35-variant Boshlang`ich sinf matematikаsidа dаrs turlаri Boshlang’ich sinfda matеmatikadan fakul`tativ darslar Boshlang’ich sinfda matеmatikadan dаftаr bilаn


Download 133.66 Kb.
bet5/8
Sana08.01.2022
Hajmi133.66 Kb.
#250592
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SHARIFOVA DILDORA 208

6. Muammoli dars – muammoli dars. Muammoli vaziyatni hosil qilib dars o`tishni nazarda tutadi. Tuzilishi: 1. Muammoli vaziyat hosil qilish. 2. Qo`yilgan muammoni hal qilish. 3. Yangi bilimlarni tadbiq qilishga doir maxsus mashqlar bajarish. 4. Bajarilgan ishlarga yakun yasash. Ammo, bu rеja o`zgarishi mumkin. Muammoning xaraktеriga qarab, to`la yoki qimsman bajarilishi yoki uning ayrim punktlari birlashtirilishi mumkin. Misol «42:3 ko`rinishdagi jadvaldan tashqari bo`lish» ni o`rganish. 1. Muammoli vaziyat hosil qilish. Siz, 46 ni 2 ga bo`la olasizmi? Buning uchun 46=40+6 almashtiramiz. Endi 42:3 ni qaraylik, buni yuqoridagi usul bilan ishlab bo`lmaydi. (muammo). 2. Muammoni hal qilish. Buning uchun 42 ni 3 ga bo`linadigan 10 likka ajratimiz va qolgan birliklarga bo`lamiz. 42:3=(30+12):3=30:3+12:3=10+4=14 (og`zaki). 3. Yangi bilimlarni amalda qo`llash. 72:6, 52:4, 34:2. 4. Yakunlash. O`quvchilar bo`linuvchini qulay qo`shiluvchilar yig`indisi bilan almashtirish kеrak dеgan xulosaga kеlishadi. Ular shunday tanlanadiki, ulardan biri bo`luvchiga qoldiqsiz bo`linadigan sondagi 10 liklardan iborat bo`ladi. Uyga vazifa. Uy vazifasining mazmuni bir tomondan darsda o’rganilgan yangi materialni mustahkamlashga qaratilgan bo’lsa, ikkinchi tomondan keyingi darsga tayyorlashga qaratilmog’i kerak.
II Boshlang’ich sinflarda matematikadan fakultativ dars namunalari

Fakultativ darslar 1968 yil kiritilgan. Boshlang‘ich sinflarga 2 soatdan berilgan. Shundan 1 soatini matematikaga berilgan.

Fakultativ darslarda darslikdagi o‘quv materialini takrorlamaydigan, lekin uni mustahkamlashga xizmat qiladigan o‘quv materiallar o‘rganiladi. Fakultativ mashg‘ulotlar-XTV tomonidan tasdiqlangan, o‘quv rejada ajratilgan soatlar bo‘yicha olib boriladi. Bu soat maktab ixtiyoridagi komponentlarga ko‘ra o‘quvchilar qiziqishiga qarab taqsimlanadi.

1-sinfda- choraklar bo‘yicha va III-choragini Matematikaga beriladi.

2-sinfda-yarim yillik bo‘yicha: Ona tili va Matematikaga.

3-4-sinflarda yillik: yoki ona tiliga yoki Matematikaga beriladi.

Fakultativ mashg‘ulotlarga jurnalda alohida sahifa ajratiladi va baholanmaydi, o‘quvchilar qiziqishiga ko‘ra rag‘batlantiriladi.

Fakultativ mashg‘ulotlarga 1-sinfda-32 soat hamda 2-3-4-sinflarda esa- 34 soat ajratiladi.

Fakultativ mashg‘ulotlar mazmuni quyidagicha tashkil etiladi:

1. Sharq mutafakkirlari merosini o‘rganish.

2. Ularning asarlarida uchraydigan ayrim boshlang‘ich sinflarga xos bo‘lgan matematik xossalar, qoidalar o‘rganiladi.

3. Murakkab masalalar.

4. Didaktik (krossvord, rebus, kvadratlar) topshiriqlar.

5. Mantiqiy (hazil, qiziqarli) masalalar. Bitta darsda ikkitasi o‘tkaziladi.



Masalan: IV sinfda matematikadan fakultativ mashg`ulotlarda quyidagi xossalardan foydalanish mumkin.


  1. Sharq mutafakkirlari merosini o‘rganish-ensiklopediyadan olinadi va 10 minut ajratiladi.





Download 133.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling