko‗proq bo‗lishi mumkin bo‗lgan asoslangan tanlov hisoblanadi. Bashorat qilish- ilmiy analitik ajralmas bosqichdir. Ishlab chiqarilgan bashoratlar asosida qarorlarni qabul qilish ham qaror hisoblanadi. Hozirgi vaqtda iqtisodiy bashorat qilish 1-1,5 eng ko‗pi 2 yildir, o‗rta muddatli 5 yilgacha, uzoq muddatli 5 yildan ortiq va 15-20 gacha. Qisqa muddatli bashorat qilish bu har doimgi kon‘yunktura bashoratidir, u har kungi amaliyotning boshqaruvchisi hisoblanadi, uzoq muddatli bashorat qilish umumiy tendensiyalarini aniqlaydi, iqtisodiy programmalarni tuzishda asos hisoblanadi va u kelajak kon‘yunkturani aniqlash uchun muhimdir. Bozor kon‘yunkturasini bashorat qilish uslublarini 4 ta katta sinfga bo‗lishimiz mumkin. 1. Faktografik uslublar. Bu bashorat qilishning shunday uslubiki, unda o‗tgan davrda bo‗lib o‗tgan haqiqiy omillardan axborotli asos sifatida foydalaniladi. Bu ma‘lumotlar miqdor va sifat xarakteriga egadir. Bozor kon‘yunkturasini bashorat qilishning faktografik uslublari o‗z navbatida 3 turga bo‗linadi. Birinchi turi ekstropolyasiya va interpolyasiya uslublari yig‗indisidan iborat bo‗lib, bu turdagi modellar uchun chiziqli funksiyalarni tuzishda boshlang‗ich axborotdan foydalanish xarakterlidir. Ikkinchi turi statistik uslublar bo‗lib, ular ikki va undan ortiq o’zgaruvchan bashorat qilish ob‘ektlarining o’zaro aloqalarini tadqiq qilishda qo‗llaniladi. Uchinchi turi mazkur ob‘ektlarning kelgusidagi rivojlanishini shunga o’xshash ob‘ektlarning rivojlanish qonuniyatlari bo’yicha tadqiq qilishga asoslanadi. 2. Ekspert uslublar u yoki bu sohadagi mutaxassis-ekspertlarning fikr va mulohazalarini qayta ishlashga asoslanadi. Bashorat qilishning ekspert baholash uslubi intuitiv va analitik uslubni o’z ichiga oladi. Intuitiv uslublarga ekspertlarni jalb qilishga, amalda bashorat qilish ob‘ektini rivojlantirish jarayonlarini aniqlash hamda shaxsiy eruditsiya va tuygu vositasida kelgusidagi o’zgarishni baholashga asoslangan uslublar kiradi. Analitik uslublarga bashorat qilish ob‘ektini tadqiq qilish jarayoni modelini mantiqan tahlil qilishga asoslangan usullari kiradi. 3. Ekstropolyasiya uslubi. Ekstropolyasiya uslublari bozor kon‘yunkturasining turli ko’rsatkichlari va xususiyatlarini bashorat qilishda qo’llaniladi. Ekstropolyasiya formalar yoki jarayonlarning kelgusidagi holati qonunlari, nazariyalari hamda tajribasini keng yoyishni takozo qiladi, ya‘ni bu holda ekstropolyasiya bashorat qilish amalga oshirilayotgan ob‘ektning ilgarigi rivojlantirish tendensiyalariga tayanadi. 4. Ekonometrik modellar. Ekonometrik modellar iqtisodiy jarayonlar paramerlarining stoxastiklarini nazarda tutgan holda bozor kon‘yunkturasining turli ko’rsatkichlari o’rtasidagi o’zaro aloqalar va proporsiyalarni miqdoriy bayon qiladigan regression va balans tenglamalari tuzish orqali ifodalanadi. Download 65.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling