36. Аxбoрoт тизимига таъриф беринг ва мисолда ифодалаб кўрсатинг


Download 29.83 Kb.
Sana29.05.2020
Hajmi29.83 Kb.
#111532

36. Аxбoрoт тизимига таъриф беринг ва мисолда ифодалаб кўрсатинг

Informatikada «tizim» tushunchasi ko’prok texnik vositalar, asosan, kompyuterlar va murakkab ob'ektlarni boshqarishga nisbatan ishlatiladi. «Tizim» tushunchasiga «axborot» so’zining qo’shilishi uning belgilangan funktsiyasini va yaratilish maqsadini anik aks ettiradi.

Axborot tizimi — belgilangan maqsadga erishish yulida axborotni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo’llaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning o’zaro bog’langan majmuasidir.

Axborot tizimlari jamiyat paydo bo’lgan paytdan boshlab mavjud bo’lgan, chunki rivojlanishining turli bosqichida jamiyat uz boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari — moddiy va nomoddiy ne'matlarni ishlab chiqarish bilan bog’liq jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun xayotiy muhim axamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari tezkor takomillashadi. Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish xam murakkablashadiki, o’z navbatida, u axborot tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirishni rag’batlantiradi. Shu sababli, avvalo, boshqaruv tizimi nima ekanligini bilib olaylik.

Kibernetik yondashuvga muvofiq boshqaruv tizimi boshqaruv ob'ekti (masalan, korxonalar, tashkilotlar va xokazo) va boshqaruv sub'ekti, boshqaruv apparati yig’indisini o’zida namoyon etadi. Boshqaruv apparati deganda maqsadlarni shakllantiruvchi, rejalarni ishlab chiquvchi, qabo`l kilingan qarorlarga talablarni moslashtiruvchi, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qiluvchi xodimlar tushuniladi. Boshqaruv ob'ekti vazifasiga esa boshqaruv apparati ishlab chiqqan rejalarni bajarish kiradi, ya'ni boshqaruv tizimining o’zi aynan mana shu ishlarni amalga oshirish uchun to’zilgandir.

Boshqaruv tizimining ikkala komponenti to’g’ri (T) va aks (A) aloqalar bilan bog’langan. TuKri aloqa boshqaruv apparatidan boshqaruv ob'ektiga yunaltiriladigan axborot oqimida ifodalanadi. Aks aloqa teskari yunalishda yuboriluvchi qabo`l kilingan qarorlarning bajarilishi haqidagi xisobot axboroti oqimida uz aksini topadi.

Axborot oqimlari (T va A), qayta ishlash vositalari, ma'lumotlarni uzatish va saqlash, shuningdek, ma'lumotlarni qayta ishlash bo’yicha operatsiyalarni bajaruvchi boshqaruv apparati xodimlarining o’zaro aloqasi ob'ektning axborot tizimini tashkil etadi.

Axborot tizimlari nafakat axborotni qayta ishlash va saqlash, yozuv-chizuv ishlarini avtomatlashtirish, balki qarorlarni qabo`l qilish (sun'iy intellekt usullari, ekspert tizimlari va xokazolar), zamonaviy telekommunikatsiya vositalari (elektron pochta, telekonferentsiyalar), yalpi va lokal xisoblash tarmoqlari va boshqaruvning yangi uslublaridan foydalanish xisobiga boshqaruv ob'ekti faoliyati samaradorligini oshiradi va shu maqsadda keng qo’llaniladi.

Tashkiliy boshqaruvda axborot tizimlari — shaxslar funk­tsiyalarini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan. Bu sinf­ga xam sanoat (korxonalar), xam nosanoat ob'ektlari (bank, birja, suKo’rta kompaniyalari, mexmonxonalar va xokazolar) va ayrim ofislar (ofis tizimlari)ni boshqarishning axborot tizimlari kiradi.

Texnologik jarayonlarni boshqarishda axborot tizimi turli texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan (moslashuvchan ishlab chiqarish jarayonlari, metallurgiya, energetika va xokazolar).

Dastlabki axborot tizimlari 50-yillarda paydo bo`ldi. Bu yillarda ular maosh xisob-kitoblarini qayta ishlash uchun mo’ljallangan bo’lib, elektromexanik buxgalterlik xisoblash mashinalarida amalga oshirilgan. Bu kog’oz xujjatlarni tayyorlashda mexnat va vaqtni bir qadar kiskartirishga olib kelgan.

60-yillarda axborot tizimlariga munosabat butunlay o’zgardi. Bu tizimlardan olingan axborot davriy xisobot uchun ko’pgina parametrlar bo’yicha qo’llana boshlandi. Buning uchun tashkilotlarga ko’pgina funktsiyalarga ega bo’lgan EHM lar talab etila boshlandi.

70—80-yillarda axborot tizimlari qarorlarni qo’llab-quvvatlovchi va tezlashtiruvchi jarayonga ega bo’lgan nazorat boshqaruvi vositalari sifatida keng foydalanila boshlandi.

80-yillar oxiridan boshlab, axborot tizimlaridan foydalanish kontseptsiyasi yanada o’zgarib bormokda. Ular axborotning strategik manbai bo’lib qolmoqda va istalgan soxada tashkil etishning barcha darajalarida foydalanilmokda. Bu davrning axborot tizimlari axborotni o’z vaqtida berib, tashkilot faoliyatida muvaffakiyatga erishishga yordam bermoqda.

Istalgan vazifalardagi axborot tizimi ishini ta'minlovchi jarayonlarni umumiy xolda quyidagicha tasavvur etish mumkin:

tashki yoki ichki manbalardan axborotni kiritish; 


kiritilgan axborotni qayta ishlash va uni qulay ko’rinishda takdim etish; 


iste'molchiga axborotni uzatish 


teskari aloqa, ya'ni kiritilayotgan axborotni tuzatish uchun foydalanuvchilar tomonidan qayta ishlangan axborot bilan ta'minlash. 

Axborot tizimining apparat va dasturiy qisimlari 

Axborotlarni chiqarish 

Axborotlarni qayta ishlash 

Axborotlarni kiritish 

Tashkilot xodimlari yoki boshqa axborot tizimi 

Teskari boglanish 

Qo’llash soxasidan qat’iy nazar, axborot tizimlarining samarali faoliyat ko’rsatishi bir qator ta'minotlar bilan bog’liqdir. Ularni dasturiy, texnik, xuquqiy, axborot, tashkiliy, matematik va lingvistik ta'minotlarga ajratilishi qabo`l kilingan. Axborot ta'minoti—axborot tizimlarida ma'lumotlar omborini yaratish, xujjatlashtirishning bir xil tartibga keltirilgan tizimlarini ichiga olgan axborotni kodlashtirish, joylashtirish va tashkil qilish bo’yicha uslublar va vositalar yig’indisidir.

Kabo`l kilinadigan boshqaruv qarorlarining ishonchliligi va sifati ko’p jixatdan ishlab chiqilgan axborot ta'minoti sifatiga bog’liq.

Dasturiy ta'minot — kompyuter texnikasi vositasida ma'lumotlarni qayta ishlash tizimi (MKIT)ni yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yig’indisidir. Dasturiy ta'minot tarkibiga bazaviy (umumtizimli) va amaliy (maxsus) dasturiy maxsulotlar kiradi.

Dasturiy ta’minot 

Matematik ta’minot 

Tashkiliy ta’minot 

Xuquqiy ta’minot 

Axborotlar tizimi 

Axborot ta’minoti 

Texnik ta’minot

Bazaviy dasturiy vositalar inson va kompyuterning o’zaro harag’atlarini avtomatlashtirish, ma'lumotlarni qayta ishlash, namunaviy protseduralarni tashkil etish, MKIT texnik vositalari ishlashi nazorati va diagnostikasi uchun xizmat qiladi.

Amaliy dasturiy ta'minot axborot tizimi funktsional vazifalarni xal etishni avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan dasturiy maxsulotlar yig’indisini o’zida namoyon etadi. Ular universal vositalar (matn muharrirlari, elektron jadvallar, ma'lumotlar bazasini boshqaruv tizimlari) va maxsus vositalar — funktsional kichiq tizimlarni amalga oshiruvchi turli xil ob'ektlar (iqtisodiy, muxandislik, texnik va boshqalar) sifatida ishlab chiqilishi mumkin.

Texnik ta'minot ma'lumotlarni qayta ishlash tizimining faoliyat ko’rsatishi uchun qo’llaniluvchi texnik vositalar kompleksidir. Ushbu ta'minot ma'lumotlarni qayta ishlovchi, namunaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi qurilmalarni o’z ichiga oladi. Bunday qurilmalarga kompyuterlardan tashkari, atrof (periferiya) texnik vositalari, turli xil tashkiliy texnika, telekommunikatsiya va aloqa vositalari xam kiradi.

Uukukiy ta'minot axborot tizimini yaratish va faoliyat ko’rsatishini tartibga soluvchi xuquqiy me'yorlar yig’indisini o’zida namoyon etadi.

Lingvistik ta'minot inson va kompyuter mulokotini ishlab chiqish va ta'minlash samaradorligini oshirish uchun MKITni yaratish va foydalanishning turli bosqichlarida ishlatilgan til vositalari yig’indisidan iborat.

37.


MURAKKAB  TIZIMLAR  TUZILMALARI.  Murakkab  
tizimlarning  tuzilmalarini  aniqlash  –  tizimli  tahlilning  muhim  vazifasidir,  
chunki agar bunday tuzilma haqida ma’lumot mavjud bo‘lmasa, tizimning  
elementlari,  quyi  tizimlari  va  ular  orasidagi  munosabatlar  haqida  gapirib  
bo‘lmaydi.  
Tizimning  tuzilmasini  aniqlash  degani  –  tizimning  quyi  tizimlari,  
elementlari va ular orasidagi bog‘liqliklarni aniqlash degani.  
Agar vaqt o‘tgan sari tizimning holati o‘zgarsada, lekin shu bilan birga  
uning  tuzilmasi  va  funksiyalari  o‘zgarmasa,  bunday  tizim  -  statsionar  
(yoki  barqaror)  tizim  deyiladi. Agar  vaqt  o‘tgan  sari  tizimning  qaysidir  
elementi  rivojlanib,  quyi  tizimga  aylansa,  tizimning  tuzilmasi  rivojlangan  
bo‘ladi.   
Tizimning  tuzilmasi  –  ichki  va  tashqi  ta’sirlar  sharoitida  uning  
yahlitligini  ta’minlovchi  munosabatlar  majmuasidir.  Bunda  tizimdagi  
barcha  elementlar  orasida  bog‘liqliklar  mavjud  deb  faraz  qilinadi.  
Hususan,  agar  tizimdagi  qaysidir  elementning  holatida  ro‘y  berayotgan  
o‘zgarishlar  tizimdagi  boshqa  bir  element  holatidagi  o‘zgarishlarga  ta’sir  
qilsa, u holda tizimning o‘sha ikkita elementini bog‘liq desa bo‘ladi.  
Rivojlanish  xarakteri  bo‘yicha  tuzilmalarni  ekstensiv  va  intensiv  
tuzilmalarga ajratish mumkin. Ekstensiv tuzilmaga ega bo‘lgan tizimlarda  
munosabatlar  soni  vaqt  o‘tgan  sari  ko‘payadi,  intensiv  tuzilmaga  ega  
bo‘lgan  tizimlarda  esa  munosabatlar  sifati  va  shakli,  hamda  elementlar  
orasidagi  kommunikativlik  yaxshilanib  boradi.  Reduktiv  tuzilmaga  ega  
bo‘lgan tizimlarda munosabatlar soni vaqt o‘tgan sari kamayadi, regressiv  
tuzilmaga ega bo‘lgan tizimlarda esa munosabatlar sifati va shakli, hamda  
elementlar orasidagi kommunikativlik yomonlashib boradi.   
Munosabatlar  turi  bo‘yicha  tuzilmalar  predmetli,  funksional  va  
tashkiliy tuzilmalarga bo‘linadi.   
Moddiy  tuzilma  –  tizimni  ishlashini  ta’minlaydigan  asosiy  qismlar  
tarkibi. 
21 
   
Funksional  
tuzilma 
22 
  
–  
tizimning  
quyi  
tizimlari  
va  
komponentlarining  funksiyalari  bo‘yicha  shakllantirilgan  elementlar  
orasidagi munosabatlar majmuasidir.   
                                                            
21 
 Gohida bunday tuzilma predmetli tuzilma yoki konstruksiya deb ataladi. Moddiy tuzilmaga misol: bu yig‘ma ko‘prik  
bo‘laklari, avtomobil ishlashi uchun zarur bo‘lgan asosiy tarkibiy qismlar.  
22 
    Muayan  texnik  ob’ektning  ham  funksional  tuzilmasini  tushuntirsa  bo‘ladi.  Masalan,  avtomobil  dvigateli  tizim  
sifatida elektr, moylash, sovutish, yurgizish va h.k. quyi tizimlardan iborat.  

19  
  


Masalan,  korxonada  ishlab  chiqarish  bo‘limi  -  texnik,  ta’minot  va  sotuv  bo‘limi  -  tijorat,  
moliya  va  rejalashtirish  bo‘limi  -  moliyaviy  hisob-kitob  va  tahlil,  personal  bo‘limi  -  korxonani  
kadrlar bilan ta’minlash, boshqaruv apparati – korxonani boshqarish funksiyasiga ega bo‘ladi.  
Tizimning  quyi  tizimi  yoki  komponentining  matematik  modelida  
funksional  tuzilma  modelning  kirish  va  chiqish  komponentlari  orasidagi  
munosabatni,  ya’ni  modelning  funksiyasini  ko‘rsatadi.  Tizimning  kirish  
komponenti retseptor, chiqish komponenti esa effektor deb ataladi.   
Tashkiliy  tuzilma  –  tizimning  “boshliq-bo‘ysinuvchi”,  “rahbar- 
ijrochi” kabi komponentlari orasidagi munosabatlarni aks ettiradi. Bunday  
tuzilmalar  boshqaruv  tizimlarida  uchraydi.  Tashkiliy  tuzilmalar  o‘z  
navbatida  to‘rt  hil  bo‘ladi:  tashkiliy-funksional,  tashkiliy-matritsali,  
tashkiliy-dasturiy (loyihaviy), tashkiliy-chiziqli. 
23 
  
Dasturiy  
ta’minotlarni  
yaratishdan  
oldin  
dasturning  
algoritmlashtirilgan  tuzilmasi,  ya’ni  muayan  masalani  kompyuter  
yoyordamida  yechish  maqsadida  ketma-ket  xarakatlarning  sxemasi  
yaratiladi. 
24 
   
1.5.  MURAKKAB  TIZIM  TURLARI.  Kelib  chiqishiga  ko‘ra  
tizimlar  sun’iy  va  tabiiy  tizimlarga  bo‘linadi.  Sun’iy  tizimlar  –  inson  
tomonidan yaratilgan tizimlar.   
Misollar: avtomobil, universitet, siyosiy tizim va xok. 
   
Tabiiy  tizimlar  –  tabiatda  va  jamiyatda  ob’ektiv  ravishda  yaralgan  
tizimlar:  atom,  xujayra,  inson,  jamiyat  va  xok.  Ob’ektning  ideal  holatga  
yaqinligi  darajasiga  ko‘ra  tizimlar  ideal  va  ideal  bo‘lmagan  tizimlarga  
bo‘linadi.  Ideal  tizimlar  –  ideal  bo‘lmagan  tizimlar  uchun  etalon  bo‘lib  
xizmat qiluvchi tegishli namunali tizimlar.    
Ob’ektiv  borliqda  mavjudligiga  ko‘ra  tizimlar  moddiy  va  abstrakt  
tizimlarga bo‘linadi. Abstrakt tizimlarni “qo‘lda ushlab” bo‘lmaydi va ular  
faqatgina  odamlarning  intellektual  tafakkuri,  tizimli  bilimi  yordamida  
yaratiladi. Ko‘p holatlarda abstrakt tizimlar mos ravishda moddiy tizimlar  
bilan uyg‘unlashgan holda mavjud bo‘ladi.   
Misol:  advokaturaning  tashkiliy-funksional  bo‘linmalari  tizimi  va  advokaturaning  moddiy- 
texnik vositalari tizimi.   
Tashqi  muhit  bilan  aloqa  qilish  bo‘yicha  tizimlar  ochiq  va  yopiq  
bo‘ladi.   
Masalan,  universitet  –  ochiq  tizim.  Tashqi  muhitdan  universitetga  axborot,  moddiy  va  
moliyaviy resurslar, ishga kiruvchi kadrlar, abiturientlar kirib keladi. Universitetdan tashqi muhitga  
axborot,  ishdan  bo‘shuvchi  kadrlar,  bitiruvchilar  chiqib  ketadi. 
  Yopiq  tizim  tashqi  muhit  bilan  
nisbatan  kamroq  axborot,  energiya,  resurs  va  mahsulotlarni  bilan  almashinib  turadi.  Masalan,  
xalqaro savdo va xalqaro moliyaviy xamkorlik a’zosi bo‘lmagan mamlakat yopiq iqtisodiyotga ega  
bo‘ladi.  
                                                            
23 
 Tashkiliy tuzilmalar to‘g‘risidagi ma’lumotni menedjment faniga oid darsliklardan olsangiz bo‘ladi.  
24 
 Algoritmlar to‘g‘risidagi ma’lumotni informatika faniga oid darsliklardan olsangiz bo‘ladi.  

20  
  


Muvozanat  holati  bo‘yicha  tizimlar  muvozanatli  va  muvozanatsiz  
bo‘ladi. Muvozanat yoki  muvozanatsizlik holati ham dinamik, ham statik  
tizimda kuzatilishi mumkin.   
Masalan,  vaqt  o‘tgan  sari  mahsulot  bozorida  talab  va  taklif  xajmlari  eksponensial  o‘sish  
sur’atlarda  o‘zgarsa  va  shu  bilan  birga  ularning  xajmi  bir-biriga  doimo  tengligi  saqlanib  borsa,  u  
holda  bozordagi  talab  va  taklif  xajmlarining  dinamik  muvozanati  haqida  gapirsa  bo‘ladi.  Agar  
vaqt o‘tgan sari mahsulot bozorida talab va taklif xajmlari bir hil o‘sish sur’atlarda o‘zgarsa va shu  
bilan  birga  ularning  xajmi  bir-biriga  doimo  tengligi  saqlanib  borsa,  bunday  dinamik  muvozanat  –  
statsionar  muvozanat  deb,  bunday  dinamik  tizim  esa  –  statsionar  tizim  deb  ataladi.  Statsionar  
tizimda muvozanat bo‘lishi shart emas, ammo uning xarakati shakli bir-hil bo‘ladi.  
 Muvozanat  holati  tiklanishi  bo‘yicha  tizimlarni  barqaror  va  
barqarorsiz tizimlarga ajratsa bo‘ladi. Agar tizimda tashqi ta’sir natijasida  
muvozanat  buzilsa  va  bu  muvozanat  keyinchalik  tez  orada  tiklansa,  
bunday tizim barqaror tizim deb ataladi.   
Agar  vaqt  o‘tgan  sari  tizim  holati  yoki  tizim  holati  bilan  birga  uning  
tarkibiy tuzilmasi ham o‘zgarsa, bunday tizim dinamik tizim deb ataladi.  
Aksincha,  agar  vaqt  o‘tgan  sari  tizimning  holati  va  tarkibiy  tuzilmasi  
o‘zgarmasa,  bunday  tizim  statik  tizim  deb  ataladi.  Dinamik  tizimlar  o‘z  
navbatida klassik va evolyusion tizimlarga bo‘linadi. Agar vaqt o‘tgan sari  
tizim holati o‘zgarib, uning tarkibiy tuzilmasi o‘zgarmasa, bunday dinamik  
tizim  klassik  tizim  deb  ataladi.  Aksincha,  uning  tarkibiy  tuzilmasi  
o‘zgarsa, bunday dinamik tizim evolyusion tizim deb ataladi.   
Masalan,  jinoyatga  qarshi  kurashish  tizimida  vaqt  o‘tgan  sari  haq  to‘lash  fondida  moliyaviy  
mablag‘lar etishmasligi sababli tergovchilar maoshi kamayib ketdi. Bu esa – jinoyatlarni fosh qilish  
darajasining tushib ketishiga sabab bo‘ldi, chunki tizimda qo‘nimsizlik oshib ketdi. Shu bilan birga,  
tizimning  tashkiliy-funksional,  moddiy-texnik  tuzilmasi  va  xokazo  tuzilmalari  saqlanib  qoldi.  
Demak, bu erda klassik tizim haqiga gap ketyapti.   
Yana bir misol: ko‘p qavatli uyning holati o‘n yildan keyin quvurlarni alishtirish va devorlarni  
oxaklash kabi ta’mirlash ishlarini amalga oshirishni talab qildi, lekin uyning arxitekturali tuzilmasi  
saqlanib qoldi.  
 Evolyusion  tizimga  misol:  Oliy  Majlis  oldin  bir  palatali  edi,  lekin  vaqt  o‘tgan  sari  uning  
tashkiliy-funksional  tuzilmasi  o‘zgardi  –  ya’ni,  u  ikki  palatali  bo‘ldi  va  buning  natijasida  qonun  
chiqaruvchi xokimiyati organlari tizimi takomillashdi.  
Evolyusion  tizimlar  o‘z  navbatida  ochiq  va  yopiq  bo‘ladi.  Ochiq  
evolyusion  tizimlar  –  mashhur  olim,  Nobel  mukofoti  laureati,  Ilya  
Prigojin 
25 
  tomonidan  “dissipativ  tizimlar”  deb  nomlanib,  ularning  
hususiyatlari asoslanib berilgan. Bunday tizimlar – muvozanatsiz tizimlar.  
Tashqi  ta’sir  muvozanatsiz  tizimga  ma’lumot  yoki  materiya  (energiya)  ni  
olib  kiradi  va  buning  natijasida  boshida  tizim  o‘zining  muvozanatini  
yo‘qotadi  va  unda  o‘zini-o‘zi  qayta  tashkillashtirish  jarayoni  boshlanadi,  
ammo keyinchalik  asta-sekin tizimda  murakkab tuzilma  yuzaga keladi  va  
                                                            
25 
  Prigogine,  Ilya  (1967). Introduction  to  Thermodynamics  of  Irreversible  Processes (Second  ed.).  New  York:  John  
Wiley & Sons, pp. 124-127.  

21  
  


tizim muvozanat sari intilishga boshlaydi. Lekin tizim muvozanat xolatiga  
etishga  ulgurmaydi  va  tashqaridan  yana  ma’lumot  yoki  materiya  
(energiya) kirib kelib, muvozanat buzilishiga sabab bo‘ladi: natijada yana  
qayta  tashkillashtirish  ro‘y  berib,  yanada  murakkabroq  tuzilma  vujudga  
keladi.  Demak,  dissipativ  tizimda  ichki  va  tashqi  ta’sirlar  orqali  “o‘zini- 
o‘zi  tashkillashtirish”  jarayoni  amalga  oshadi  va  shu  tariqa  tizimda  
evolyusiya  ro‘y  beradi.  Yopiq  evolyusion  tizimlarda  faqatgina  ichki  
ta’sirlar orqali “o‘zini-o‘zi tashkillashtirish” jarayonlari amalga oshadi.  
Maqsad  soni  bo‘yicha  tizimlar  bir  maqsadli  va  ko‘p  maqsadli  
tizimlarga    bo‘linadi.  Murakkab  tizimlarning  turlari  tegishli  jadvalda  
umumlashtirilgan.  
Tasniflash  
alomati  
Murakkab tizim turi  
Tizim ob’ekti yoki bevosita tizim  
(misollar)  
Tashqi muhit  
bilan aloqa qilish  
bo‘yicha  
ochiq  
Jamiyat, davlat, universitet    
yopiq  
Mexanik soat mexanizmi  
Gomeostazis  
(muvozanatga  
intilish)  
hususiyatiga ega  
bo‘lishiga ko‘ra  
Gomeostazis hususiyatiga  
ega bo‘lmagan  
(muvozanatga  
intilmaydigan) fizik,  
matematik va boshqa  
tizimlar  
Muvozanatga intilmaydigan chiziqsiz  
dinamik tizimlar, lazer va xok.  
Gomeostazis hususiyatiga  
ega bo‘lgan (muvozanatga  
intiluvchi) fizik,  
matematik va boshqa  
tizimlar  
Quyosh tizimi, mexanik soat  
mexanizmi, tenglamalar tizimi  
Maqsadga  
yo‘naltirilgan  
boshqaruv quyi  
tizimi yoki  
qoidasiga ko‘ra  
Kibernetik  
(avtomatlashgan)  
boshqaruv quyi tizimiga  
ega bo‘lgan   
Robot, antivirus dasturiy ta’minoti  
Qaror qabul qiluvchi  
boshqaruv quyi tizimiga  
ega bo‘lgan   
Universitet, ishga joylashtirish tizimi,  
jinoyatlar bilan kurashish tizimi  
Huquqiy munosabatlarni  
tartibga soluvchi quyi  
tizimiga ega bo‘lgan  
Konstitutsiya, Mehnat Kodeksi,  
huquqiy me’yor  
Muvozanat holatiga olib  
boruvchi qoidasiga ega  
bo‘lgan  
Buxgalteriya hisobi, Quyosh tizimi,  
tenglamalar tizimi  
Sub’ektga naf  
keltirishiga ko‘ra  
Nafli  
Bozor iqtisodiyoti, kadrlar tayyorlash  
tizimi, atmosfera, ekologik tizim  
Nafsiz, salbiy oqibatlarni  
keltiruvchi  
Uyushgan jinoyatlar tizimi,  
narkotrafik, bir partiyali siyosiy tizim,  
diktatura  
Ishlash  
samaradorligiga  
ko‘ra  
Samaradorligi yuqori  
Zamonaviy texnologiyalar, yuqori  
huquqiy madaniyat  
Samaradorligi past yoki  
Ahloqiy eskirgan texnologiyalar,  


22  


  
samaradorsiz  
byurokratik boshqaruv tizimi, bir  
palatali parlament  
Tashqi muhit  
holatining  
noaniqligi va  
ehtimolligi  
darajasiga ko‘ra  
Deterministik  
Soat mexanizmi  
Yarim-o‘yinli   
Fermer qarorlari va obi-havo holatlari,  
firma strategiyalari va mahsulotga  
talab holatlari, xorijiy investitsiyalar  
xajmi va huquqiy tizim turlari   
To‘liq-o‘yinli  
Bo‘ri va quyon, tergovchi va  
gumonlanuvchi, advokat va prokuror,  
oligopolik firmalar, raqiblarning  
strategik qarorlari  
Stoxastik  
Jinoyatlarni bashorat qilish, aksiyalar  
bozori, iqtisodiy inqirozlarni bartaraf  
etish   
O‘zini-o‘zi  
tashkillashtira  
olishiga ko‘ra  
O‘zini-o‘zi  
tashkillashtiruvchi  
Jamiyat, universitet, lazer  
O‘zini-o‘zi  
tashkillashtirmaydigan  
Mexanik soat, muvozanatli dinamik  
tizimlar  
Ob’ektning  
tirikligiga ko‘ra  
Tiriksiz   
Soat mexanizmi, termostat  
Tirik   
Ijtimoiy tizimlar, xayvonlar, insonlar,  
gomeostat, o‘simliklar  
Muvozanat holati  
bo‘yicha  
Muvozanatsiz  
Teng samarali ayblash va ximoya  
qilish mexanizmlarini qamrab olgan  
sud tizimi  
Muvozanatli  
Teng samarasiz ayblash va ximoya  
qilish mexanizmlarini qamrab olgan  
sud tizimi  
Ob’ektiv borliqda  
mavjudligiga  
ko‘ra  
  
Abstrakt  
Huquqiy tizim, mehnat kodeksi,  
matematik tizim  
Moddiy  
Ishlab chiqarish zavodi, kosmik tizim  
1.6.  
FUNKSIONAL  
TIZIMLI  
TAHLIL  
VA  
UNING  
BOSQICHLARI.  
Funksional  
tizimli  
tahlilni  
qo‘llash  
uchun  
o‘rganilayotgan  tizimning  xozirgi  (real)  holati  uning  namunali  holatidan  
yomonroq bo‘lishi lozim, aks holda tizimli tahlilni qo‘llashga xech qanday  
ehtiyoj  qolmaydi.  Ushbu  paragrafda  biz  funksional  tizimli  tahlilga  oid  
tushunchalarni  va  tahlil  bosqichlarini  ko‘rib  chiqamiz.  Funksional  tizimli  
tahlilda  tizimning  tuzilmasi  o‘zgarmas  deb  faraz  qilinadi  va  tizimli  tahlil  
faqatgina tizimning joriy va namunaviy holati orasidagi farqni yo‘qotishga  
qaratilgan bo‘ladi.  
Funksional tizimli muammo – bu tizimning joriy holati va namunali  
holati orasidagi farq.  
Funksional tizimli yechim – tizimning joriy holati va namunali holati  
orasidagi farqni yo‘qotishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi.   

23  
  


Tizimning  
iste’molchilari  
–  
tizim  
ishlashi  
natijalaridan  
foydalanuvchi  va  tizim  ishlashiga  baho  beruvchi  shaxslar  va  sub’ektlar  
(fuqarolar, yuridik shaxslar, jamiyat va h.z.).   
Tizimning  funksional  modeli  –  tizimning  maqsad  (ya’ni  endogen)  
ko‘rsatkichlarini ularga ichkaridan, hamda tashqaridan ta’sir etuvchi (ya’ni  
ichki  omilli  va  tashqi  omilli)  ko‘rsatkichlar  bilan  bog‘lovchi  mantiqiy,   
matematik hamda statistik qurilmalar majmuasi.  
  
Rasm 1.2. O‘rganish ob’ektini tizim sifatida namoyon qilish:   
tizim va uning komponentlari  
Endogen  ko‘rsatkichlar  –  qiymatlari  modelni  yechish  natijasida  
aniqlanadigan  ko‘rsatkichlar.  Ko‘p  holatlarda  maqsad,  hamda  oraliq  
maqsad  ko‘rsatkichlari  endogen  ko‘rsatkichlar  sifatida  ko‘rsatiladi.  
Endogen  ko‘rsatkichlar  o‘z  navbatida  maqsadli  (bog‘liqli)  va  sabab  
(bog‘liqsiz) ko‘rsatkichlarga bo‘linadi.  
Ekzogen  ko‘rsatkichlar  -  qiymatlari  modelning  tashqarisidan  
beriladigan va modelni yechish natijasida aniqlanmaydigan ko‘rsatkichlar.  
Ko‘p holatlarda tashqi muhit holati ko‘rsatkichlari ekzogen ko‘rsatkichlar  
sifatida ko‘rsatiladi.  
Tizim  quyidagi  komponentlardan  iborat  bo‘ladi:  kirish  va  chiqish  
kanallari,  jarayonlar,  cheklovlar,  chiqish  mahsuli,  mahsul  sifatini  
nazorat qiluvchi mexanizm va teskari aloqa mexanizmi.   
Funksional  tizimli  tahlil  metodologiyasi  bosqichma-bosqich  quyidagi  
ilmiy-amaliy vazifalarni bajarish maqsadida qo‘llaniladi:  
1) 
  
o‘rganish ob’ektini aniqlash;  
2) 
  
o‘rganish  predmetini  (ya’ni  o‘rganish  ob’ektiga  tegishli  dolzarb  
xodisalar va jarayonlar), hamda o‘rganish maqsadini aniqlash;  

24  
  


3) 
  
o‘rganish  ob’ektini  tizim  sifatida  namoyon  qilish  va  tizimning  
joriy,  hamda  namunali  holatini  tavsiflovchi  maqsad  ko‘rsatkichlarini  
aniqlash;  
4) 
  
tizimning  joriy,  hamda  namunali  holatini  (ya’ni  maqsad  
ko‘rsatkichlarining  joriy,  hamda  optimal  qiymatlarini)  o‘rganish  va  ular  
orasidagi tafovutni tizimli muammo sifatida belgilab olish;  
5) 
  
tizimli  muammoning  sabablarini    aniqlash  (ya’ni  maqsad  
ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi sabab ko‘rsatkichlarni aniqlash);  
6) 
  
tizimning tashqi muhitini aniqlash (ya’ni maqsad ko‘rsatkichlariga  
ta’sir etuvchi ekzogen ko‘rsatkichlarni aniqlash);  
7) 
  
tizimning cheklovlarini aniqlash;  
8) 
  
tizimning maqsadi va tizimli muammoning sabablari orasidagi  
bog‘liqliklarni ifodalovchi muqobil modellarni qurish va (ularni oldingi  
vaqt davridagi ma’lumotlar asosida) amalda sinash;  
9) 
  
eng yaxshi modellarni tanlash va o‘sha modellar yordamida tizimli  
muammoning sabablarini bartaraf etish (ya’ni sabab ko‘rsatkichlarning  
qiymatlarini tegishli optimal qiymatlarga etkazish) maqsadida tegishli  
chora-tadbirlarni (tizimli yechimni) ishlab chiqish;  
10) 
  
agar chora-tadbirlar tizimli muammoni bartaraf etmasa, tizimni  
o‘rganishni qaytadan boshlash va yuqoridagi bosqichlardan qaytadan  
o‘tish (ya’ni teskari bog‘liqlik mehanizmini ishga solish).   
1.7.  MURAKKAB  TIZIMLARNI  TAHLIL  QILISH  USULLARI.  
Axborotning  to‘liqligi  darajasi  tizimni  tahlil  qilishda  muhim  ahamiyatga  
ega.  Barcha  usullarni  axborotning  to‘liqligi  darajasi  bo‘yicha  tasniflash  
mumkin.   
  
