36. Bozor nima, bozorning zaif tomonlari nima? 36. Bozor


Ishlab chiqarish jarayoni misolida baho, tannarx va qiymat tushunchalarini yoritib bering ?


Download 82.55 Kb.
bet9/18
Sana09.06.2023
Hajmi82.55 Kb.
#1473756
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Mikro javoblar 36-70

49. Ishlab chiqarish jarayoni misolida baho, tannarx va qiymat tushunchalarini yoritib bering ?
49. Tannarx — tovar yoki xizmatni xarid qilish (qoplanadigan soliqlardan tashqari), yaratish va ishlab chiqarishga xarajatlar yig‘indisidan iborat.
Qiymat — bu sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar yoki xizmatlar xaridorlari va sotuvchilari kelishib olishlari ehtimoli yuqori bo‘lgan narxga tegishli iqtisodiy tushuncha. Qiymat bu fakt emas, balki aniq vaqtda aniq tovarlar va xizmatlarning tanlangan qiymat talqiniga muvofiq ehtimol qilinadigan va hisoblab chiqiladigan kattalik. Qiymatning iqtisodiy tushunchasi baholash sanasida ushbu tovarlar egasi bo‘lgan yoki ushbu xizmatlarning foydalanuvchilari oladigan foydaga bozorning qarashini aks ettiradi.
50. Narxlar nechta turga bo’linadi va ularni alohida yoritib bering ?
50. Ulgurji narx – ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta miqdordagi tovarlar bir yo’la ko’tarasiga sotilganda qo’llaniladigan narx. Ulgurji narx ishlab chiqaruvchilar va ta’minlash-sotish tashkilotlari xarajatlarini qoplashi hamda ularning ma’lum miqdorda foyda ko’rishini ta’minlashi zarur. Ulgurji narx tovar birjalari va savdo uylarida ham qo’llaniladi.

Shartnoma narx – sotuvchi va xaridorning roziligi bilan bеlgilanadigan, ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narx. Shartnoma narx odatda shartnoma bitimi amal qilib turgan davrda o’zgarmaydi. Mazkur narx ham milliy, ham xalqaro bozorlarda qo’llaniladi. U xalqaro bozorda qo’llanilganda tovar (xizmat)larning jahon narxlariga yaqin turadi.

Chakana narx – tovarlar bеvosita istе’molchilarga sotiladigan narx. Chakana narxga tovarning ulgurji narxi, chakana savdo tashkilotlarining xarajatlari va ularning oladigan foydasi kiradi. Chakana narx tovarlarga bo’lgan talab va taklifni bog’lovchi rolini o’ynaydi hamda ularning nisbatiga qarab yuqori yoki past bo’lishi mumkin.
Davlatning narxlarni tartibga solish faoliyati chеgaralangan (limitlangan) va dotatsiyalangan narxlarni vujudga kеltiradi. Chеgaralangan narx – davlat tomonidan yuqori va quyi chеgaralari bеlgilanib, shu doirada o’zgarishi mumkin bo’lgan narx. Bunday narx yordamida davlat inflyatsiyani jilovlaydi, narx darajasini nazorat qiladi. Dotatsiyalangan narx – davlat budjеti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narx. Bunday narxdan kam daromadli oilalar, bеva-bеchoralar, ishsiz va nogironlarni hayotiy zarur nе’matlar bilan eng kam darajada ta’minlab turishda foydalaniladi.

Download 82.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling