1-rasm. ta’minlagichda paxtani namlash usuli
bu yerda: 1-tirqish; 2-arrali baraban; 3-cho‘tkali baraban.
Suv bug‘i arrali slindr yuzasida harakatlanayotgan paxtaga tirqish orqali purkaladi. Bunda bug‘ va paxta o‘rtasida issiqlik namlik almashuvi hisobiga namlanish bo‘ladi. Lekin bug‘ ta’siri qisqa bo‘lganligi uchun namlash samaradorligi yaxshi bo‘lmagan.
Paxtani suv purkash hisobiga namlab, so‘ngra 5-20 min. Maxsus bunkerda ushlab turib so‘ngra jinlashga berilgan variantda xam etarli samara olinmadi.
AQSHda “Murrey”, “Fayber Rayt Syuprim” namlikni avtomatik rostlovchi sxemani ishlab chiqdi unda paxta namligi quritish uskunasida va maxsus namlagichda rostlanishi va boshqarilishi amalga oshirildi. “Kontinental Mos Gordin“ firmasi xam o‘zini jinlashdan oldin namlash uchun sistema ishlab chiqdi.
Ishlab chiqarilgan namlagichlardan ko‘plari amaliyotga tadbiq etilgan “Samuel Jackson“ firmasini ishlanmasi bo‘lib 2-rasmda keltirilgan. |19|.
Do'stlaringiz bilan baham: |