  
Murakkab  
tizimni tahlil  
qilish usullari  
  
  
  
  
  
  
  
  
Aniqlik  
sharoitida  
tahlil qilish  
usullari  
  
Noaniqlik,  
ziddiyatlar,  
noravshanlik va  
ehtimollik  
sharoitida  
tahlil qilish  
usullari  
  
Miqdoriy  
ahborot  
tanqisligi  
sharoitida tahlil  
qilish usullari  
Bular quyidagilardan iborat:  

  
Aniqlik  sharoiti  (tizimni  boshqarish  bo‘yicha  muqobil  qarorlarning  
maqsadga  ta’siri,  hamda  tizimning  ichki  tuzilmasi  va  tashqi  muhiti  holati  
to‘g‘risidagi axborot to‘liq va aniq bo‘lgan holat) dagi tahlil qilish usullari;  

25  
  



  
Noaniqlik sharoiti (tizimni boshqarish bo‘yicha muqobil qarorlarning  
samarasi,  hamda  tizimning  tashqi  muhiti  holati  yoki  ichki  tuzilmasi  
to‘g‘risidagi axborot noaniq bo‘lgan holat) dagi tahlil qilish usullari;  

  
Ziddiyatlar sharoiti (o‘zaro ziddiyatli munosabatda bo‘lgan tizimlarni  
boshqarish  bo‘yicha  muqobil  qarorlarning  tegishli  natijalarga  olib  kelishi  
to‘g‘risidagi axborot mavjud bo‘lgan holat) dagi tahlil qilish usullari;  

  
Noravshanlik  sharoiti  (tizimning  maqsadlari  va  cheklovlari  
to‘g‘risidagi axborot noravshan  bo‘lgan holat) dagi tahlil qilish usullari;  

  
Ehtimollik  
sharoiti  
(tizimni  
boshqarish  
bo‘yicha  muqobil  
qarorlarning  samarasi  va  tizimning  tashqi  muhiti  holati  yoki  ulardan  biri  
to‘g‘risidagi axborot ehtimolli bo‘lgan holat) dagi tahlil qilish usullari;  

  
Miqdoriy ahborot tanqisligi sharoiti (muqobil qarorlarning samarasi,  
hamda  tizimning  ichki  va  tashqi  muhiti  holati  to‘g‘risidagi  miqdoriy  
axborot deyarli mavjud bo‘lmagan holat) dagi tahlil qilish usullari.  
Quyidagi jadvalda barcha tahlil qilish usullari ahborot aniqligi  
bo‘yicha tasniflangan holda keltirilgan.  
Yechish mexanizmiga ko‘ra usulning nomi  
Sharoit turi  
Bir mezonli dinamik optimallashtirish  

  
Dinamik dasturlash* (Bellman usuli)  

  
Variatsion hisoblash*  

  
Optimal boshqaruv* (Pontryagin usuli)  
Bir mezonli statik optimallashtirish  

  
Chiziqli dasturlash   

  
Chiziqsiz optimallashtirish   

  
shartsiz optimallashtirish  

  
shartli optimallashtirish (Lagranj usuli, Kun-Taker usuli)  
Ko‘p mezonli dinamik optimallashtirish*  
Ko‘p mezonli chiziqli dasturlash*   
Ko‘p mezonli chiziqsiz optimallashtirish*  
Dinamik (klassik) tizimlarni muvozanatlashtirish*  
Statik tizimlarni muvozanatlashtirish*  
Aniqlik  
sharoiti  
Qaror qabul qilish qoidalari (Tabiat bilan o‘ynash usullari)  
Noaniqlik  
sharoiti  
Antagonistik o‘yinlarda qaror qabul qilish   
Noantagonistik o‘yinlarda qaror qabul qilish   
Ziddiyatlar  
sharoiti  
Noravshan to‘plamlar asosida bir yoki ko‘p mezonli qarorlar qabul qilish  
(ierarxik tahlil usuli va xok.)  
Neyronli tarmoqlar asosida qarorlar qabul qilish*  
Noravshanlik  
sharoiti  
Qaror qabul qilish qoidalari (Tabiat bilan o‘ynash usullari)  
Bashorat qilish    
Sotsiologik tadqiqot* (bosh komponentlar usuli, diskriminantli va omilli  
tahlil va xok.)  
Stoxastik optimallashtirish*  
Stoxastik o‘yinlar nazariyasi*  
Ehtimollik  
sharoiti  
   
Evristik usullar:  

  
Aqliy hujum usuli  
Miqdoriy  
ahborot  

26  
  



  
Ssenariylar usuli*  

  
 “Delfi” usuli  

  
“Maqsadlar daraxti” usuli  

  
“Muammolar daraxti” usuli  

  
Morfologik tahlil usuli  

  
SWOT-tahlili usuli  

  
Xal qiluvchi matritsalar usuli*  

  
Sinektika usuli*  

  
Mettchet usuli*  
  
tanqisligi  
sharoiti  
*Yulduzcha bilan belgilangan usullar mazkur darslikda ko‘rib chiqilmaydi.  
  
Download 29.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling