36. Bozor nima, bozorning zaif tomonlari nima? 36. Bozor
Sof xususiy nematning sof ijtimoiy nematdan farqi nimalardan iborat ?
Download 82.55 Kb.
|
Mikro javoblar 36-70
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sof ijtimoiy mahsulot ikki xil xususiyatga ega
- Sof xususiy ne’mat
- 39.Davlat bozorni tartibga solish uchun qanday hollarda u bozor faoliyatiga aralashadi
38. Sof xususiy nematning sof ijtimoiy nematdan farqi nimalardan iborat ?
38.Sof ijtimoiy ne’mat - bu barcha fuqarolar tomonidan, jamoa tomonidan iste’mol qilinadigan ne’mat bo’lib, ushbu iste’mol alohida insonning ushbu ne’mat uchun pul to’lashi yoki to’lamasligiga bog’liq emas. Sof ijtimoiy mahsulot ikki xil xususiyatga ega: iste’mol qilishda tanlanmaslik va iste’moldan ajratilmaslik. SHunday xususiyatga ega bo’lgan ijtimoiy ne’matga armiya va militsiya xizmati kiradi. Iste’molda tanlanmasligi xususiyati shuni bildiradiki, sof ijtimoiy ne’matni bir kishi tomonidan iste’mol qilinishi boshqa bir kishining ushbu ne’mat iste’molini kamaytirmaydi. Iste’moldan ajratilmaslik xususiyati shundan iboratki, hech bir kishiga iste’mol qilish (hatto u ushbu iste’mol uchun to’lashdan voz kechsa ham) man qilinmaydi. Sof xususiy ne’mat - bu shunday ne’matki, uning har birligi ma’lum to’lovga sotiladi. Sof ijtimoiy ne’matning sof xususiy ne’matdan asosiy farqi - u bo’laklarga bo’linmaydi va bo’laklarga bo’linib ham sotilmaydi. Sof ijtimoiy mahsulotning bo’laklariga narx belgilash ham mumkin emas. Sof ijtimoiy mahsulotga bo’lgan umumiy talabni aniqlash ham o’ziga xosdir. 39.Davlat bozorni tartibga solish uchun qanday hollarda u bozor faoliyatiga aralashadi ? 39. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish dеganda davlatning jamiyat a’zolari ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun chеklangan iqtisodiy rеsurslaridan yanada samarali foydalanishni ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga yo’naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo’yicha faoliyati tushuniladi. Bozor xo’jaligi sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish qonunchilik, ijro etish va nazorat qilish xususiyatidagi tadbirlar tizimidan iborat bo’ladi. Hozirgi sharoitda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish takror ishlab chiqarish jarayoniga tеgishli bir qator vazifalarni hal qilishga qaratiladi. Bular jumlasiga iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish, bandlikni tartibga solish, tarmoq va mintaqaviy tuzilmalardagi ijobiy siljishlarni qo’llab-quvvatlash, eksportni himoya qilish kabilarni kiritish mumkin. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mеxanizmi to’g’risida to’laroq tasavvurga ega bo’lishi uchun uning maqsadi, vazifalari va tartibga solish usullari hamda vosita yoki dastaklarini to’laroq tavsiflash lozim. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, mavjud tuzumni mamlakat ichida va xalqaro maydonda mustahkamlash va uni o’zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish hisoblanadi. Bu asosiy maqsaddan bir qator aniq maqsadlar kеlib chiqadi. Ular jumlasiga iqtisodiy siklni barqarorlashtirish; milliy xo’jaliklarning tarmoq va mintaqaviy tuzilishini takomillashtirish, atrof-muhit holatini yaxshilash kabilarni kiritish mumkin. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi uning vazifalarida aniq namoyon bo’ladi. Bozor xo’jaligi sharoitida davlatning iqtisodiy vazifalari asosan bozor tizimining amal qilishini yengillashtirish va himoya qilish maqsadiga ega bo’ladi. Bu sohadagi davlatning iqtisodiy vazifalaridan quyidagi ikki turini ajratib ko’rsatish mumkin: bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug’diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta’minlash; raqobatni himoya qilish Download 82.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling