35. Marketing muhiti
Download 65.23 Kb.
|
marketing javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 93.Marketing strategiyasi (marketing strategiyasi haqida tushuncha, korxonaning asosiy maqsadi, xolatli taxlil, SWOT taxlili).
73.Raqobat usullari.
Raqobat intensivlik darajasi bo’yicha, ehtiyojlarni qondirish shakli bo’yicha, xarajatlar yo’nalishi bo’yicha va ta‘sir qilish usullari bo’yicha klassifikatsiyalanadi. Raqobat klassifikatsiyasi: - Intensivlik darajasi bo’yicha: 1.Jalb etuvchi raqobat – raqobat sub‘ekti mazkur segmentda oldingi segmentdagiga nisbatan ko’proq foyda oladi; 2.Chegaralangan raqobat - mazkur raqobat tovar bozorida raqobatni ushlab turadi; 3.Shafqatsiz raqobat - raqobat nisbatan intensiv ,raqobatchilar bir-birini bozordan siqib chiqarishga ,ulushini tortib olishga harakat qiladi. - Ehtiyojlarni qondirish shakli bo’yicha: 1.Funksional raqobat –bu raqobatning shunday turiki turli xil tovarlar o’zaro bir-bir bilan raqobatlashadi. Bu tovar ayni o’sha ehtiyojni qondirishga yo’naltirilgan bo’ladi. Masalan: mineral suv ishlab chiqarish o’rtasida raqobat gazli suv ishlab chiqarish, kvas ishlab chiqarish, sok ishlab chiqarish va boshqalar. Bu turli xil maxsulotlar bitta va o’sha ehtiyojni qondiradi, ya‘ni chanqoqni qondiradi. 2.Tur raqobat – mazmuniga ko’ra funksional raqobatga yaqin turadi.Tur raqobat bitta maqsadga yo’naltirilgan lekin bir-biri bilan uncha katta farqga ega bo’lmagan o’xshash tovarlar ishlab chiqarish ishlari o’rtasidagi raqobatdir. O’ynashi mumkin. Masalan: tur raqobat analogik avtomobillar ishlab chiqarish ishlarini keltirish mumkin. Bunda dvigatel quvvati bo’yicha farqlanadi. Tur raqobat barcha firmalar faoliyatida amaliyotda ko’p uchraydi. 3. Predmet raqobati – bu raqobatda bir-xil tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi faqat sifati bilan farqlanuvchi raqobat turi hisoblanadi. Bu farq umuman bo’lmasligi mumkin yoki minimal bo’lishi mumkin. Raqobatning ushbu turi qoidaga ko’ra raqobatning strategiyasini ishlab chiqarishga e‘tiborini qaratadi. Predmet raqobati juda qattiq bo’lishi mumkin. 93.Marketing strategiyasi (marketing strategiyasi haqida tushuncha, korxonaning asosiy maqsadi, xolatli taxlil, SWOT taxlili). Marketing strategiyasi - maqsadga erishish uchun qanday harakat qilish kerak? - degan savolga javob izlaydi. Strategik rejalashtirish korxonaning mahsulot ishlab chiqarish, iste‘molchilar, baho, reklama, sotish va boshqa faoliyatiga asosiy yo’nalish aniqlaydi, har bir bo’limi maqsadini belgilaydi va ular ishini muvofiqlashtiradi.Marketing strategiyasi zaminida quyidagi besh talab (prinsip) mavjud, ular korxonalar faoliyatida hisobga olinishi mumkin: 1. Bozor bir xil emas, u o’ziga xos segmentlardan iborat. 2. Korxona bozorda bir yoki bir nechta segment talablarini nazarda tutishi mumkin. Ammo har doim tanlangan bozor segmentlarini o’ziga jalb etishda, ko’proq muvaffaqiyat qozonishni o’ylash lozim. 3. Firma bozorda mustaqil yoki boshqa korxonalar bilan hamkorlikda faoliyat ko’rsatishi mumkin. 4. Marketing vositasini tanlashda, ko’proq bir-biriga mos va o’zaro vazifalari bilan bir-birini to’lg’izib turuvchilarni ishga solishni ko’zda tutish kerak. Masalan, tovar upakovka(o’rama)si bilan narx, tovar harakati bilan sotish joyini, iste‘molchilar bilan aloqalarni reklamaga qo’shib ishlatilishi tavsiya etiladi. 5. Korxonaning bozorga chiqishida iqtisodiy holatni har tomonlama hisobga olish talab etiladi. Masalan, umumiy va savdo kon‘yukturasining holatini, raqobatchilar bilan tutgan o’rni va boshqalar. Marketing strategiyasini ishlab chiqishda eng muhim muammo, korxonani foyda olishga yo’naltirish hisoblanadi. Uning echimini topishda jahon tajribasida quyidagi yondashishlar mavjud.«Porterning umumiy strategik modeli»da korxona barcha imkoniyatlarini bozordagi bir segmentga qaratadi, tovar ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish evaziga mahsulotga past baho belgilab iste‘molchilarni ko’proq jalb etadi va sotish hajmini oshiradi. Boshqa holatda esa, raqobatchilar yo’q bozorni yangi tovar assortimenti bilan egallab oladi. M.Porter 3 xil asosiy raqobatli strategiyalarni ajratib ko’rsatgan: 1. Xarajatlar bo’yicha ustunlik. Bunda tovarga raqibga nisbatan pastroq narx qoyish hisobiga yuqori bozor ulushini egallash maqsadida xarajatlarni minimallashtirishga mo’ljal oladi. 2. Differensiatsiya – raqiblar taklifi oldida ustunlikka ega bo’lgan mahsulot ishlab chiqarishga va marketing dasturiga mo’ljallanadi. Differensiatsiyaning 4 ta yo’nalishi mavjud: - tovar differensiatsiyasi; - servisli differensiatsiya; - xodimlar differensiatsiyasi; - imij differensiatsiyasi. 3.Fokuslash(konsentratsiya) – butun bozorga emas, balki maxsus bozor segmentiga noyob savdo taklifi ishlab chiqish yo’li bilan mo’ljalni olishdir. SWOT tahlil – marketing tahlilining oddiy va keng tarqalgan turlaridan biri hisoblanadi. SWOT tahlil quyidagicha tavsiflanadi: - S (STRENGTHS) – firmaning kuchli tomoni; - W (WEAKNESSES) – firmaning kuchsiz tomoni; - O (OPPORTUNITIES) – imkoniyatlari; - T (THREATS) – tazyiqlar. Birinchi ikkita omil kompaniyaga nisbatan ichki, qolgan ikkita – tashqi hisoblanadi. Download 65.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling