35-variant Boshlang`ich sinf matematikаsidа dаrs turlаri Boshlang’ich sinfda matеmatikadan fakul`tativ darslar Boshlang’ich sinfda matеmatikadan dаftаr bilаn


Dаrslik vа o`qitishning tаrbiyaviy vаzifаsi


Download 133.66 Kb.
bet8/8
Sana08.01.2022
Hajmi133.66 Kb.
#250592
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SHARIFOVA DILDORA 208

5. Dаrslik vа o`qitishning tаrbiyaviy vаzifаsi

O’qituvchi doimo o’z oldiga “Darslikdagi o’quv materiali o’quvchiga qanday tarbiyani beradi?” degan savolni qo’yishi kerak. Darslikda berilgan ko’pchilik mazmun va matnli masalalr faqat ta’lim maqsadlarini hal qilishi kerak, degan fikr mutlaqo noto’g’ri. Chunki mazmun va mashqlar ko’pgina tarbiyaviy ishlarni ham amalga oshiradi. Masalan, kishilarning turmush va mehnatlari, xalq xo’jaligi rejalari, ularni amalga oshirishga intilish, tadbirkorlikning mohiyati, mehnat unumdorligi, xom ashyo, narx, savdo, vaqtni tejash, texnika va boshqalar to’g’risida ma’lumotlar beradi.

Darslikda tavsiya qilingan har xil turdagi mashqlar boshlang’ich sinfda matematika o’qitish orqali amalga oshiriladigan tarbiyaviy masalalrning bajarilishi uchun imkon yaratadi.

Mashqlar tizimi shunday tuzilganki, bu orqali o’quvchilar bilimini kuzatish, taqqoslash orqali kuzatiladigan faktlarning farqli tomonlarini aniqlaydi, xulosalar chiqaradi. Darslik maxsus yo’nalishdagi vazifalarni himoya qilishi lozim. Masalan, “quyidagi masalalar qaysi tomonlari bilan o’xshash va qaysi tomonlari bilan farq qilishini ayting”

O’qitish samaradorligi ana shu imkoniyatlarni hisoibga olish orqali amalga oshiriladi. Bunda ko’p sondagi mashqlar turli xil ifodalarni taqqoslash bilan bog’liqdir. Masalan, amal komponentlari va amal natijalari orasidagi bog’lanishni aniqlash uchun tuzilgan jadvallar orqali bu komponentlarning o’zgarish sabablarini bilib oladilar.

Tarbiyaviy masalalarni hal qilish uchun darslikda illyustrativ materiallar ko’rsatilgan. Ular o’quvchilarning konkret va abstract fikrlashining rivojlanishiga yordam beradi. Predmet ko’rgazmasidan shertli ravishdagi ko’rgazmaga (sxema, chizms) o’tish har xil shakldagi matematik munosabatlarni modellashtirish bilan o’quvchilarni tanishtirish ta’minlanadi.



O’quvchilarda bilimlarini shakllantirishda ularning kitob ustida mustaqil ishlashi kata ahamiyatga ega. Darslik bu bilimlarni o’zlashtirishda keng imkoniyatlar ochib beradigan birdan bir manbadir.
Download 133.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling