Ekologik ekspertizaning har qanday turi uning ob’ektlarini qo’llash va ularni amalga oshirish mumkinligi xaqidagi xulosani berish bilan yakunlanadi.
Umuman olganda, ekologik ekspertizalash jaraѐni 5 ta boskich-ni uziga qamrab oladi:
1) ekspertizani belgilash;
2) axborotlarni to’plash, umumlashtirish va baholash;
3) dastlabki xulosani shakllantirish va u bilan jamoatchilikni tanishtirish;
4) ekspertiza xulosasini taqdim qilish va yuqori vakolatli organlar tomonidan tasdiqlash;
5) nizolarni hal kilish.
Ekologik ekspertiza tugrisidagi qonun xujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik quyidagi xolatlarda yuzaga keladi;
— ekspertlar uz ishlariga sovuqqonlik bilan qarashlari va noto’g’ri xulosa berishlari. Bunday xolatlarda ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 15-moddasiga binoan mansabdor shaxslarga ma’muriy javobgarlik sanktsiyalari qo’llanilishi mumkin. Agarda ushbu xarakat ѐki xarakatsizliklar ijtimoiy havfli oqibatlarga olib kelsa, u holda Jinoyat kodeksining V bo’limida keltirilgan sanktsiyalar asosida xukukbuzarlar javobgarlikka tortilishlari mumkin;
kelsa, u holda Jinoyat kodeksining V bo’limida keltirilgan sanktsiyalar asosida xukukbuzarlar javobgarlikka tortilishlari mumkin;
— ekologik ekspertiza xulosa talablariga rioya etmagan korxona rahbarlari va fuqarolar Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning maxsus 96-moddasiga binoan javobgarlikka tortiladilar. Agarda bu xulosalarni inkor etish ijtimoiy xavfli xarakat ѐki xarakatsizliklar bilan bogliq bulsa, Jinoyat kodeksining IV bo’limiga asosan javobgarlikka tortilishlari mumkin;
— ekologik ekspertiza xulosasini o’zgartirishga majbur etish va (ѐki) o’zgartirmoqchi bulgan huquqbuzarliklar holati bo’yicha javobgar sub’ekt bo’lib mansabdor shaxslar chiqadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |