36. Bozor nima, bozorning zaif tomonlari nima? 36. Bozor


O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda davlatning roli nimalardan iborat ?


Download 82.55 Kb.
bet3/18
Sana09.06.2023
Hajmi82.55 Kb.
#1473756
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Mikro javoblar 36-70

40. O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda davlatning roli nimalardan iborat ?
40. Davlatning asosiy ikvtisodiy funktsiyalariga kuyidagilar kiradi:
1. bozor tizimi samarali faoliyat ko`rsatishini ta`minlaydigan xukukiy baza va ijtimoiy muxitni ta`minlash;
2. rakobat muxitini yaratish va uni ximoya kilish.
3. ijtimoiy ne`matlar bilan ta`minlash maksadida resurslarni kayta taksimlash;
4. atrof muxitni ximoya kilish;
5. daromad va boyliklarni kayta taksimlash;
6. iktisodiyotni barkarorlashtirish, ya`ni, iktisodiy kon`yukturaning o`zgaruvchanligi natijasida paydo bo`ladigan ishsizlik va inflyatsiya darajalarini nazorat kilish xamda iktisodiy o`sishni ragbatlantirish.
Davlat bozor iktisodiyotining samarali faoliyat ko`rsatishi uchun asos bo`ladigan ayrim xizmatlarni va xukukiy bazani ta`minlash vazifalarini zimmasiga oladi. Xukukiy bazani ta`minlash asosan iktisodiy faoliyatni tartibga soluvchi konunlar ishlab chikarishda va bu konunlarni bajarishni taminlash xamda nazorat kilishda namoyon bo`ladi. Davlat, shuningdek xalkaro munosabatlarni yo`lga ko`yib o`z tadbirkorlaring maxsulotlarini xorijiy mamlakatlarda sotishi uchun kulay sharoit yaratadi. Bunga ikki tomonlama solikka tortmaslik, boj to`lovlari bo`yicha o`zaro imtiyozlar berish, investitsiyalarni kafolatlash kabi masalalarda xukumatlararo kelishuvlar orkali erishiladi. Tashki savdoni tartibga solish vositalari orkali xam davlat o`z ishlab chikaruvchilarini ximoya kiladi(bu masalalar o`kuv ko`llanmasining tegishli mavzularida ko`rib chikiladi).
2.Iktisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vositalari.
Ixtisodiyot davlat tomonidan ma`muriy, iktisodiy va ijtimoiy usullar bilan tartibga solinadi.
Ma`muriy usullar antimonomol tadbirlar, majburiy standartlarni o`rnatish, tadbirkorlik faoliyatini litsenziyalash va sub`ektlarini ro`yxatga olish kabilarni o`z ichiga oladi.
Ijtimoiy usullarga davlat ijtimoiy ta`minoti, minimal ish xakini o`rnatish, ishsizlik nafakalarini berish kabilar kiradi.
Iktisodiy usullar byudjetdan moliyalashtirish, davlat xaridi, davlat sektori faoliyati kabi to`gridan-to`gri usullarni va byudjet-solik xamda pul-kredit siyosatidan iborat bevosita tartibga solish usullarini o`z ichiga oladi..
Davlat byudjet xarajatlarini (davlat xarajatlari va transfert to`lovlari) ko`paytirish yoki kiskartirish orkali mamlakat iktisodiyotiga aralashadi. Davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullari yoki byudjet siyosati tovar va xizmatlarning davlat xaridi, YAIMni taksimlash va kayta taksimlash, ijtimoiy dasturlarni ishlab chikish va amalga oshirish, davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar kismidagi mutanosiblikni ta`minlash, ishlab chikaruvchilarga moliyaviy yordam shakllarini ko`rsatish, baxolar ustidan nazorat o`rnatish, eksport va import kilinadigan tovarlarga kvotalar o`rnatish va shuningdek, mamlakat axolisini ximoya kilish maksadida olib borilayotgan chora-tadbirlar majmuasidan iborat.
Davlat tomonidan ko`rsatiladigan moliyaviy yordamlar dotatsiya, subventsiya va subsidiya shakllarida olib boriladi.



Download 82.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling