4- rasm. Tolani namlash uskunasi. (Steamroller II)
bu yerda: 1-namlash seksiyasi; 2-kondensor; 3-press tarnovi; 4- tola qatlami; 5-to‘rli slindr; 6- zichlash barabanlari.
Uskunada ichi bo‘sh yuzasida to‘rli tishchalar bo‘lgan slindrda xarakatlanayotgan tola qatlamiga bug‘ beriladi. Bug‘ vali namlash bilan bir qatorda tolani zichlaydi, kamchiligi slindrni to‘rli yuzasiga nam kondensatsiya bo‘lishi hisobiga tola va iflosliklar yopishib qoladi. Namlash jarayoni kondensor va press tarnovi o‘rtasiga maxsus seksiyada amalga oshadi. Issiq nam havo tola qatlami aylanayotgan to‘rli slindrdagi tola qatlami orqali o‘tib uni namlaydi. So‘ngra tola qatlami valiklar yordamida zichlanadi va press tarnoviga uzatiladi. Kamchiligi to‘rli baraban yuzasida namlik kondensatsiya bo‘lishi sababli tola va iflosliklar yopishib qoladi. 5- rasmda Xitoyda keng tarqalgan AQSHning “Handon Golden Lion LTD” kompaniyasi va XXR ning tadqiqot markaz Jengjou Zhengzhoui, tomonidan birgalikda ishlab chiqarilgan polkali namlash uskunasi ko‘rsatilgan [2].
5-rasm. Kondensordan keyin o‘rnatiladigan polkali tola namlash uskunasi
bu yerda: 1,2,3- namlash seksiyalari; 4- qizigan polka ;
5- qizimagan polka ; 6- namlash agenti.
Namlash kameralari (3) seksiyadan yuqori (1) o‘rta (2) va past (3) dan iborat. Tola yuqori seksiya (1) ga tushib (4) va (5) kameralar bo‘yicha xarakatlanishi davomida issiq va nam havo bilan purkaladi. So‘ngra tola pastki seksiyaga tushadi. Tolaga namlikni kondensatsiya polkalardagi temperaturani xar hilligi hisobiga amalga oshadi. YUqori seksiyada yuqoriroq, pastki seksiyada esa pastroq temperatura bo‘ladi. Uskuna 1.5% gacha namlik samaradorligiga 4t/soat ish unumdorligini beradi.
Adabiyotlar.
1. Patent SSHA № 4 103 397, klass 19-66 Lint slide grid humidifier/ Samuel G. Jackson o publ. 1-avgusta 1978g.
2. Patent SSHA № 6 202,258, klass 19-66. Apparatus and related method for applying moisture to cotton during a ginning operation /William E. Winn , 20- marta 2001g.
Do'stlaringiz bilan baham: |