2-rasm. ”Samuel Jackson” firmasi namlagichi
bu yerda: 1-namlash agenti generatori; 2-havo o‘tkazish trubasi;
3-shaxta; 4- havo o‘tkazish trubasi.
Namlagichda issiq nam havo generator (1) da tayyorlanib (2) havo o‘tkazish trubasi orqali shaxtadan tushayotgan paxta orasidan so‘rilib (4) havo so‘rish trubasi orqali chiqib ketadi.
Lekin ushbu uskunada vaqt qisqa bo‘lganligi sababli namlash foizi kam.
Tolani namlash bo‘yicha juda ko‘p tavsiyalar bo‘lgan. Ularda asosan presslashdan oldin, tola tozalagich va tola uzatish trubasi o‘rtasida, kondensordan keyin, oldin mayda dispers xolatidagi namlik bilan namlash usullari taklif etilgan.
Xozirgi davrda ” Samuel Jackson” kompaniyasining tolani namlashning “Super Grid” modeli keng tarqalgan |20|.
Namlash jarayoni kondensordan keyin 6-8 metrli tarnovda issiq va nam havo yordamida tola qatlamiga purkash orqali amalga oshadi. Namlash 1.0-1.2 %ga boradi.
3-rasm. “Super Grid” kompaniyasining tola namlash uskunasini sxemasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |