36. Bozor nima, bozorning zaif tomonlari nima? 36. Bozor


Download 82.55 Kb.
bet4/18
Sana09.06.2023
Hajmi82.55 Kb.
#1473756
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Mikro javoblar 36-70

Subsidiyalar – bu, pul yoki natura ko`rinishidagi yordam turi bo`lib, byudjet va byudjetdan tashkari fondlardan ko`rsatiladi. Subsidiyalar bevosita va bilvosita bo`lishi mumkin. Bevosita subsidiyalarga kapital ko`yilmalar, ilmiy tadkikotlar, kadrlarni kayta tayyorlashga ajratilgan mablaglar kirsa, bilvosita subsidiyalarga solik imtiyozlari, imtiyozli shartlarda kreditlar berish, pasaytirilgan bojxona bojlari va boshkalar kiradi.
Bundan tashkari davlat axolini davlat transfertlari ko`rinishida ximoya kiladi.
Bozor iktisodiyoti sharoitida ko`p kirrali soliklar tizimidan foydalaniladi. Axoli davlat byudjetiga xar oyda olgan daromadlariga karab daromad soligi to`laydi, korxonalar esa olgan foydasiga karab foydadan solik to`laydilar. SHu kabi juda ko`p mavjud solik turlaridan okilona va ilmiy asosda foydalanish orkali davlat solik siyosatini, solik stavkalari mikdorlarini va imtiyozlari turlarini aniklaydi va shu bilan butun makroiktisodiy vaziyatga ta`sir ko`rsatadi. Soliklarni o`zgartirish orkali investitsiyalar va jamgarmalar ragbatlantiriladi.
Pul-kredit siyosati mamlakatda pul massasini tartibga solishga karatilgan va uning asosiy vazifasi baxolar va real milliy ishlab chikarish xajmining o`sishiga mos keladigan pul massasini ta`minlashdan iborat. Bu siyosatning asosiy vositasi Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan xisob stavkasini tartibga solish, tijorat banklarining majburiy ravishda Markaziy bankda saklaydigan zaxiralari normasini o`zgartirish, kimmatli kogozlar bo`yicha ochik bozordagi operatsiyalarni yo`lga ko`yish va shuningdek, boshka tadbirlardir.
Iktisodiyotni tartibga solish vositalaridan yana biri davlat tomonidan iktisodiyot kelajagini oldindan taxminlash (prognozlash) va uni rivojlantirish dasturini ishlab chikish xamda xayotga tatbik etish xisoblanadi. Davlat byurtmasiga asosan uzok va kiska muddatlarga mo`ljallangan prognozlar tuziladi. Prognozlarda resurslar, texnologiya, ichki bozor xajmi va tarkibi, eksport va import, davlat xarajatlari, ishlab chikarish tarkibidagi o`zgarishlar, matematik modellar asosida xisob-kitob kilinadi va iktisodiyotning kaysi yo`nalishda rivojlanishi aniklanadi.



Download 82.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling